Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiy
Download 26.21 Kb.
|
Mavzu
Tavsifnoma
Tavsifnoma - ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyatini, shuningdek, uning o‘ziga xos xislati va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat. Tavsifnoma muassasa ma’muriyati tomonidan o‘z xodimiga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarda ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlantirishda va boshqalar) beriladi. Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanlik va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat: 1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar: a) ismi, otasining ismi va familiyasi; b) tug'ilgan yili; d) millati; e) ma’lumoti; f) lavozimi; j) ilmiy darajasi va unvoni (agar ular mavjud bo‘tsa); 2. Hujjat nomi (Tavsifnoma) 3. Matn. 4. Imzolar 5. Sana 6. Muhr Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchi qismda mehnat faoliyati to‘g‘risida, ya'ni uning mutaxassisligi, ayni shu korxona yoki tashkilotda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi. Ikkinchi qismda uning shaxsiy tavsifi, ya'ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, bilimlarini oshirish, jamoat ishlaridagi ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto, ba’zida siyrati, ishdagi hamkasblariga munosabati, xodimning qanday hukumat mukofotlariga sazovar boMganligi va boshqa asosiy rag‘batlantrishlar berilgan ma’muriy jazolar qayd etiladi. Uchinchi qismda esa bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko'rsatiladi. Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tililan bayon qilinadi. Tavsifnomaga qoidaga ko‘ra muassasa boshlig'i, kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo'natiladi. Tavsisfnomalarning ishlab chiqarish tavsifnomasi, tavsifiy tavsifnoma, xizmat tavsifnomasi kabi turlan mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o‘zaro farqlanadi. Tavsifnoma namunasi URDU Iqtisodiyot fakulteti 2- kurs talabasi Akbar Rasulovga Tavsifnoma Akbar Rasulov o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugat- gach, 2019 - yilda 0‘zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik fakultetiga hujjat topshirdi va test savollaridan yuqori ball to‘plab o‘qishga qabul qilindi. 0‘qishga kirgan dastlabki kunlardan boshlab o‘z qobiliyati bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Jamoat ishlarida faol qatnasha boshladi. Universitet «Zukkolar klubi» a’zosi sifatida talabalar o‘rtasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlami o‘tkazdi. U ingliz tilini yaxshi biladi, erkin gaplasha oladi. Bu tildagi ilmiy ma’ruzalari bilan chet mamlakatlarda o‘tkazilgan ikkita anjumanda qatnashdi. «0‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining huquqiy asoslari» mavzusidagi ma’ruzasi Buyuk Britaniyaning Manchestr universiteti rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi. U — yaxshi sportchi. Milliy kurash bo‘yicha bir qancha musobaqalar sovrindori. Akbar Rasulov o‘z ustida tinmay ishlaydi, a’lochi va iqtidorli talaba sifatida universitet talabalari orasida yaxshi obro'ga ega. U doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy-ma’naviy va huquqiy saviyasini oshirish ustida qat’iyat bilan ishlaydi. A. Rasulov — kamtarin, to‘g‘ri so‘z, do‘stlarga nisbatan g‘amxo‘r va mehribon. Tavsifnoma «Umid» jamg'armasi tashkil etgan Buyuk Britaniya Manchestr universitetiga talabalikka yuborish uchun o‘tkazilayotgan tanlov tashkiliy hay’atiga taqdim etildi. Dekan (F.I) (imzo) Kasaba uyushmasi raisi (F.I) (imzo) (muhr) (sana) Download 26.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling