Urganch filiali "kompyuter injineringi" fakulteti
Download 37.77 Kb.
|
38-mavzu.Informatsion psixologik hujumlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urganch-2022 Mavzu: Informatsion psixologik hujumlar Reja: Axborot va jamiyat taraqqiyoti
- Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o’zini-o’zi himoyalashi Axborot va jamiyat taraqqiyoti
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI “KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI ________ GURUH TALABASI _____________________________ “PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” FANIDAN MUSTAQIL ISHI O`QITUVCHI: ______________________________ TAYYORLADI: ______________________________
Axborot va jamiyat taraqqiyoti Shaxs, jamiyat va davlatnnng axborot-psihologik havfsizligidagi manbalar va ularning turlari Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o’zini-o’zi himoyalashi Axborot va jamiyat taraqqiyoti Axborot (lotincha «mformatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan ogzaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma'lumot; XX asrning o’rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o’rtasidagi ma'lumot hamda hayvonlar va o’simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan. Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, jarayonlar va shu kabilar haqidagi ma'lumot (ma'lumotlar majmui)ni anglatadi. Axborotlashtnrish-axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobiga fukarolar, davlat hokimiyati va o’z-o’zini boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini qondirish, huquqlarini ro’yobga chiqarish maqsadida optimal sharoitlarni yaratish uchun tashkil etiladngan ijtimoiy-iktisodiy va ilmiy-texnik jarayonlar majmui. Informatsion jarayonlar-axborotni qidirish, yigish, kayta ishlash, to’plash, saqlash va tarqatish jarayoni. Axborot tnzimi (informatsion snstema)-informatsion jarayonlarni amalga oshiruvchi tartibga solingan hujjatlar hamda axborot tehnologiyalari majmui. Axborot resurslari-muayyan (kutubhona, arhiv, fond, ma'lumotlar banki kabi) axborot tizimlaridagi alohida hujjatlar va hujjatlar majmui. Ijtimoiy-siyosiy axborot- ijtimoiy va siyosiy hayot borasida jamiyat a'zolari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy tashkilotlar o’rtasida almashinuv predmeti hisoblangan va ular o’z faoliyatida foydalanadigan bilimlar, ma'lumotlar va habarlar majmui. Ijtimoiy-siyosiy axborotlar insonlar o’rtasidagi aloqalar, siyosiy jarayonlar, jamiyatni boshqarish, ilmiy, o’quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, targibot va tashviqotni amalga oshirishda tobora muhim va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. To’laligi, asoslanganligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy-siyosiy axborotlarni ishlab chiqishda fan, ularni tarqatishda OAV muhim rol o’ynaydi. Axborot madaniyati texnik-tehnologik va ijtimoiy-madaniy jihatlarga ega. Texnik-tehnolognk jihatdai axborot madakiyati axborotni olish, kayta ishlash, saqlash va etkazib berishga hizmat qiladigan texnik-axborot vositalari va ulardan oqilona foydalanish usullari haqidagi bilimlar tizimini anglatadi. Ijtimoiy-madaniy ma'noda axborot madaniyati insonning muayyan ma'naviy-ahloqiy, siyosiy, huquqiy va estetik qadriyatlami o’zlashtirgan holda axborot maydonida hayotiy faoliyat ko’rsatishini anglatadi. Axborot iste'moli madaniyati (O’zMU tadqikotchisi U.Qo’shaev tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan tushuncha) axborot dunyosidan ijtimoiy taraqqiyotga hizmat qiluvchi ma'lumotlarni saralab olish borasidagi bilimlar, qobiliyat va malakani o’zida ifoda etadi. Axborotlashgan jamiyat-kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot hamda informatikadan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini tavsiflovchi tushuncha. Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilari ijtimoiy rivojlanishni «bosqichlar almashinuvi» nuqtai nazaridan qaragan holda, uning shakllanishini qishloq ho’jaligi, sanoat va hizmatlar iqgisodiyotidan keyin paydo bo’lgan iktisodiyotning to’rtinchi - "axborot sektori" yuzaga kslishi bilan boglaydilar. Ularning fikriga kura, industrial jamiyatning asosi bo’lgan kapital va mehnat axborotlashgan jamiyatda o’z o’rnini axborot va bilimga bo’shatib beradi. Download 37.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling