Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi
Download 2 Mb.
|
KURS ishim -Isomiddinov Sanjar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadval - 1.1.4
Davlatlarning hamkorlikdagi harakatlari tufayli dunyodagi demografik vaziyat ancha yaxshilanib qoldi. Demografik jarayonlarda kechayotgan miqdoriy va sifat o‘zgarishlari soni o‘sishiga va uning tarkibiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Buni dunyoda kechayotgan ijobiy tendensyalar tasdiqlab turibdi. Jumladan, ko‘pchilik mamlakatlarda aholi soniningo‘sishi sur’atlari pasaydi. XXI asrning boshlarida dunyo aholisining o‘sish sur’atlari 1,7% dan 1,2% gacha pasaydi (jadval 1.1.1)
Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti (ayolning butun reproduktiv hayoti davomida tuqqan bolalari soni) anchaga pasaydi. Vaholanki 30 yil avval dunyo aholisi tug‘ilishining yig‘indi koeffitsienti 4,5 darajaga teng edi, hozirgi paytga kelib u 2,5 gacha qisqardi (jadval 1.1.2). Harakat dasturi, uni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro va ijtimoiy sheriklikning kuchaytirilishi O‘zbekiston aholisining rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Anjumanning maqsad va vazifalari umumjahon jarayonlari bilan bog‘langan aholi rivojlanishi bo‘yicha milliy dasturlarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda “Aholi farovonligini oshirishning 2005-2010 yillarga bo‘lgan strategiyasi” dasturlardan biri bo‘ldi, uni amalga oshirish respublikada kam ta’minlangan aholi qatlamini kamaytirish va aholi turmush darajasini oshirishda katta imkoniyatlar yaratdi. Respublikada kam ta’minlangan aholi qatlami 2001 yilda 27,5 %ni tashkil qilgandi, ammo bu ko‘rsatkich har yili 0,6 - 0,7 punktga kamayib bordi. Umumjahon jarayonlariga muvofiq rivojlanayotgan hozirgi O‘zbekistonda, keyingi ikki o‘n yillikda demografik vaziyatda sezilarli miqdoriy va sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Avvalombor, demografik o‘sish kamaydi, hozirgi kunda aholining o‘rtacha yillik o‘sishi 1,1 - 1,6% ni tashkil qilmoqda, vaholanki, bu ko‘rsatkich o‘tgan asrning 70 - yillarida 3,0-3,2% ni va 90 - yillar boshida 2,2 - 2,3% ni tashkil qilardi. Keyingi o‘n yilda respublikada tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti dunyoning o‘rtacha ko‘rsatkichidan past bo‘lib kelmoqda (muvofiq ravishda 2,3 va 2,5). Dunyoda hozirgi kunda aholining o‘lim darajasi pasayish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Butun dunyo bo‘yicha u, 2013 yilda 8 promillegacha pasaydi (jadval 1.1.4). 2000 yilda bu ko‘rsatkich 9 promillega teng edi. Binobarin, dunyo aholisining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi erkaklarda 65 yoshgacha, ayollarda 69 yoshdan 73 yoshgacha oshdi.1 Bu dunyo aholisi turmush darajasining oshib borayotganlini ko‘rsatdi. Xuddi shunday vaziyat O‘zbekistonda ham yuz bermoqda. Keyingi 20 yilda aholi o‘ limi 6,2 promilledan 4,6 promillegacha pasaydi. Ayniqsa, aholining eng kam ta’minlangan ijtimoiy demografik guruhlarida ijobiy siljishlar yuz berdi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda onalar o‘limi darajasi Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida eng past ko‘rsatkichga egadir. Aholi o‘limining kamayib borishi hozirgi kunda O‘zbekistonda eng muhim ijtimoiy - demografik ijobiy o‘zgarish hisoblanadi. Uning darajasi nafaqat demografik vaziyatni holatini, balki davlatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi va uning fuqarolarining sog‘ lig‘ i holatini belgilab beradi. Transformatsiya davrining murakkab sharoitlariga qaramasdan, respublikada o‘lim darajasining izchil kamayib borishi va aholi o‘rtacha umr ko‘rish darajasining oshib borishi kuzatilmoqda. Go‘daklar, bolalar va onalar o‘limining kamayib borayotganligi Harakat dasturida tanlangan milliy darajadagi faoliyatning ustivor yo‘nalishi hisoblanadi. O‘zbekistonda u ijtimoiy siyosatning asosiy ustivorligi hisoblanib, yuqoridagi ko‘rsatkichlar 2-3 barobar qisqargan. SHu bilan birgalikda Respublikada aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi oshib bormoqda (keyingi 20 yilda u 3,6 yoshga ko‘paydi). Salomatlik, tibbiy xizmat, reproduktiv salomatlik masalalari mahalliy o‘zini boshqarish organlaridan tortib, davlat organlarining hamda sog‘ liqni saqlash muassasalarining doimiy nazoratidadir. Qohira anjumanida qabul qilingan Harakat dasturi 2000 yildagi Ming yillik Sammitida ishlab chiqilgan Global Rivojlanish Maqsadlarining asosi bo‘lib xizmat qildi. Unga muvofiq dunyo mamlakatlarida aholi rivojlanishining milliy xususiyatlari hisobga olingan o‘z strategiyalari ishlab chiqildi. O‘zbekiston Ming yillik Deklaratsiyasini imzolab, Milliy Ming yillik Rivojlanish maqsadlarini ishlab chiqdi, unda iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish uchun zarur bo‘lgan, sifat jihatdan rivojlanish asosiy ustivorlik kasb etdi. Jadval - 1.1.4 Dunyo mamlakatlarida aholi o‘limi darajasi (2013
- kam ta’minlanganlar va ovqatida kamchilik bo‘lganlar sonini kamaytirish; - boshlang‘ich va o‘rta maktablarda ta’lim sifatini oshirish; - ayollar va erkaklar tengligini rag‘batlantirish va ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish; - bolalar o‘limini kamaytirish; - onalar sog‘lig‘ini yaxshilash; - OITS, sil va malyariyaga qarshi kurash; - ekologik barqarorlikni ta’minlash; - O‘zbekistonning rivojlanish maqsadlaridagi global sherikchiligi. O‘zbekistonda aholi rivojlanishi bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishishga katta e’tibor qaratilmoqda. “Aholi farovonligini oshirishning 2005-2010 yillarga bo‘lgan strategiyasi” ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bu esa hozirda o‘z natijalarini namoyon qilmoqda. 2001 yilda kabag‘allik darajasi 27,5% ni tashkil qilardi, u hozirgi kunda yildan-yilga pasayib bormoqda.Demografik rivojlanishning yangi tendensiyalari respublikadagi demografik vaziyatga ijobiy o‘zgarishlar kiritdi. Eng muhim ijobiy natijalardan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi: - ona va bola sog‘lig‘i nuqtai nazaridan: tug‘ilishlar o‘rtasidagi oraliqlar oshdi. Hozirgi paytda tug‘ilishning 90 foizi 3 yillik va undan oshiq oraliqlar bilan Hozirgi dunyoda demografik rivojlanishning ahvoli ijtimoiy barqarorlikning muhim omili hisoblanadi. Bunga ko‘pchilik mamlakatlarda aholining keskin muammolari va demografik inqirozning chuqurlashuvi natijasida ijtimoiy barqarorlikning zaiflashuvi misol bo‘lib xizmat qiladi. SHuning uchun ham “demografik xavfsizlik” degan tushuncha tobora ilmiy sohada ko‘p ishlatilmoqda. Mamlakatda demografik xavfsizlikning holati uni mustahkamlashi (yoki zaiflashtiruvi) mumkin, demografik vaziyat davlat va uning fuqarolari iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlariga mos kelishi kerak bo‘ladi. SHundan kelib chiqqan holda, oilalar, jamiyat va davlatning manfaatlarini uyg‘unlashtiruvchi qulay demografik vaziyatga erishish har bir mamlakatning milliy demografik manfaati hisoblanadi. Keyingi ikki o‘n yillikda aholi rivojlanishi holati va dinamikasini tadqiq qilish natijalarini umumlashtirgan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, O‘zbekistondagi hozirgi demografik vaziyat ijobiy tendensiyaga ega bo‘lgan ancha barqaror mohiyatga egadir. Uni demografik xavfsizlik nuqtai nazaridan baholashda aytish mumkinki, hozirgi paytda O‘zbekistondagi demografik vaziyat anchagina qulay ko‘rinishga ega. Buni tug‘ilishning optimallashgani, aholi yosh tarkibining yaxshilangani, o‘lim darajasining, shu jumladan bolalar va onalar o‘limining qisqargani, migratsiya salbiy ko‘rsatkichining pasayganligi yaqqol namoyon qilmoqda. Vaholanki, 20 yil avval bu ko‘rsatkichlar ancha muammoli holatda edi. Respublikadagi demografik vaziyatning barqarorligini tug‘ilganlar va o‘lganlar soni o‘rtasidagi optimal nisbat ham isbotlaydi. Bunday vaziyat iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning transformatsiyasi tizimi ta’sirida va aholi demografik xulq-atvorining o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgandir. Ammo bir qancha muammolar ham mavjuddir: rivojlangan mamlakatlarga nisbatan go‘daklar o‘limi darajasi, reproduktiv salomatlik, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, sabablarini yo‘qotish mumkin bo‘lgan o‘lim, shu jumladan, mehnatga yaroqli yoshdagi aholi o‘limi kabilarda erishilgan natijalarga qaramasdan, yuqori hisoblanadi. Aholining sifati va turmush sifati, sog‘lig‘i, shahar va qishloq aholisi davolanishining va dori-darmonlarning zamonaviy turlariga erishishda ijtimoiy xizmatlar va ta’lim sifatidagi kamchiliklar mavjuddir. Ammo respublikada amalga oshirilgan katta ishlar ijobiy holatiga qaramasdan, aholi sog‘lig‘i sohasida bir qator muammolar mavjuddir, shuning uchun ham demografik vaziyatni yaxshilash, hamda Mingyillik strategiyasidan kelib chiquvchi maqsadlarga erishish uchun ko‘pgina ishlarni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston aholisining bir qismi ekologik jihatdan noqulay hududlarda joylashgandir. Birinchi navbatda, bu - 3 mln. dan oshiq aholi yashaydigan Quyi Amudaryo mintaqasiga taalluqli bo‘lib, u erda aholining sog‘lig‘iga tashqi omillarning salbiy ta’siri kuchlidir. Aholining mehnat migratsiyasi sohasida ham bir qancha muammolar mavjuddir. Bu jarayonlarda asosan aholining yoshi va o‘rta yoshdagi qatlamlari qatnashadilar. Ko‘pchilik migrantlar oilali hisoblanadi. Oilalarda bir yoki bir necha a’zolarining uzoq vaqt uyida bo‘lmasligi oila munosabatlari buzilishiga olib keladi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ularning 35 - 40% o‘z oilalari bilan kam muloqatda bo‘ladilar, 10 - 15% umuman muloqat qilmaydilar, 25% esa uzoq vaqt uyda bo‘lmaslik - oilaviy muammolar keltirib chiqaradi deb hisoblaydilar. Ommaviy mehnat migratsiyasi aholining oilaviy tarkibiga, ma’lum ma’noda esa aholi takror barpo bo‘lishiga, hamda migrantlarning salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi, bular barchasi davlat idoralari tomonidan ushbu muhim ijtimoiy-demografik muammoga etiborni kuchaytirishni talab qiladi. Ushbu barcha muammolar davlat va mahalliy idoralar tomonidan e’tiborni kuchaytirishni va inson kapitali rivojlanishiga mablag‘larni ko‘paytirishni talab qiladi. Respublika uchun ustivor bo‘lgan ushbu muammolarga O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ham “Sog‘lom bola yili” davlat dasturida e’tiborni qaratib o‘tgandilar. SHundan kelib chiqqan holda, davlat va mahalliy darajalarda aholi sifat rivojlanishiga yordam beruvchi faoliyat yo‘nalishlarini kuchaytirish zarur bo‘ladi. Etakchi demograflar fikriga ko‘ra demografik siyosat nafligi nuqtai nazardan samarali bo‘lishi uchun, davlat bu siyosatni o‘tkazganida, hamda unga ketgan harakatlar o‘zini oqlashi uchun, bu siyosat global optimumga ya’ni maksimum umumiy ijtimoiy natijani berishi kerak. Bunday optimum demografik maqsadni jamiyat oldida turgan ko‘pgina maqsadlardan biri sifatida qarashi, va nafaqat maqsadlarga erishishga qaratilishi, balki mavjud mablag‘larni ham hisobga olishi zarur. Xalqaro Qoxira Anjumani tomonidan qabul qilingan yigirma yillik harakat dasturining 2014-yilga kelib muddati tugadi. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida uning natijalarini baholash yuzasidan anjuman yakunlari muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajada yangi demografik tendensiyalarning global mohiyatga ega ekanligi borasida, tug‘ilish, o‘lim, migratsiya urbanizatsya va aholi qarib borishi sohasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha xulosalar chiqarilib, demografiyadagi o‘zgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va siyosiy sohalardagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqligiga e’tibor qaratish zarurligi gapirilmoqda. Evropa Iqtisodiy Komissiyasi, BMT va YUNFPA tomonidan Jenevada (2013 yil 1 – 2 iyul) katta xalqaro Anjuman o‘tkazilib, unda Evropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan Qoxira anjumanining qarorlarining bajarilishi bo‘yicha 45 ta mamlakatda o‘tkazilgan so‘rovnomaning natijalari muhokama qilindi. Jahon aholisi rivojlanishida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarga e’tibor qaratildi, va shu bilan birgalikda dastur tomonidan belgilangan hamma vazifalar ham bajarilmaganligi qayd qilindi. Dunyo aholisi tez qarib bormoqda, BMT ekspertlarining hisob kitobiga ko‘ra 65 yoshdan katta bo‘lgan aholi ulushi 2004 yilda 7% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2008 yilda u 8% gacha ko‘tarildi, keyinchalik u, shu darajada saqlanib turibdi, lekin kata yoshli aholining mutloq soni oshib bormoqda, ularning soni har yili 2,6% ga oshmoqda, bu esa dunyo aholisining o‘sish sur’atlaridan 2,2 barobar yuqoridir. Ayniqsa, YAponiyada va Evropa mamlakatlarida demografik qarishning yuqori ko‘rsatkichlari namoyon bo‘lmoqda (jadval 1.1.6). Jadval – 1.1.6
Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling