Viloyat: Navoiy Shahar: Zarafshon Maktab: 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi Mavzu: ch. Aytmatov. "Asrga tatigulik kun" romani
Download 45.05 Kb.
|
Dars ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navoiy viloyati Zarafshon shahar 10- o’rta umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rajabova Mahfuza Raxmatullayevnaning
- Navoiy- 2018
- Maqsad va vazifalar: ta’limiy maqsad
- Darsning tashkil qilinishi: Dars usuli
- Adolat Ezgulik Tashkiliy qism savollariga yuzlanami
- X asrda yashab ijod etgan arman yozuvchisi Grigor Narikatsining “Musibatnoma” kitobidan “Bu kitob jism-u fig’onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening” satrlari epigraf qilib olingan
- (Asar voqealari o’qituvchi tomonidan aytib beriladi va o’quvchiolarga ifodali qilib o’qitiladi).
TITUL VARAG’I Familiya: Rajabova Ismi: Mahfuza Otasining ismi: Raxmatullayevna Viloyat: Navoiy Shahar: Zarafshon Maktab: 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi Mavzu: CH.Aytmatov. “Asrga tatigulik kun” romani Sinf: 9
Pochta manzili: Mahfuza10@inbox.uz Navoiy viloyati Zarafshon shahar 10- o’rta umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rajabova Mahfuza Raxmatullayevnaning adabiyot fanidan 9- sinf o’quvchilari uchun “Chingiz Aytmatov. “Asrga tatigulik kun” romani mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi Navoiy- 2018 Mahfuza10@inbox.uz Sana: 14. 05. 2018 yil Sinf: 9 Fan: adabiyot Mavzu: Chingiz Aytmatov. “Asrga tatigulik kun” romani
Darsning bosqichlari: Tashkiliy qism: Savol bizdan- javob sizdan (sinf o’quvchilarining darsga tayyorgarligi aniqlanadi, navbatchining davomati tinglanadi, jurnalga mavzu qayd etiladi, kun yangiliklari haqida fikrlar bildiriladi) 5 daqiqa O’tilgan mavzuni mustahkamlash: “Baxtli tasodif “ usulida 10 daqiqa Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa “Sayohat” usulida yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa Baholash, tilaklar, taqdirlash 3 daqiqa Uyga vazifa 2 daqiqa O’qituvchi: Assalom mehrga tashna qalblarim, Ziyoli, odobli, hur dilbandlarim, Diydor onlari-la yana uchrashdik, Shirinso’z, so’zga boy o’quvchilarim. O’quvchilar: Assalomu alaykum ustoz. O’qituvchi: Siz salom berdingiz olgayman alik, Ollohning o’zidir yuksak, begumon Bandaga joizdir faqat kamtarlik, Yo’l pastdan boshlanar kamolot tomon. Assalomu alaykum aziz o’quvchilarim, mana bugun yana qalblarimizni olam- olam quvonch-u shodliklarga to’ldirib yana bahor fasli o’lkamizda hukmron. Keling, mana shunday iliq kayfiyat ila darsimizni boshlaymiz. Sinfimiz o’quvchilarini 2 bguruhga ajtatib olamiz.
Adolat Ezgulik Tashkiliy qism savollariga yuzlanamiz: Vatan tushunchasi sizning nazdingizda qanday tushuncha? Vatanni madh etuvchi she’rlardan namunalar keltiring. Yurtimizda qanday kun yangiliklari kuzatilmoqda? (Ushbu savollar orqali o’quvchilarda jamiyatda bo’ladigan voqea- hodisalarga befarq bo’lmaslik layoqati shakllantiriladi) Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirib boriladi. O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilan birgalikda “ Baxtli tasodif” usulini o’tkazamiz. (“Baxtli tasodif” usuli quyidagicha bo’ladi: o’tilgan mavzu Ch. Aytmatovning hayoti va ijodi haqida bo’lib, adib hayoti va ijodiga xos savollar yozilgan , har bir o’quvchi savol tortib bittadan savollarga javob berishadi, faqat bittasiga “Siz 5 ball sohibisiz” degan yozuv yozilgan bo’ladi. Savollar tushgan o’quvchilar savollarga javob berib baholanadi. Baxtli tasodif sohibi esa o’z- o’zidan 5 balni qo’lga kiritadi). “Baxtli tasodif” savollari:
Chingiz Aytmatov qachon, qayerda tug’ilgan? Adibning bolaligi qanday kechgan? Chingiz Aytmatovning ota- onasi haqida nimalarni bilasiz? Adib qayerlarda tehsil olgan? Ilk yaratgan asarining nomi nima? Adibning nomini jahonga tanitgan asarlaridan ayting/ Biz bu yil Ch. Aytmatovning necha yillik yubeleylarini nishonlaymiz? O’quvchilarni javoblari tinglangach, to’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi. O’qituvchi tomonidan umumlashtiriladi. Yangi mavzu boshlanadi. “Asrga tatigulik kun” romani. Ushbu mavzu bizga 3 soatga berilgan. Bugun biz asarni ilk parchasini siz bilan o’qiymiz. Chingiz Aytmatovning bu romani 1980- yilda yozilgan. Asar chop etilishi bilan butun dunyodagi kitobxonlar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi. Yozuvchi ko’nglining tubidagi eng ezgu tuyg’ular ifoda etilgan bu romanga X asrda yashab ijod etgan arman yozuvchisi Grigor Narikatsining “Musibatnoma” kitobidan “Bu kitob jism-u fig’onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening” satrlari epigraf qilib olingan Vveve
Asarda quyidagi joy nomlari tilga olingan: SARIO’ZAK dashtligi, Bo’ronli bekati, Ona Bayit qabristoni. Asar qahramonlari: Edigey, Sobitjon, Nayman ona , Jo’lomon… (Asar voqealari o’qituvchi tomonidan aytib beriladi va o’quvchiolarga ifodali qilib o’qitiladi). Asar tushuntirib berilgach, ‘’Sayohat” usulida mavzu mustahkamlanadi. Mustahkamlash uchun savollar: Sobitjonning ota jasadini shu yerga ko’mib qo’yaqolishga urinishi sababini qanday izohlaysiz? Uning marhum vasiyatiga beparvoligi nimada? Edigeyning jasadini ona Bayit mozoriga qo’yishga astoydil urinishi zamirida qanday ma’naviy- axloqiy asos bor? Javoblar tinglangach, o’qituvchi tomonidan mavzu mustahkamlanadi. Guruhlarning rag’batlari umumlashtirilib, g’olib guruh aniqlanadi. O’quvchilar baholanadi. Uyga vazifa: intenetning ziyonet.uz, uzedu.uz saytlaridan adibning ijodiga xos ma’lumotlarni to’plash. Asarning keying boblarini uyda mustaqil o’qib kelish. Download 45.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling