Urganch davlat universitetining tabiiy fanlarfakulteti «ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi “Ekologik monitoring va ekologik ekspertiza”
Buyurtmachi, pudratchi, iste’molchi huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Download 267.65 Kb.
|
ogabek kurs ishi
1.3. Buyurtmachi, pudratchi, iste’molchi huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ekologik ekspertiza fani mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik yoki o‘zga faoliyat (ob’ekt)ning tabiatga va inson salomatligi ta’sirini baholash, ularning ekologik iqtisodiy asoslanganligini aniqlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida o‘tkaziladigan ekologik ekspertiza faoliyatining xususiyatlarini o‘rganadigan va uni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadigan fandir. Ekologik ekspertiza fani bir tomondan tabiiy-ekologik qonunlar, qoida, prinsiplarga, boshqa tomondan esa tabiat muhofazasi va ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga, ekologik normativlarga asoslanadi. Ekologik ekspertiza fani tabiatdan foydalanish iqtisodi fani tarkibiga kiradi va uning tabiat va jamiyat o‘rtasidagi iqtisodiy ekologik munosabatlarni tadqiq etish sohasida erishgan nazariy va amaliy yutuqlaridan o‘zining muammolari yechimini topishda keng foydalanadi. Ekologik ekspertiza fani bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ilmiy-amaliy muammolari uchta asosiy yo‘nalishda - nazariy, metodik, ekspremental-namoyon bo‘ladi. Ekologik ekspertiza fanining predmeti: ekologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Bunda asosiy maqsad tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda ayni bir vaqtda maqbul muvozanatni saqlab qolgan xolda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va tabiiy muhit holatini yaxshilashga erishish muammolarining optimal yechimini topishdan iborat. Ekologik ekspertizada ekologik-iqtisodiy munosabatlar davlat (ixtisoslashgan ekspert bo‘linmalari) bilan ekologik ekspertiza buyurtmachisi o‘rtasida tabiatdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, chiqitlarni utilizatsiya (qayta ishlash), ishlab chiqarish faoliyatini ekologizatsiyalash sohalarida sodir bo‘ladi. Davlat ekologik ekspertizasining sub’ekti sifatida uchta tomon ishtirok etadi: buyurtmachi, pudratchi, iste’molchi. Ekologik ekspertizani tayinlash huquqiga ega bo‘lgan davlat xokimiyati tuzimlari (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari, Xukumat organlari) ekologik ekspretizaning buyurtmachilari hisoblanadi. Pudratchi sifatida esa ekologik ekspertiza topshiriqlarining ijrochilari (ayrim ekspert mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot institutlari, vakolatli komissiyalar) ishtirok etadi. Ushbu ekologik-iqtisodiy munosabatlarda iste’molchi sifatida ekspert taxlilining predmeti bo‘lgan ob’ektlarning mulkdorlari, egalari xisoblangan korxonalar yoki tashkilotlar qatnashadi. Bu munosabatlarda asosiy ekologik-iqtisodiy ziddiyatlar sodir bo‘ladi. Ular tomonlar manfaatlarining farq qilishi bilan uzviy bog‘liqdir. Resurslarning cheklanganligi va odamlarning tabiiy resurslarga extiyojining oshib borishi va ularni ta’minlashning qiyinligi, tabiat holati va iqtisodiy rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi, resurslarga harajatlar va to‘lovlvr ziddiyatlar kelib chiqishining asosiy manbalaridir. Masalan: maqsadga muvofiq ekologik siyosatni amalga oshirmasdan va tabiat muhofazasi talablariga yetarli amal qilmasdan iqtisodiy rivojlanishning yuqori ko‘rsatkichlariga erishish tabiat yemirilishiga (degradatsiya) va ifloslanishiga sabab bo‘ladi. Ziddiyatlarning mohiyatini va ularni maqsadga muvofiq bartaraf etish zaruratini jamiyatning ob’ektiv ekologik va iqtisodiy manfaatlarining dialektik birligi va o‘zaro bog‘liligi belgilab beradi. Bu sohada ekologik ekspertiza fani tavsiyalari (munosabatlarni takomillashtirish, yaxshilash metodlarini ishlab chiqish) muhim ahamiyatga ega. Ekologik ekspertiza fanining ob’ekti g‘oyat xilma-xil bo‘lib, ular turli miqyos va darajadagi ekologik-iqtisodiy tizimlarni o‘z ichiga oladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: davlat dasturlarining, konssepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish s’hemalarining (tarxlari)loyixalari; qurilish uchun yer ajratish materiallari; loyiha oldi va loyiha xujjatlari; normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy xujjatlarining loyihalari; texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir xujjatlar; turli ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar; alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulotda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari materiallari; shaharsozlik xujjatlari; maxsus huquqiy rejimli ob’ektlar va boshqalar. Ekologik ekspertiza fanining asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari qatoriga tizimli taxlil, guruhlash, ekologik-iqtisodiy baholash va qiyosiy taxlil, xisob-analitik (taxlil), sintez, balans, normativ, ekspert baholash va boshqa metodlar kiradi. Ayniqsa normativ tadqiqot metodlari, shu jumladan ekologik normatimv metodlari (yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan konsentratsiyaning eng yuqori darajasi, yashil zonalar normalari va bosh.) tabiatga antropogen ta’sirning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan ob’ektiv chegaralarini aniqlashga imkon beradi. Ekologik ekspertizaning sub’ektlari buyurtmachi (vakolatga ega davlat strukturasi), pudratchi (ekspertiza ijrochilarimutaxasislar), iste’molchi (ekspertiza ob’ektikorxona yoki tashkilotning egasi) o‘rtasidagi munosabatlar “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonunda va boshqa qonun xujjatlarida belgilab berilgan. Ularning huquqlari va majburiyatlari aniq ko‘rsatilgan. Buyurtmachidavlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat orgoni O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisoblanadi. U qonun xujjatlari talabiga muvofiq davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o‘tkazadi; davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit bo‘yicha normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy xujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishga ekspert va mutaxassislarni jalb etadi; davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ololmagan ob’ektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliya operesiyalarini to‘xtatib turish (tugatish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi; qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi (“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida” qonunning 12-moddasi). Shu nuqtai nazardan va qonunda belgilangan ob’ektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishning majburiyligini hisobga olib davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachisi (ekspertlar) zarur bo‘lgan ma’lumotlar va materiallarni rad etish va boshqa huquqlarga ega. Buyurtmachining (ekspertlarning) majburiyatlari qatoriga davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya etish, belgilangan tartibda xulosa berilishini ta’minlash va boshqalar kiradi. Buyurtmachi (ekspertlar) o‘z vazifasini qonunda belgilangan tartibda bajarmasa va ularni buzsa qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. Pudratchi ekologik ekspertiza topshiriqlarini bajaradigan ayrim mutaxassislar yoki ilmiy tadqiqot institutlari maxsus komissiyalar bo‘lishi mumkin. Ular qonun xujjatlarida belgilangan huquqlar, majburiyatlardan foydalanib o‘z vazifalarni bajaradilar va qonun talablarini buzganlik va qonunga zid ishlari uchun qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. Ekologik ekspertiza tizimida iste’molchi sifatida ekspert taxlilining predmeti hisoblangan korxona yoki tashkilotning egalari qatnashadi. Iste’molchining huquqlari qonun xujjatlarida belgilangan bo‘lib, ularni ekologik ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish, takliflar, mulohazalar, tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim etish, qo‘shimcha ekologik ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida iltimos qilish, ekologik ekspertiza o‘tkazilishining borishi to‘g‘risida axborot olish va boshqalar kiradi. Iste’molchining majburiyatlari qatoriga ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonun xujjatlari talablariga muvofiq taqdim etish, ekspertiza uchun belgilangan tartibda haq to‘lash, davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida ko‘rsatilgan talablarni bajarishi shartligi va boshqalar kiradi. Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Huquqiy va ekologik-huquqiy javobgarlik qonunchilikda belgilangan talablarni davlat tomonidan bajarishga majbur qilishni bildiradi. Ekologik ekspertiza sohasida aybdorlarning javobgarligi turli shakllarda amalga oshiriladi. Bular qatoriga intizomiy, ma’muriy, moddiy, fuqarolik-huquqiy, jinoiy javobgarlik kiradi. Download 267.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling