Urganch davlat universitetining “Texnologik ta’lim” yo’nalishi


Kasb tanlashga yo’llash ishlarining asosiy ob’ekti


Download 0.55 Mb.
bet2/5
Sana06.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1172221
1   2   3   4   5
Bog'liq
Botirova Nodira

Kasb tanlashga yo’llash ishlarining asosiy ob’ekti:
maktablarining 1 - 11 sinf o’quvchilari
OTM talabalari
KHK o’quvchilari
Ishdan bo’Shashi kutilayotganlar
Ish qobiliyati cheklangan shaxslar
Kasblarning psixologik tavsifi va uning mohiyati
Kasbshunoslik adabiyotida kasb tushunchasining tavsifi xilma-xil talqinda keltiriladi. Jumladan, kasb-maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini, amaliy ko’nikma va malakalarni egallagan, unga jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va yuridik huquqlarni ta’minlovchi insoniy mehnat faoliyatining (mashg’ulotining) turidir
Lug’aviy jihatdan kasb yoki - kasb qilmoq kabi so’z va tushunchalar arab tilidan kirib kelgan bo’lib, (kasaba) fe’lining o’zagi hisoblanadi. Arab tilidagi kasaba so’zi qo’lga kiritmoq, ishlab topmoq, qozonmoq, biror ishni bajarmoq, qandaydir foydamanfaatga erishmoq, yutuqqa ega bo’lmoq kabi ma’nolarni anglatadi. Kasb bir xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari o’rnatiladi. E.A.Klimov o’z ishlarida kasb tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: “Kasb - jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo’lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi” bu kuchlar unga sarflangan mehnat o’rniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon bo’ladi. Bu ta’rifni yanada batafsil yoritirib, kasb bu - kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi tizim va shaxsning o’zini namoyon etish sohasi deb ta’riflaydi.

V.G.Makushinning fikricha, kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbasi bo’lib xizmat qiladi. Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, kasb tushunchasiga quyidagicha zamonaviy ta’rif beramiz. Kasb mehnat faoliyatining paydo bo’lgan shakli bo’lib, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi jarayonida mazmunan va shaklan o’zgarib boradi, ularni bajarish uchun inson albatta ma’lum kasbiy kompetentsiyalarga, maxsus qobiliyatlar va muhim kasbiy sifatlarga ega bo’lishlari kerak.

  • V.G.Makushinning fikricha, kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbasi bo’lib xizmat qiladi. Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, kasb tushunchasiga quyidagicha zamonaviy ta’rif beramiz. Kasb mehnat faoliyatining paydo bo’lgan shakli bo’lib, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi jarayonida mazmunan va shaklan o’zgarib boradi, ularni bajarish uchun inson albatta ma’lum kasbiy kompetentsiyalarga, maxsus qobiliyatlar va muhim kasbiy sifatlarga ega bo’lishlari kerak.
  • Mutaxassislik - kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yo’li bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar komplektsi bo’lib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik - kasb ichdagi kasbiy faoliyat turi bo’lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki o’ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo’naltirilgan bo’ladi.
  • Kasb, mutaxassislik tushunchalari bilan bir qatorda ixtisoslik tushunchasi xam keng qo’llaniladi. Ixtisoslik – birorta kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va ish tajribalari bilan erishilgan zaruriy bilimlar, ko’nikma va malakalar majmuasi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling