Urganch davlat unversiteti


Download 1.51 Mb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1329596
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ligand-retseptor bog\'lanishlar uchun dasturlar

Ligand turlari


Signal uzatuvchi hujayralar hosil qilgan ligandlar turli koʻrinishlarda boʻladi va nishon hujayralarning ichidagi yoki ustidagi retseptorlar bilan taʼsirlashadi. Ligandlarning turlariga oqsillar, steroidlar kabi gidrofob molekulalar va azot oksidi kabi gazlar kiradi. Quyida biz ligandlarning bir qancha turlari bilan tanishib oʻtamiz.

Hujayraga kira oladigan ligandlar


Kichik oʻlchamdagi gidrofob ligandlar plazmatik membrana orqali hujayra ichiga kirib, yadro yoki sitoplazmada joylashgan hujayra ichi retseptorlari bilan bogʻlanadi. Inson tanasidagi steroid gormonlar ham shu turdagi muhim ligandlar qatoriga kiradi.
Bizga tanish boʻlgan steroid gormonlar qatoriga ayollar jinsiy gormonlaridan estrogen turi boʻlgan estradiol va erkaklar jinsiy gormoni – testosteron kiradi. Yorugʻlik energiyasi taʼsirida teriga sintezlanadigan D vitamini ham steroid gormon hisoblanadi. Ushbu gormonlar gidrofob tabiatga ega boʻlgani bois plazmatik membranani hech qanday qiyinchiliksiz kesib oʻtadi, lekin ular qon oqimi boʻylab harakatlanishi uchun tashuvchi oqsillar bilan bogʻlanishi kerak boʻladi.

Estradiol va testosteronning kimyoviy strukturasi. Har biri toʻrtta birlashgan uglevodorod halqasiga ega. Ikkala gormon halqadagi qoʻshbogʻlar va unga birikkan funksional guruhlarga koʻra farqlanadi.
Manba: OpenStax College, Biology (CC BY 3.0) ga tegishli “Signaling molecules and cell receptors: Figure 8” (Signal molekulalari va hujayra retseptorlari: 8-rasm) nomli grafik material oʻzgartirib olindi.
Azot oksidi (NO) – ligand vazifasini bajaruvchi gaz. Kichik oʻlchamga ega boʻlgani sababli u steroid gormonlarga oʻxshab plazmatik membranani kechib, toʻgʻridan toʻgʻri tarqaladi. Azot oksidining asosiy vazifalaridan biri qontomirlarni oʻrab turuvchi silliq muskullar tarkibidagi signal uzatuvchi yoʻllarni aktivlashdir va bunda muskul boʻshashishi hisobiga qontomirlar kengayadi (dilyatatsiya). Aslini olganda, tibbiyotda nitroglitserindan yurak kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Chunki u qontomirlarni kengaytirib, yurakka keladigan qon oqimining kamayishiga yordam beruvchi NO ajralishini kuchaytiradi.
NO ning taʼsiri yaqin yillarda yaxshiroq maʼlum boʻldi, chunki uning taʼsir etish yoʻli “Viagra” kabi erektil disfunksiyada qoʻllanuvchi dorilar buyurilishi natijasida aniqlandi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling