Urganch filiali multimediali aloqa tarmoqlari
KURSGA OLDINDAN QO‘YILADIGAN TALABLAR
Download 52.43 Kb.
|
Syllabus SIMSIZ TARMOQLAR sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kursning mazmuni
KURSGA OLDINDAN QO‘YILADIGAN TALABLAR
«Elektronika va sxemalar», «Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish» «Komputer tarmoqlari» » fanlaridan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi. KURSDAN KUTILADIGAN NATIJALAR «Simsiz tarmoqlar» kursi amalda ishlatiluvchi va istiqbolli radioaloqa tizimlarini va mobil aloqa tizimlarini o‘rganishga mo‘ljallangan. Darsni o‘qitishdan maqsad, bu radioaloqa asoslari, mobil tizimlarda radioaloqani tashkil qilish, tuzilish negizlari bo‘yicha talabalarga yetarli darajada bilim berishdir. «Simsiz tarmoqlar» fani telekommunikatsiya tizimlari bo‘yicha ta`lim oluvchi talabalarga zamonaviy axborot tizimlarida tobora keng qo‘llanish topayotgan Simsiz tarmoqlar bilan tanishtirish, ularda fan va texnikaning ushbu istiqbolli yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar shakillantirishdan iborat. “Simsiz tarmoqlar” fani doirasida O‘zbekiston Respublikasida simsiz, shu jumladan mobil, aloqa tizimlari faoliyatini tashkil qilish va nazariy asoslari, Wi-Fi va WiMAX texnologiyalari va ularning oddiy kabelli tizimlar oldidagi avfzalliklari, simsiz aloqa tizimlarning qurilish tamoyillari, ularning asosiy elementlari va xarakteristikalari, simsiz tizimlarda ma`lumotlarni yuborish asoslari, signallarni modulyatsiyalash va spektrni kengaytirish texnologiyalari, simsiz keng polosali tarmoqlarida axborot xavfsizligini tashkil etish, turli shifrlash algoritmlari va protokollari, foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash haqida asosiy tushunchalar haqida asosiy ma`lumotlar bayon etiladi. Simsiz tarmoqlarning tuzilish arxitekturasini o‘rganish va bunday tizimlar hosil qiluvchi elektromagnit nurlanish faktorini hisobga olish kursning asosiy vazafasidir. Kursning mazmuni
Download 52.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling