Urganch davlat universteti texnika fakulteti


Laboratoriya mashg`ulotlarni o’tkazishning tashkiliy shakllari


Download 0.74 Mb.
bet4/39
Sana28.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1236708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Hayot.qo\'llanma

Laboratoriya mashg`ulotlarni o’tkazishning tashkiliy shakllari

Laboratoriya mashg`ulotlarni tashkil etishning asosiy shakllariga quyidagilar kiradi:


a) bir mavzudagi ishni ko’pchilik talabalar tomonidan bir vaqtning o’zida bajarish usuli yani bitta frontda ishlash ― frontal mashg`ulotlar. Mashg`ulotlarni frontal tizimda olib borishning afzalligi shundaki, bu usul talabalarning mazkur mashg`ulotlarga tayyorgarlik ko’rishini va o’qituvchi tomonidan ishning bajarilishini boshqarishni bir qadar yengillashtiradi (chunki barcha talabalar bir vaqtning o’zida bir turdagi ishlarni bajaradilar). Bu usulning asosiy kamchiligi shundaki, bir vaqtning o’zida bajariladigan bitta mavzuga tegishli bir xildagi asbob-uskunalar bilan barcha talabalarni ta’minlashga o’quv muassasining imkoniyati hamma vaqt ham yetishavermaydi;
b) ko’pchilik talabalar tomonidan bir vaqtning o’zida turli mavzulardagi ishlarni bajarish (zvenoli, yakka tartibda) usuli ― nofrontal mashg`ulotlar. Nofrontal laboratoriya mashg`ulotlari odatda bir necha mavzular o’tilganidan so’ng o’tkazilishi mumkin. Bunda talabalar zvenolarga bo’lingan holda turli mavzularda va turli asbob - uskunalarda ishlaydilar. Barcha zvenolar uchun laboratoriya ishlarini navbatma - navbat bajarish grafigi tuziladi. Bunda akademik guruhdagi talabalar mavjud ish o’rinlari soniga qarab zvenolarga bo’linadi. Har bir zvenoda talaba soni 3 tadan oshmasligi va ularning bilim darajasi taxminan bir xil bo’lishi kerak, aks holda ishni bajarishda bilimi yaxshilar faol bo’lib, qolganlar yalqovlik qilishadi va o’qituvchi zveno a’zolarining ishini xolisona baholayolmaydi. Laboratoriya ishlarini bunday usulda tashkil etishning kamchiligi ― ularga rahbarlik qilishning ma’lum darajada murakkabligidadir. Chunki bunda o’qituvchi hamma talabalar uchun yagona umumiy yo’riqnoma o’tkazish va mashg`ulotlar yakunini jamoa tarzda tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
Laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazishning biror shaklini tanlashda o’qituvchi mavzular hamda talabalarning sonini hisobga olishi lozim. Bizning fikrimizcha, «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining aksariyat mavzulariga oid laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazishda ularning frontal shaklidan foydalanish afzal, biroq bu laboratoriya mashg`ulotlarining nofrontal shaklidan butunlay voz kechish kerakligini anglatmaydi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling