Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari


Download 0.5 Mb.
bet18/131
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#244742
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131
Bog'liq
Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazari

Og’zaki-og’zaki tarjima, ya’ni og’zaki matnning og’zaki tarjimasi: ikkala til - AMT va TT - og’zaki shaklda qo’llaniladi. Ushbu tarjima turida ikkita xil tarjima mavjud: ketma-ket tarjima va sinxron tarjima. Ketma-ket tarjima asl matndan (AMTdagi nutqdan) keyin - matn to’la yoki uning ayrim qismlari aytilgandan keyin sodir bo’ladi. Odatda to’xtalish bir necha gapdan keyin sodir bo’ladi, har bir gapdan keyin to’xtalish esa kamroq uchraydi. Sinxron tarjima asl matn aytilayotgan paytning o’zida amalga oshiriladi. Aniqroq qilib aytganda, sinxron tarjima asosan asl matn bilan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi, ammo nutqning ayrim qismlarida sinxron tarjima AMT dagi nutqdan biroz (bir necha so’zgagina) orqada qoladi, yoki AMT dagi nutqqa nisbatan oldinga o’tib ketadi. Sinxron tarjimaning bunday oldinga o’tib ketishi tarjimonning hali aytilmagan nutq qismlarini oldindan payqab ola bilish qobiliyati borligi sababli mumkin bo’lib qoladi.

Og’zaki-og’zaki tarjimaning ikkala xili ham – ketma-ket (birin-ketin) va sinxron tarjima – o’ziga xos psixologik qiyinchiliklar bilan bog’liq: ketma-ket tarjima tarjimondan yaxshi mashq qilingan va tez ishlaydigan xotirani talab etadi, sinxron tarjimada esa bir paytning o’zida eshitib-gapirish ko’nikmasi birinchi o’ringa chiqadi. Sinxron tarjima qila bilish uchun maxsus va uzoq payt davom etadigan mashqlar bajarilishi lozim.

Professional ketma-ket tarjima 1919-1920 yillarda Parij tinchlik anjumanida qo’llanildi. 20.11.1945-1.10.1946 dagi Nyurnberg prosessida esa birinchi bo’lib keng miqyosda sinxron tarjimaga amal qilinganligi qayd qilinadi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling