Urganch davlat universitetining tabiiy fanlarfakulteti «ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi “Ekologik monitoring va ekologik ekspertiza”


EKOLOGIK EKSPERTIZA TO’G’RISIDAGI QONUN


Download 267.65 Kb.
bet6/7
Sana04.02.2023
Hajmi267.65 Kb.
#1159951
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ogabek kurs ishi

EKOLOGIK EKSPERTIZA TO’G’RISIDAGI QONUN
8-modda. Ekologik ekspertiza buyurtmachisining huquqlari
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari bo‘yicha maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish;
ekologik ekspertiza ekspertlariga ekologik ekspertiza obyektlari xususida takliflar, mulohazalar, tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim etish;
qo‘shimcha ekologik ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida iltimos qilish;
ekologik ekspertiza o‘tkazilishining borishi haqida axborot olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Ekologik ekspertiza buyurtmachisining majburiyatlari
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi:
Oldingi tahrirga qarang.
ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonunchilik talablariga muvofiq taqdim etishi;
davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda haq to‘lashi;
(9-modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat ekologik ekspertizasi xulosasida ko‘rsatilgan talablarni bajarishi shart.
Xulosa
Ekologik ekspertiza fani tabiatdan foydalanish iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy ekologiya fanlari tutashgan chegaralarda va ekologik xuquq fani bilan uzviy bog’liq xolda, ularning asosiy tushunchalari, yangi qonuniyatlari, kategoriyalari, kontseptsiyalariga asoslangan xolda shakllanayotgan va rivojlanib berayotgan fanning yangi yo’nalishi va sohasi hisoblanadi. Ekologik ekspertiza ushbu fanlarning nazariy-amaliyot tadqiqotlari natijalari eng so’nggi va yangi yutuqlarini amaliyotga tadbiq etishga yo’naltirilgan nazariy-amaliy fanidir.
Ekologik ekspertiza fani bir tomondan tabiiy-ekologik qonunlar, qoida, printsiplarga, boshqa tomondan esa tabiat muhofazasi va ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun xujjatlariga, ekologik normativlarga asoslanadi.
Ekologik ekspertiza fani mo’ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo’jalik yoki o’zga faoliyat (ob’ekt)ning tabiatga va inson salomatligi ta’sirini baholash, ularning ekologik iqtisodiy asoslanganligini aniqlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida o’tkaziladigan ekologik ekspertiza faoliyatining xususiyatlarini o’rganadigan va uni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadigan fandir.
Ekologik ekspertiza faniga nisbatan ekspert tushunchasi rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan inson xo’jalik va boshqa faoliyatlarining tabiat muhofazasi va ekologik talablarga, ekologik va tabiat muhofazasi qonunchiligiga muvofiqligi va mos tushishini hamda ekologik ekspertiza ob’ektlarini ishga tushirish, ro’yobga chiqarish, qurish mumkinligini aniqlash va ularni ekspert baholash, ular bo’yicha ma’lum ekologik ekspertiza xulosalarini chiqarishni bildiradi. Bunda «tabiat-jamiyat» tizimi o’rtasidagi o’zaro aloqalarda mehyoriy muvozanat va uyg’unlikka erishishni ta’minlash asosiy o’rinin egallaydi, ya’ni ekpertiza ob’ektlari ekologik talablar va jamiyatning ekologik-iqtisodiy manfaatlariga mos kelishi yoki zid bo’lishi to’g’risida xulosa chiqariladi.
Ekologik ekspertiza tushunchasi asosan quyidagi uch xil yo‘lanishda talqin qilinadi: 1)ekologik ekspertiza davlat boshqaruv tizimi tarkibidagi maxsus faoliyat tarmog‘i; 2) ekologik ekspertizafan yo‘nalishi; 3) ekologik ekspertizao‘quv fani.
Ekologik ekspertizada tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir yo‘nalishlarini nazorat qilish eng asosiy muammodir. Bu muammo yechimi imkoniyatning noosfera yo‘nalishidagi barqaror yo‘nalishidagi barqaror rivojlanishga o‘tishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Barqaror rivojlanish strategiyasi ekologik eksspertizada quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 1) ekologik vaziyatni bilish; 2) tabiatning ifloslanishi va tabiiyresurs salohiyatidan foydalanishningg chegara parametrlarini asoslash; 3) ushbu parametrlarga erishishni ta’minlovchi iqtisodiyekologik va ekologgik ekspertiza mexanizmlarini ishlab chiqish.


Download 267.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling