Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faolyati xavfsizligi» kafedrasi


Savol: agar suv tugamaydigan resurs hisoblansa chuchuk suv tanqisligi muammosi qayerdan kelib chiqdi?


Download 124.6 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi124.6 Kb.
#1517468
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish

Savol: agar suv tugamaydigan resurs hisoblansa chuchuk suv tanqisligi muammosi qayerdan kelib chiqdi?
Javob: bu muammoning kelib chiqish negizi shundaki, suvdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida uning sifati o‘zgarib, foydalanishga yaroqliligi kamayishi mumkin. Bunga hozirgi kunda chuchuk suvlarga ko‘p miqdorda oqovalarning tashlanayotganligi, dengiz va okean suvlarining neft mahsulotlari bilan ifloslanib, ularning yaroqliligi kamayayotganini misol qilish mumkin.
Umumiy suv resurslari garchi tugamaydigan resurs hisoblansada, lekin daryo suvlari tugaydigan resurslarga kiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra hozir har yili daryolar suvining 13 % maishiy-xo‘jalik maqsadlarida foydalaniladi va bu suvlarning 5,6% kuchli ifloslanishidan tiklanmaydigan holatga o‘tadi. Xalq xo‘jaligining rivojlanishi, sanoat va dehqonchilikning yuksalishi hamda aholi sonining o‘saborishi bundan keyin ham suv resurslaridan tobora ko‘proq foydalanishni taqozo qiladi. SHuning uchun ham ulardan foydalanishda tejamkorlikka amal qilish, dehqonchilikda yerni namlatib, yomg‘irlatib va tomchilab sug‘orish, sanoatda suvdan foydalanishning yopiq tizimiga o‘tishni kuchaytirish zarur.
Iqlim reusrslariga atmosfyera havosi va shamol enyergiyasi misol bo‘ladi. Atmosfyera yog‘inlarini ham suv va ham iqlim resurslariga kiritish mumkin. Atmosfyera havosi bitmas-tuganmasdir. Ammo uning tarkibi ham suvning sifati kabi o‘zgarib turadi. U o‘ta kuchli ifloslanganda tirik tabiat uchun resurs bo‘laolmay qolishi mumkin. SHamol enyergiyasidan tabiiy resurs sifatida foydalanish amalda ko‘pdan byeri qo‘llanib kelinyapti. Inson o‘zining tafakkuri yordamida shamol tegirmonlari va shamol elektr stansiyalarini barpo etdi.
Kosmik resurslarga quyosh radiatsiyasi kiradi. Bu resurs ham bitmas-tuganmasdir. Sayyoralarning joylanish tartibi va xususiyatlariga ko‘ra Quyoshning Yerga yuborayotgan nuri hech qachon tugamaydi. Ammo, havoning ifloslanishi Quyoshdan Yerga etib keladigan radiatsiyani bir muncha kamaytirgan. Ayniqsa yirik sanoat markazlarida ifloslangan quyosh radiatsiyasi kishilarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. AQSH va G‘arbiy Evropa mamlakatlari aholisi orasida ko‘proq tarqalgan
Tabiiy resurslardan foydalanishning prinsip va qoidalari tabiatdagi barcha predmet va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan bo‘lib, ular quyidagilardir:
• ko‘pqirralilik qoidasi tabiiy resurslardan foydalanishda ularning ko‘p qirrali ahamiyatga ega ekanligini hisobga olishga asoslangan. Masalan, o‘rmon resurslaridan foydalanishda shuni hisobga olish kyerak-ki, o‘rmon xalq xo‘jaligi uchun yog‘och manbai bo‘lib hisoblanadi. Bu yog‘och yog‘ochsozlik va kimyo sanoati uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Lekin o‘rmon resurslari bundan tashqari biosfyeraning kislorod «genyeratori» sifatida faoliyat ko‘rsatadi, tuproqda namlikni saqlaydi, tuproqni yuvilib ketishdan asraydi, mikroiqlim hosil qiladi, insonga meva-chevalar etqazib byeradi, qolavyersa u yovvoyi hayvonlar uchun yashash maskani bo‘lib ham xizmat qiladi. Buni daryolar misolida ham ko‘rish mumkin. Daryo chuchuk suv artyeriyasi, qulay va arzon transport kommunikatsiyasi, gidroenyergiya manbai va boshqa vositalar sifatida xizmat qiladi;
• regionallik qoidasi har bir regionning tabiiy resursidan foydalanishda bu resursning o‘sha joydagi miqdorini hisobga olish zarurligiga asoslangan. Masalan, Yer yuzining turli regionlarida suv resurslari turlicha joylashgan. Agar shimoliy regionlarda suv syerobligidan yer botqoqlashgan bo‘lsa, janubda suv tanqisligidan yerlar qaqragan. SHuning uchun suvdan foydalanishda bu joylarda hisob-kitobli ish yuritilishi lozim;
o‘zaro bog‘liqlik qoidasi tabiiy resurslar holatining o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra biror tabiiy resursdan foydalanish u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa resursga ham ta’sir o‘tkazadi. Masalan, ma’lum maydonda rudali ma’danlarning ko‘plab qazib olinishi o‘sha joyning relfi, gidrorejimi va boshqa tabiiy holatlariga ta’sir qiladi, natijada bu joyning o‘simlik va hayvon dunyosi o‘zgarib ketadi; elementar resurs hisoblangan azotning havodan ko‘plab so‘rib olinishi uning o‘rnini boshqa gazlar egallashiga olib keladi va h.k.

Download 124.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling