Urganch Davlat Universiteti “Turizm va iqtisodiyot” fakulteti Iqtisodiyot yo’nalishi 1-kurs tolibi Ismoilov Farruhning


Ikkinchi bosqich 2001-2005 yillarni o`z ichiga oladi va milliy dastur to`liq amalga oshiriladi. Uchinchi


Download 1.76 Mb.
bet4/4
Sana02.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#185974
1   2   3   4
Bog'liq
bozor iqtisodiodiga otishning ozbek modelini qaror topdirish

Ikkinchi bosqich 2001-2005 yillarni o`z ichiga oladi va milliy dastur to`liq amalga oshiriladi.

Uchinchi bosqich 2005 va undan keyingi yillarga mo`ljallangan bo`lib, unda to`plangan tajribalarni tahlil qilgan holda kadrlar tayyorlash tizimi yanada takomillashtiriladi va rivojlantiriladi.

O`zbekistonda uzluksiz ta'lim quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

- maktabgacha ta'lim;

- umumiy o`rta ta'lim;

- o`rta maxsus va kasb-hunar ta'limi;

- oliy ta'lim;

- oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim;

- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

- maktabdan tashqari ta'lim. 

 Lotin yozuviga ko`chish

O`zbekistonda 1929 yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning o`rtalaridan O`zbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb e'lon qilindi. 1929-1930 o`quv yilidan O`zbekiston lotin yozuviga o`tdi va biz o`zbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik.

1940 yilda O`zbekistonda kirill yozuviga o`tildi. Buning natijasida 1929-40 yillar oralig`ida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, o`quv adabiyotlardan uzilib qoldik.

1940 yildan 1991 yilgacha o`rta hisob bilan o`zbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga o`tishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon bo`ladi.

Lekin dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab o`tirishning hojati yo`q) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.

Demak, O`zbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qo`shilishi uchun lotin yozuviga o`tish maqsadga muvofiqdir. O`zbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005 yilda tugallanishi ko`zda tutilgan.


TAMOM


Etiboringiz uchun rahmat
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling