Urganch davlat universteti texnika fakulteti


LABORATORIYA MASHG`ULOТLARI O’ТKAZISHNING SHAKLLARI, USLUBI VA ТARТIBI


Download 0.74 Mb.
bet3/39
Sana28.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1236708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Hayot.qo\'llanma

LABORATORIYA MASHG`ULOТLARI O’ТKAZISHNING SHAKLLARI, USLUBI VA ТARТIBI
Fan – texnika taraqqiyoti o’qitish jarayoniga asosan yangicha yondashishni, o’qitishning yangi shakllari va samarali usullarini talab qilmokda, negaki xotira kuchiga asoslangan an’anaviy ta’lim berish usuli o’quvchilarining fikr yuritishi va bilimining malakaviy o’sishiga yetarli yordam bermayapti.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizning barcha Oliy o’quv yurtlarida o’qituvchi talabalarga tayyor bilimlarni beribgina qolmasdan, balki ularga mustaqil fikr yuritish, ijodiy izlanish, faollik va ziyraklik ko’nikmalarini singdirishi zarur.
Laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazishning maqsadi talabalarning “Mehnatni muhofaza qilish” fani bo’yicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliy jihatdan kundalik hayotiy jarayonlarda qo’llashga o’rgatishdir. Bunday mashg`ulotlar davomida talabalar o’qituvchi rahbarligida mustaqil ishlaydilar, nazariy bilimlarini amaliy malaka bilan mustahkamlab, uskuna va jixozlarning tuzilishi bilan tanishadilar, ulardan foydalanish mahoratini egallaydilar. Laboratoriya mashg`ulotlari o’zlarining maqsad-vazifalari jihatdan bevosita ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lmay, balkim nazariy ta’lim bilan ishlab chiqarish ta’limi o’rtasida bog`lovchi vosita hisoblanadi.
O’quv dasturida laboratoriya mashg`ulotlarini sanitariya me’yoriy qoidalarga to’liq javob beradigan yetarli maydonda o’tkazish ko’zda tutilgan. Barcha ishlarni bajarishga imkon beradigan zarur asbob-uskunalarga ega bo’lgan laboratoriya xonasida bu ishlarning sifatli bajarilishi talaba va o’qituvchining mashg`ulotlarga nechog`lik puxta tayyogarlik ko’rganiga va mazkur mashg`ulotlarni to’g`ri tashkil etishiga bog`liq.
Laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazishga rahbarlik qilishni tashkil etish va uning uslubiy ta’minoti ko’rib chiqilar ekan, quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratish lozim : 1) muayyan ishlarni shunchaki bajarishnigina emas, balki ish jarayonida talabalarning mustaqilligini oshirishni nazarda tutish, mashg`ulotning maqsad va vazifalarini aniq belgilash, uning mazmunini va bajarilish tartibini tushuntirib berish; 2) talabalarga xavfsizlik texnikasi qoida va talablarini o’rgatish.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling