Урганч давлат университети
II.BOB. YILLIK TAYYORGARLIK SIKLIDA YUKLAMALAR
Download 326.15 Kb.
|
услубий қўлланма 1
II.BOB. YILLIK TAYYORGARLIK SIKLIDA YUKLAMALAR
TURLARINI REJALASHTIRISH VA OPTIMALLASHTIRISH MUAMMOLARI 2.1. Optimallashgan mashg‘ulot yuklamalarni murakkabligi bo‘yicha me’yorlash Sport ish qobiliyati, birinchi navbatda, harakat ta’sirlari ostida rivojlanadi. Agar harakat ta’sirlari me’yorlansa yoki mashg‘ulot samarasini beradigan darajada, ya’ni mashqlanganlikni rivojlantirish, mustahkamlash yoki saqlab turishga imkon bersa, biz yuklama to‘g‘risida gapirgan bo‘lamiz. G.S.Tumanyanning ta’kidlashicha, sportning, jumladan, sport kurashining kelajagi energiya ta’minotining anaerob mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgandir. Ko‘p seriyali mashg‘ulot uslubiyatining ko‘pgina variantlari etakchi o‘rin egallashi ehtimoldan holi emas. Bunda yuklamaning ayrim tarkiblari: davom etishi, shiddati, oraliqlarda olish xususiyati va seriyalar ichidagi takrorlashlar soni, seriyalar o‘rtasidagi dam olish xususiyati va seriyalarning umumiy soni o‘zgarib turadi. Biroq muallif muayyan vositalar va yuklama tavsiflari miqyosida aniq tavsiyalarni bermagan. A.A.Ro‘ziev fikricha, mamlakatimiz miqyosida yosh kurashchilarning ko‘p yillik tayyorgarligini oqilona tashkil qilishni ilmiy asoslab berish bunday tayyorgarlik qonuniyatlari va tamoyillarini, model tavsiflari hamda musobaqa faoliyati me’yorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etadi. Bu mashg‘ulot yuklamalari me’yorlarini chuqur ishlab chiqish bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi erkin kurashni rivojlantirishning maqsadli kompleks dasturida yuqori malakali kurashchilarning yillik tayyorgarlik siklidagi yuklama tuzilmasi yuklamalar dinamikasining umumiy tavsiyalari (hajmi va shiddati, koordinatsion harakatlarga kiradigan maxsus texniktaktik harakatlar) keltiriladi. Yuklamalarni quyidagi parametrlar-hajmi va shiddati, ixtisoslashganligi hamda koordinatsion murakkabligini e’tiborga olmasdan me’yorlashga urinib ko‘rilgan. Rossiya erkin kurashchi sportchilarini 2000 yilgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorlashning uslubiy asoslarida yuklamalarni rejalashtirishning shunga o‘xshash uslublari va kurashchining texniktaktik harakatlarini takomillashtirish bo‘yicha yanada kengaytirilgan tavsiyalar, shuningdek, shiddatli aylanma mashg‘ulotlar keltiriladi. Ushbu ishda turli darajadagi maksimal, submaksimal, katta, o‘rta, kichik va juda kichik yuklamalarning o‘lchami shartli birliklarda berilgan. Afsuski, mazkur ishda ham ixtisoslashganlik va koordinatsion murakkablik bo‘yicha yuklamalar me’yori berilmagan. A.A.Novikov, A.O.Akopyan va G.A.Sapunovlar musobaqa faoliyatini tahlil qilish asosida yillik siklda tayyorgarlikni strategik rejalashtirish elementlarini ishlab chiqishni tavsiya etadilar. Yuqoridagilardan xulosa qilib ta’kidlash joizki, yuklamani musobaqa sharoitlariga maksimal yaqinlashtirish va uning chegara atrofi hamda zaxira imkoniyatlarini ishlab chiqish texniktaktik mahoratni takomillashtirish tartiblariga bo‘lgan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Kurashchilar organizmining zahira imkoniyatlarini aniqlash uchun mualliflar 3 daqiqalik yoki 6 daqiqalik gilamga tashlash testini qo‘llashni tavsiya etadilar. Ushbu test sportchilarning energetik zaxiralarini son jihatdan baholashga imkon beradi. Mualliflar o‘z ishlarida yillik siklning turli tuzilmalari uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) yuklamalarining parsial hajmlari me’yorlarini taklif qiladilar. A.A.Shepilov va V.P.Klidak ishlarida har bir mashg‘ulot uchun yuklamalarning taxminiy tuzilmasi, mikrotsikllar uchun yuklamalar o‘lchami darajasi hamda ularning umumiy yo‘nalishi keltiriladi. Biroq bu tavsiyalar yuklamalar parametrlari, ayniqsa, ixtisoslashganligi va koordinatsion murakkabligi bo‘yicha me’yorlarni yanada qismlarga bo‘lib aniqlashni talab qiladi. G.P.Parxomovich o‘z ishida dzyudo kurashidagi texniktaktik harakatlarning batafsil yoritilgan tuzilmalarini, texnikani egallash jarayonida ruhiy boshqarishga katta e’tibor qaratgan holda ularni egallash uslublarini keltiradi. Afsuski, mazkur ishda koordinatsion murakkab bo‘lgan yuklamalarni hisobga olish tizimi yo‘q. V.V.Shiyan jismoniy toliqish sharoitlarida kurashchining maxsus chidamliligi rivojlanishi darajasining sportchilar texniktaktik mahorati namoyon bo‘lishi hususiyatiga ta’sirini birinchi darajali deb hisoblaydi. Mualliflar musobaqalashayotgan ikkita sportchining texniktaktik imkoniyatlari va maxsus chidamliligining namoyon bo‘lish xususiyatlarini bir vaqtning o‘zida kompleks ravishda o‘rganishni taklif qiladi. Mualliflar maxsus chidamlilikni baholaydigan ko‘rsatkichlar sifatida sportchi organizmidagi o‘zgarishlar o‘lchamlarini belgilab beruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanishni tavsiya etadi. A.N.Abdiev shuni ta’kidlab o‘tadiki, musobaqa oldi tayyorgarligining oxirgi maxsustayyorlov bosqichida (aynan shu bosqichda sport holati rivojlanadi) va musobaqadan keyingi bosqich oxirida, hajmi bo‘yicha to‘liq shiddatdagi mashg‘ulotlar boshlanishi oldidan kurashchilarning maxsus tayyorgarligi (mashqlanganligi) dinamikasini o‘rganish alohida qiziqish uyg‘otadi. Muallif yuklamalar ta’siridan so‘ng jismoniy va ruxiy tarkiblarning tuzilmadagi nisbatlarini o‘rganish uchun testlar majmuasini qo‘llashni taklif qiladi. Bunga dinamometriya, jismoniy ish qobiliyatini baholash, pedagogik nazorat uslublari (PNU), PWC170, o‘z o‘zini tabaqali baholash testlari, terining elektrga qarshiligi o‘lchamlari, seysmotremorroografiya, «vaqtni his etish» ni baholash, tomir urish tezligi va boshqalar kiradi. V.M.Igumenov va V.V.Shiyanlar ishida ayrim metabolik funksiyalarining kurashchilar maxsus chidamliligi (MCh) darajasiga ta’sirining yosh bo‘yicha dinamikasi keltirilgan (1jadval). Download 326.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling