Урганч давлат университети


jadval Ayrim metabolik funksiyalarning kurashchilar maxsus chidamliligi (MCh) darajasiga ta’sirining yosh bo‘yicha dinamikasi


Download 326.15 Kb.
bet7/17
Sana06.11.2023
Hajmi326.15 Kb.
#1752680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
услубий қўлланма 1

2jadval Ayrim metabolik funksiyalarning kurashchilar maxsus chidamliligi (MCh) darajasiga ta’sirining yosh bo‘yicha dinamikasi

Baholanadigan funksiya

MCh darajasiga ketadigan sarf miqdori

13-15 yosh

15-18 yosh

18 yoshdan katta

Sarf %

Sarf %

Sarf %

Alaktakanaerob quvvat

50

20

14,5

Glikolitikanaerob quvvat

2,3

3,8

12,7

Glikolitikanaerob sig‘im

27,3

65,6

65,5

Aerob quvvat

0,8

5

1,8

Aerob sig‘im

12,7

5,6

5,8

V.P.Lyapin texnikani tezkor pedagogik nazorat qilishni sportchining
funksional tayyorgarligi bilan uyg‘unlashtirishni taklif qiladi.
Mualliflar shunday xulosaga keladilarki, mashg‘ulotning turli vositalari va uslublaridan oqilona foydalanish kurashchilarning maxsus chidamliligi (MCh) darajasini belgilovchi bioenergetik funksiyalar ahamiyatiga ta’sirini hisobga olish lozimdir. Biroq mualliflar trenirovka mashg‘ulotlarining optimallashgan yuklamalarining aniq me’yorlarini keltirmaganlar.
Yuklamalarni koordinatsion murakkabligi bo‘yicha me’yorlashga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Siklik tayyorgarlik sport turlarida sportchilar koordinatsion imkoniyatlari omilining ta’siri yakkakurash sport turlariga nisbatan uncha katta emas.
V.I.Lyax koordinatsion qobiliyatlar mezonlarini belgilashda to‘rtta asosiy belgilardan foydalanishni taklif qiladi, ya’ni aniqlik, tezlik, tejamkorlik va topqirlik, ular son va sifat tavsiflariga egadirlar.
Koordinatsion qobiliyatlarni baholashning sifat tavsiflari bu-muvofiqlik, o‘z vaqtida sodir bo‘lishlik, maqsadga muvofiqlik va tashabbuskorlikdir. Aniqlik-tezlik, tejamkorlik va barqarorlik son mezonlari hisoblanadi, biroq bu mezonlarni birbiridan alohida ko‘rib chiqib bo‘lmaydi, ularni kontekstda ko‘rib chiqish lozim.
Har bir mezon juda murakkab va ko‘p ma’noli bo‘lib, chuqur o‘rganishni talab etadi. Koordinatsion murakkablik darajasini aniqlash uchun pedagogik tavsiflarvaqt, makon, dinamik va h.k, tavsiflarni tahlil qilishga doimo urinib kelinadi.
Sport kurashi bo‘yicha ko‘pgina adabiyot manbalarida texniktaktik harakatlarning boy majmui, o‘rgatish uslubiyati, usullarni egallash samaradorligini baholash yoritib berilgan, lekin koordinatsion murakkab bo‘lgan yuklamalarni optimal me’yorlash va rejalashtirishga kam ahamiyat qaratilgan. Bunday xususiyatdagi yuklamani hisobga olish uslubiyati yo‘q.
Masalan, kurashchilar koordinatsion qobiliyatlarini nazorat qilish uchun ixtisoslashmagan yoki kam ixtisoslashgan testlarni qo‘llashni taklif etadi, batutda sakrash, «Robert» testi, gilamda oldinga salto bajarish, tik turishdan ko‘prik holatiga turish, bosh orqali o‘tishlar, yozilib ko‘tarilishlar va h.k. Biroq bu testlar kurashdagi hamma harakatlar majmuasini hisobga olmaydi. Bu borada F.M.Po‘latov,
N.A.Kerimov, A.A.Ruzievlar ishi ham ahamiyatga egadir. Unda kurashchilar koordinatsion qobiliyatlarini baholash uchun koordinatsion murakkablikning 3 ta darajasini hisobga olgan holda texniktaktik harakatlarni baholash tizimi keltirilgan, ya’ni 1daraja-TTH yuqori bo‘lmagan tezlikda va raqib qarshiligisiz bajariladi, 2daraja-TTH yuqori tezlikda va raqib qarshiligisiz bajariladi, 3daraja-TTH raqibning faol qarshilik ko‘rsatishi sharoitlarida bajariladi.
A.S.Paxomov kurashchilarning tayyorgarligini baholash uchun quyidagi
ko‘rsatkichlarni qo‘llashni taklif etadi.
Faollik qo‘llaniladigan usullarning turli-tumanligi usullarni qo‘llash tezligi, texnika samaradorligidir. Biroq muallifning ta’kidlashicha, kurashda usullar birbiriga o‘zaro bog‘liq.
Bitta tashlashning o‘zi sharoitga qarab ham tayyorlov, ham hujum, qarshi hujum va himoya texnik harakati bo‘lishi mumkin. Bu holda yuklamalarni koordinatsion murakkabligi bo‘yicha me’yorlash tizimini ishlab chiqish zarur.
Ish mualliflari yuklamalar parametrlarini hisobga olish maqsadida qo‘llanilayotgan mashqlar ixtisoslashganligining o‘sishiga qarab trenirovka mashg‘ulotlari vositalarini tasniflashni amalga oshirganlar. Lekin bu ishda ham mashg‘ulot yuklamalarining aniq me’yorlari keltirilmagan.
V.L.Dementev kurashchilarning kombinatsiyali koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish uchun murakkab TTH ni tashkil etishning butasimon uslubi asosida standart holatlardan foydalanishni tavsiya etadi. Muallif kurashchilarning vaziyatlarni tez tahlil qila olish va o‘zlari qabul qilgan qarorlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatlariga e’tibor qaratadi. Biroq bu erda ham mashg‘ulotlarni rejalashtirish uchun yuklamalar me’yori yo‘q.
Sport kurashi turlarida bir qator shunday ishlar borki, ularda mashg‘ulot jarayonida yuklamalarni optimallashgan holda taqsimlashning turli tuzilmalari, vositalarni qo‘llash ketmaketligi, ularni hisobga olish uslublari keltirilmagan. Bu ularning ham umumiy kamchiligi, bu yuklamalar me’yorlanishining yo‘qligidir.

Download 326.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling