Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi


Yer osti boyliklar va ularning mamlakatimiz bo’yicha joylashuvi


Download 2 Mb.
bet3/13
Sana17.06.2023
Hajmi2 Mb.
#1521076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KURS ishim -Isomiddinov Sanjar

1.1 Yer osti boyliklar va ularning mamlakatimiz bo’yicha joylashuvi.
O’zbekiston Respublikasi - qulay iqtisodiy geografik o’ringa ega bo’lgan mamlakatlardan biri. U O’rta Osiyoning Markaziy qismida, Amudaryo va Sirdaryo kabi yirik daryolar oralig’ida joylashgan. Mamlakat hududi G’arbdan Sharqqa deyarli 1,5 ming km.ga, Shimoldan Janubga esa 1,0 ming km.ga cho’zilgan. Hududining kattaligi jihatidan O’zbekiston qator Yevropa davlatlari Buyuk Britaniya, Daniya, Shveytsariya, Avstriya birgalikda olgan maydonidan ham oldinda turadi, hamda jahon mamlakatlari ichida 55-o’rinni egallaydi.Respublika Shimoli-g’arbda Qozog’iston, Sharq va Janubi-Sharqda Qirg’iziston va Tojikiston, g’arbda - Turkmaniston, Janubda - Afg’oniston bilan chegaradosh.Umumiy chegarasining uzunligi - 6221 km. Shu jumladan, Qozog’iston bilan - 2203 km, Qirg’iziston bilan - 1999 km, Tojikiston bilan - 1161 km, Turkmaniston bilan - 1621 km va Afg’oniston bilan 137 kmni tashkil etadi.
“O'zbekiston yerosti boyliklari bizning faxrimiz. O'zbekiston yerusti tuzilishi betakror, hududi g'arbdan sharqqa, shimoldan janubga cho'zilgan. Shunga monand tabiati ham, boyliklari ham xilma-xil. Bu yerda Mendeleyev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar topilgan. O'zbekiston ulkan tabiiy boyliklarning 45 foizidangina foydalanmoqda, qolganlari ishga solinishini kutib yotibdi”1.
O'zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunning vazifalari mineral xomashyoga, yer osti suvlariga bo‘lgan hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun yer osti boyliklaridan oqilona, kompleks foydalanishni, yer osti boyliklaridan foydalanish chog‘ida yer osti boyliklarini, atrof tabiiy muhitni muhofaza etish va ishlarni bexatar olib borishni, davlat va fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer osti boyliklariga egalik qilishda, ulardan foydalanishda va ularni tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni (konchilik munosabatlarini) tartibga solishdan, shuningdek yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishdan iborat2.
«O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan xaqli suratda faxrlanadi, bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral - hom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral - xom ashyo potentsial 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanayotganini ham aytib o’tish kerak.G’oyat muhim strategik manbalar - neft va gaz kondensanti, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha - 40 dan ortiq, rangli, nodir radioaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik - kimyo xom ashyosi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan».O’zbekiston quvvati katta, tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega bo’lgan yoqilg’i energetika sanoatiga ega. Respublika yoqilg’i balansida neftning salmog’i sal kam 10 foizni, tabiiy gaz salmog’i - 85 foizdan ortiqni, ko’mirning salmog’i salkam 5 foizni tashkil etadi. Respublika sanoati yalpi mahsulotida yoqilg’i energetika kompleksining salmog’i 1999 yilda 28,9 foizni tashkil etdi va 1995 yilga nisbatan 9,7 foizga ko’paydi.Qimmatbaho rangli va radioaktiv metallar tarkibida birga uchraydigan foydali komponentlar sifatida kamyob va nodir elementlarning kattagina miqdordagi zahiralari jamlanganki, bu ularning qiymatini ancha oshiradi.Mamlakatimiz oltin, uran, mis, volfram, qo’rg’oshin, ruh va shu guruhlarga kiruvchi boshqa eng muhim foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralari va ularning ko’paytirish istiqbollari bo’yicha nafaqat MDҐ mamlakatlari o’rtasida, balki butun dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Masalan, oltinning tasdiqlangan zahiralari bo’yicha O’zbekiston dunyoda 4-o’rinda, uni qazib chiqarish bo’yicha 7-o’rinda turadi.O’zbekiston dunyoda ulkan oltin resurslariga ega bo’lgan mamlakatlar qatoriga kiradi, 41 ta oltin koni, shu jumladan 33 ta oltin-ma’dan koni qidirib topildi. Yevrosiyo qit’asida eng yirik hisoblangan Muruntov koni jahondagi ulkan konlar qatoriga kiradi. O’zbekistonda 1999 yilda 8,1 mln tonna neft (gaz kondensanti bilan), 51,0 mlrd kub tabiiy gaz va 2,8 mln tonna ko’mir (asosan, qo’ng’ir ko’mir) qazib chiqarildi.

Yer osti boyliklari O‘zbekiston Respublikasining mulki bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”3.
1.1-rasm.Foydali qazilmalar turlari.


O’zbekiston hududida ulkan neft va tabiiy gaz zahiralari mavjud bo’lib, ularning ayrimlari asosida yirik konlar ochilgan. “Neft va gaz mavjud bo’lgan 5 ta asosiy mintaqani ajratib ko’rsatish mumkin, bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi – g’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSh dollaridan ziyod baholanmoqda”.Yuqoridagilardan Buxoro-Xiva va Farg’ona mintaqalari neft hamda gazga ham boy. Ustyurt va Janubiy Hisor mintaqalarida esa tabiiy gazning yirik zahiralari topilgan.O’zbekistondagi neft va gaz konlari yirik geostrukturali birliklar ichida joylashgan bo’lib, ularning ichida Amudaryo, Ustyurt, G’arbiy Farg’ona va Janubi-g’arbiy Hisor platformalari va orogen hududlari alohida o’rin egallaydi.O’zbekistonda ko’mir zahiralari katta, lekin ularning asosiy qismini energetik yoqilg’i hisoblangan - qo’ng’ir ko’mir tashkil etadi. Respublikada yirik qo’ng’ir ko’mir koni Angren shahri yonida joylashgan bo’lib, yoqilg’i yura qatlamlarida mavjud. Ko’mir ochiq kar’er usulida qazib olinadi. Zahirasi 2 mlrd tonnaga yaqin.
O’zbekiston quvvati katta, tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega bo’lgan yoqilg’i energetika sanoatiga ega. Respublika yoqilg’i balansida neftning salmog’i sal kam 10 foizni, tabiiy gaz salmog’i - 85 foizdan ortiqni, ko’mirning salmog’i salkam 5 foizni tashkil etadi. Respublika sanoati yalpi mahsulotida yoqilg’i energetika kompleksining salmog’i 1999 yilda 28,9 foizni tashkil etdi va 1995 yilga nisbatan 9,7 foizga ko’paydi.
G’oyat muhim strategik manbalar - neft va gaz kondensanti, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha - 40 dan ortiq, rangli, nodir radioaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik - kimyo xom ashyosi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan.O’zbekiston quvvati katta, tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega bo’lgan yoqilg’i energetika sanoatiga ega. Tabiiy boyliklar tabiiy sharoitdan farq qilib, ishlab chiqarishga bevosita aloqador, ya’ni uning xomashyo va energetika bazasini tashkil etadi.Eng muhim tabiiy boyliklardan biri — bu yerosti boyliklari (mineral va yoqilg‘ilar). Ulardan sanoatda, maishiy ehtiyojlarda keng miqyosda foydalaniladi.



1.2 – rasm . Foydali qazilmalarning mamlakat bo’ylab taqsimlanishi.


O‘zbekiston katta yerosti boyliklariga ega bo‘lgan mamlakatdir. Yoqilg‘i sanoatining eng yosh tarmog‘i bo‘lgan gaz sanoati keyingi yillarda jadal rivojlanmoqda. Gaz — yoqilg‘ining juda arzon turi. Gazdan sanoatda ham, maishiy hayotda ham foydalaniladi. Gaz qimmatbaho kimyoviy xomashyo hamdir. Yoqilg‘ining boshqa turlariga qaraganda gaz havoni eng kam ifloslantiradi.
Mamlakatimizda ko‘mir va neftga nisbatan tabiiy gaz ancha ko‘p. Aniqlangan gaz zaxiralari 2 trillion kub metrga yaqin. Gaz konlari neft konlari bilan yonma-yon joylashgan. Gazning ozroq qismi (yo‘ldosh gaz) neft bilan birga qazib chiqariladi, lekin gazning asosiy qismi sof gaz konlaridan olinadi. Respublikamizda o‘tgan asming o‘rtalarida dastlab Farg‘ona vodiysidagi neft konlarida uchraydigan yo‘ldosh gazdan sanoatda va aholining maishiy ehtiyojida foydalanila boshlandi.
1950-yillarda O‘zbekistonda jami 9 mln kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilgan bo‘Isa, endilikda yiliga qazib olinayotgan gaz 60 mlrd kub metrdan ortadi. Tabiiy gazdan foydalanish tufayli mamlakat yoqilg‘i balansida jiddiy o
‘zgarish yuz berdi.

1.3-rasm. Tabiiy gaz resursi.


Farg‘ona vodiysidan tashqari Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo vilo- yatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan boy tabiiy gaz konlari topilishi natijasida O`zbekiston gazni eksport qila boshladi.Gaz quvurlar orqali yuborilishi sababli transport xarajati har qanday yoqilg‘ini tashishdan arzon tushadi.Gaz quvurlarining uzunligi tez oshib bormoqda. Dastlabki tabiiy gaz quvurlari Farg‘ona vodiysida qurilgan edi. 0‘zbekistonda issiq kunlar ko‘pligidan faqat qish kunlari gaz ko‘p talab qilinadi. Gazni ko‘p iste’mol qiladigan Toshkent, Farg‘ona, Andijon kabi shaharlarda yozda tejalgan gazni yerosti omborlariga yig‘ib qo‘yib qishda foydalaniladi. Gaz sifatli yoqilg‘igina emas, balki kimyo sanoatining qimmatli xomashyosi hamdir. Gazga bo‘lgan talab kimyo, issiqlik elektr stansiyalari va maishiy xo‘jalikda tobora ortib bormoqda. Shunga ko‘ra qo‘shimcha gaz chiqarish yo‘llari izlanmoqda, gaz quvurlarining gaz o‘tkazish imkoniyati oshirilmoqda.
Neftsiz hozirgi zamon iqtisodiyotini yuritish mumkin emas. Neft xom holida ishlatilmaydi. Qayta ishlash natijasida undan turli xil yoqilg‘i, ya’ni kimyoviy mahsulotlar olinadi. Neftni qazib chiqarish xarajati ko‘mimi qazib chiqarish xarajatidan o‘rta hisobda 4 barobar kam. Milliy iqtisodiyotda neftdan keng foydalanish juda ko‘p mablag‘ni tejashga imkon beradi.Mahsulot birligini olish (aytaylik, 1 tonna neft qazib chiqarish) uchun ketadigan pulda ifodalangan hamma xarajat mahsulot tannarxi deyiladi.Neftning tannarxi u qanday chuqurlikdan olinayotganligidan ko‘ra konning neftga qanchalik boyligiga bog‘liq. Neft qazib olishning eng arzon usuli fontan usuli bo‘lib, bunda neft quduqlardan kondagi bosim tufayli otilib chiqadi. Bosim kamaygan holda uni turli usullar bilan ko‘tarib turiladi. Neftni nasoslar yordamida chiqarib olish ham keng tarqalgan. Gaz singari neftni ham quvurlar orqali yuborish uni tashishning eng arzon va xavfsiz usulidir (temiryo Ida tashishga nisbatan 4 barobar arzonga tushadi). Quvur transporti neftni iste’molchilarga bir maromda yetkazib berishni ta’minlaydi. Turli transport vositalariga ortish- tushirishdagi muqarrar isrofgarchilikka barham beriladi.
Ilgarigi vaqtda neft qayerda qazib chiqarilsa, o‘sha yerda qayta ishlanar edi. Hozirda neftni qayta ishlash sanoati mahsulotlari qayerda ko‘p iste’mol qilinsa, neft o‘sha yerga yetkazilib, qayta ishlanadi. Bunday qilinmasa, neft mahsulotlarining har bir turini yuborish uchun alohida quvurlar kerak bo‘lib, transport xarajatlari qimmatlashib ketadi. Qazib olinayotgan neftni Farg‘ona va Oltiariq neft zavodlari qayta ishlashga ulgurolmay qoldi. Holbuki, mustaqillikkacha zavod quvvatidan to‘la foydalanish maqsadida Turkrnanistondan temiryo‘l orqali neft keltirilardi. Jarqo‘rg‘on konidan olinayotgan neftda moy va parafin ko‘pligidan uni qayta ishlanmay, faqat yo‘l qurilishida foydalaniladi.
Mamlakatimizda olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijasida ko‘plab gaz-neft konlari topilmoqda. Jumladan, 1992-yilda Namangan viloyatida yirik Mingbuloq neft koni ochildi. Neftga bo‘lgan ehtiyojning uzluksiz ortayotganligini hisobga olib, Buxoro viloyatida yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlay oladigan kombinat qurildi. Bu korxona 1997-yildan mahsulot bera boshladi. Hozir 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.O‘zbekistonda yiliga 3-4 mln tonna neft va gaz kondensati qazib chiqarilmoqda. Neftni qayta ishlash korxonalari bir yilda 11 mln tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega.



1.4-rasm. Neft qazib olinishi.

Rivojlangan mamlakatlarga qiyoslaganda bizda energiya iste’moli tarkibida neft mahsulotlarining ulushi ancha yuqori. Yoqilg‘i-energetika balansida neft mahsulotlari ulushi kelgusida kamayishi zarur. Buning uchun mavjud avtomobil va traktorlami yangi tejamkor texnologiya bilan jihozlash kerak bo‘ladi. Bu ko‘p mablag‘ talab etadigan va ancha murakkab vazifa. Binobarin, yaqin o‘n yilliklarda ham yoqilg‘i-energetika balansida neftning ulushi barqaror saqlanib turadi4.


Kimyo sanoatining shakllanishi 1932-yili Sho'rsuv oltingugurt koni ishga tushirilishi bilan boshlandi. Uning mahsuloti ko'proq mashinasozlik (plastmassa, oyna), to'qimachilik sanoati (tola, bo'yoqlar), qishloq xo'jaligi (o'g'itlar, zaharli ximikatlar), transport (motor yoqilg'isi, surtish moyi, sintetik kauchuk), qurilish (yopishqoq plyonka, oyna, plastik) kabilarda ishlatiladi.Kimyo sanoati tarkibida mineral o'g'itlar ishlab chiqarish salmoqli o'rin egallaydi. Shuningdek, qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi defoliantlar ham ishlab chiqariladi. U ko'plab tarmoqlarni xomashyo va materiallar bilan ta'minlar ekan, o'z navbatida boshqa tarmoqlardan energiya, jihozlar va transport vositalarini oladi. Kimyo sanoati gaz hamda paxta sanoati xomashyosini va rangli metallurgiya chiqindilarini qayta ishlaydi. Demak, kimyo sanoati tarmoqlararo ikki tomonlama aloqadorlikda bo'lib, ko'plab tarmoqlarning rivojlanishi va hududiy joylashishiga ta'sir ko'rsatadi.Kimyo sanoati sifat jihatdan tabiiy mahsulotlardan ustun turuvchi sun'iy materiallar yaratadi. Bunday materiallar tufayli kishilar mehnati ham, qishloq xo'jaligi xomashyosi ham tejaladi.Masalan, kapron ishlab chiqarish uchun tabiiy ipak tayyorlashga qaraganda 20 barobar kam mehnat sarf qilinadi. Shuningdek, kimyo sanoati tufayli ishlab chiqarishni kombinatlashtirish istiqbollari yaraldi. Chunonchi, ko'mir, neft, gaz singari yoqilg'i xomashyolaridan energiya hosil qilishda ham, kimyo mahsulotlari (benzin, parafin) olishda ham foydalanilishi energetika-kimyo kombinatlari qurishga olib keldi.
Kombinatlashtirish - sanoatning texnologik jarayon jihatidan o`zaro bo`g`langan, ba`zan turli tarmoqlarga taalluqli bo`lgan bir qancha ishlab chiqarish korxonalarining bir korxonaga birlashtirilishidir.
Kimyo sanoatining xomashyo bazasi boy va xilma-xil. U turli foydali qazilmalardan, ishlab chiqarish chiqindilaridan, yog'och, suv, hatto havodan foydalanadi. Turli xil xomashyolardan foydalanish imkoniyatining cheksizligi kimyo sanoati korxonalarini hamma joyda qurishga imkon beradi. Biroq kimyo korxonalari energiya va suvni ko'p ishlatishi, ayniqsa, tabiatga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatishi sababidan ularni hamma joyda ham qurish maqbul bo'lavermaydi. Kimyo sanoatining yirik korxonasi - Chirchiq elektr-kimyo kombinati 1940-yilda ishga tushgan. Chirchiq elektr-kimyo kombinati dastlab havo tarkibidagi azotdan elektr energiyasi vositasida azotli o'g'it ishlab chiqargan. Buxoro viloyatida topilgan tabiiy gaz quvur orqali Chirchiqqa keltirilgach, kombinat gazdan xomashyo o'rnida foydalanadigan bo'ldi. Bu mahsulot ishlab chiqarishning keskin ko'payishi va tannarxning arzonlashishiga olib keldi. Kombinatda azotli o'g'itdan tashqari, magniy xlorit (g'o'za bargini to'kishda qo'llaniladigan kimyoviy modda) hamda plastmassa va sintetik tola olish uchun organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.Tabiiy gazdan azotli o'g'it va kimyoviy tola ishlab chiqaradigan zavodlar Farg'ona va Navoiy shaharlarida ham barpo etildi. 1946-yilda Qo'qonda, 1957-yilda Samarqandda superfosfat zavodi ishga tushdi. 1998-yilda Qizilqum fosforit kombinati ishga tushirildi. Unda 2,7 million tonna fosforit konsentrati olinadi.
Mamlakatimiz osh tuzi konlariga ham boy. Xo'jaykon, Borsakelmas, Boybichakon va Oqqal'a kabi konlarda 90 milliard tonna xomashyo bor. Olmaliqda yuqori sifatli ammofos ishlab chiqaruvchi zavod barpo etildi. Toshkentda Sovplastital, Angrenda rezina ishlab chiqaradigan kimyo korxonalari mavjud.
O'zbekistonda tabiiy gazdan yoqilg'i o'rnida ham, xomashyo o'rnida ham foydalanish samaralidir. Tabiiy gazdan kimyoviy tola ishlab chiqarish, Rossiya Federatsiyasidagidan 40-50 foiz arzonga tushadi. Gazli, Muborak, Uchqir, Odamtosh, Sho'rtan kabi tabiiy gaz konlaridan olinayotgan gaz yuqori kondensatliligi bilan ajralib turadi. Gaz kondensati organik sintezning asosidir. Uning har tonnasidan 50 kg sun'iy kauchuk, 150 kg plastik massa, 150 kg sun'iy tola, 100 kg erituvchi modda, 400 kg motor yoqilg'isi olish mumkin.
Muborakda tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurtni ajratib oladigan zavod qurildi. Rangli metallurgiya korxonalari chiqindisidan sulfat kislota olinadi. Popdagi rezina zavodida kalish, rezina quvurlar hamda mashina va mexanizmlar uchun turli xil rezina qismlar ishlab chiqarilmoqda. Jizzaxdagi zavodda esa polietilen plyonkalar hamda plastmassa quvurlar tayyorlanadi. Qazib olinayotgan oltingugurt kolchedani, marganes, bariy, talk, ohaktosh singari minerallar kimyo sanoatining turli tarmoqlari ehtiyojini qondirmoqda. Lak-bo'yoq sanoati, sun'iy tola va to'qimalar (Farg'onada), sun'iy charm va sun'iy jun ishlab chiqaradigan zavodlar quvvati oshirildi.Gidroliz korxonalari o'tgan asrning 50-yillarida qurila boshladi. Farg'ona furon birikmalari, Yangiyo'l biokimyo, Andijon gidroliz zavodlarida asosiy xomashyo - chigit sheluxasi, sholi qobig'idan texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari (xamirturush) kabi mahsulotlar ishlab chiqarilgan. 90-yillar boshidan bu zavodlarda g'alladan etil spirti ishlab chiqarila boshlandi.Natijada oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va boshqa sanoat tarmoqlariga zarur spirtni chetdan keltirishga barham berildi5.
Zarafshon iqtisodiy rayonida xilma-xil mineral boyliklar ko‘p. Jumladan, Gazli, Uchqir, Qorovulbozor, Sortosh tabiiy gaz konlari, Kogon yaqinida neft koni, Muruntov oltin koni, Ingichka va Zarmitanda nodir metallar konlari, oltingugurt konlari, qurilish materiallari va mineral bo‘yoq konlari mavjud. Bu boyliklar iqtisodiy rayonda energetika, rangli metallurgiya, kimyo hamda qurilish materiallari sanoatlarini rivojlantirish uchun baza hisoblanadi.
Qorovulbozor shahrida yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlaydigan korxonaning ishga tushirilishi rayonda iqtisodiyotning yangi iqtisodiy sohasini vujudga keltirmoqda. Korxona mamlakatimiz neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning yarmini qondira oladi. Iqtisodiy rayon hosil etilayotgan elektr energiya miqdoriga ko‘ra Toshkent va Mirzacho‘l iqtisodiy rayonlaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Elektr quvvati, asosan, Navoiy IESidan olinmoqda, IES tabiiy gaz bilan ishlaydi. Gaz sanoati bo‘yicha rayon yaqin yillargacha O‘zbekistonda yetakchi o‘rinda edi. Qashqadaryodagi Sho‘rtan gaz koni ishga tushirilgach, ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Kimyo sanoati tabiiy gaz va boshqa mineral xomashyoga tayanadi. Zarafshon hududiy ishlab chiqarish majmuyining asosiy tarmoqlaridan biri yengil sanoatdir.
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O‘zbekistonning shimoli g‘arbida joylashgan. Bu rayon Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan iborat. Мustаqillik yillаridа bu zаmindа аmаlgа оshirilgаn ulkаn iqtisоdiy-ijtimоiy o‘zgаrishlаr, qurilish vа оbоdоnchilik ishlаrini sаnаb аdоg‘igа yеtib bo‘lmаydi. O‘rtа Оsiyodа yagоnа bo‘lgаn, sаhrо bаg‘ridаgi mo‘jizа dеb nоm оlgаn Qo‘ng‘irоt sоdа zаvоdi, Хo‘jаyli shishа zаvоdi, «Маrkаziy Оsiyo bеzаk tоshlаri» qo‘shmа kоrхоnаsi, Qo‘ng‘irоtdаgi kаrbid, Nukusdаgi mаrmаr vа kаbеl zаvоdlаri, O‘rgа gаz kоni singаri ko‘plаb inshооtlаr – bulаrning bаrchаsi istiqlоl mеvаsidir.
Ustyurt gаz-kimyo mаjmuаga gazni taqsimlaydigan, etilen, polietilen, polipropilen ishlab chiqaradigan va energiya manbalari bilan ta’minlaydigan jami beshta zavod, shuningdek, zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo etilgan.
Farg‘ona iqtisodiy rayoni ma’muriy jihatdan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan tashkil topgan. Bu iqtisodiy rayon respublika hududining 4 foizidan sal ortiqroq qismini egallasa-da, unda O‘zbekiston aholisining 1/3 qismi yashamoqda. Rayon hududi hamma tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan.Foydali qazilmalarning asosiy qismi tog‘larda to‘plangan. Tog‘ oralarida Shohimardon, Nanay, G‘ovasoy va Kosonsoy kabi xushmanzara vohalar bor. Bu yerlarda dam olish uylari, sanatoriyalar va boshqa istirohat maskanlari barpo qilingan. Iqtisodiy rayonning eng past yeridan Sirdaryo oqib o‘tadi. Aholining ming yillardan beri obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanishi orqasida tuproq va o‘simlik dunyosi madaniylashgan. Uning hududida neft, gaz, oltingugurt, qalayi, oltin, o‘tga chidamli gil, turli xil binokorlik materiallari, shifobaxsh suvlar topilgan. Konlarni ishga solish qulay. Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan davrlarda qishloq xo‘jaligi, savdo, hunarmandchilik barq urib rivojlangan. XIX asrda dastlabki temiryo‘l qurildi.Mustaqillik yillari esa iqtisodiy rayonni mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘lovchi «Angren–Pop» temiryo‘li qurildi. Bular uning iqtisodiy geografik o‘rnini jiddiy yaxshiladi.



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling