Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Ma’lumki, biron bir matnni bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish lingvistikaga oid jarayon hisoblanadi. 1980 yillargacha tilshunoslar til nazariyasi va tarjima orasidagi bog’liqlikka juda kam ahamiyat berib kelishgan. Chunki bunday bog’liqlik avval o’rganilmagan va natijada tarjima nazariyasi asta-sekinlik bilan rivojlana borgan. Bu jarayonning sust bo’lishida bir sabab tilshunoslar til hodisalarini tarjimada qo’llamaganligi deb ham qaraladi.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fan sifatida qiyosiy tilshunoslikdan ajralib chiqqan bo’lib, u tilshunoslikning asosan semantika aspektiga kiradi va semantikaga oid barcha savollar tarjima nazariyasiga taalluqli hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, har qanday mustaqil fan kabi tarjima nazariyasi va amaliyoti fani ham mustaqil fan sifatida bir qancha fanlarga aloqador ravishda o’rganiladi.
Tilning ijtimoiylashuvi va unga aloqador bo’lgan tillarni o’rganuvchi sotsiolingvistika ham bevosita tarjima nazariyasi va amaliyoti bilan bog’liqdir. Mazkur fan sotsiolingvistika bilan bir qatorda psixolingvistika, etnografiya, madaniyatshunoslikka ham aloqadordir.
Bundan tashqari tarjima nazariyasi va amaliyoti matnshunoslik, adabiyotshunoslik (adabiy turlar), tilshunoslik (har qanday tarjima asari biror bir til mahsuli hisoblanadi, ichki tasnif), adabiy tanqid, komparativistika, tabiiy fanlar, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar bilan ham bog’liqdir. Shuni aytish lozimki, tarjima biror fan yoki soha doirasida amalga oshirilishi kerak bo’lsa, o’sha soha yoki fan bilan aloqadorlik mavjud. Demak so’z qudrati, ifoda san’ati bilan bog’liq bo’lgan barcha fanlar mazkur fan bilan aloqadordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |