Urganch innovatsion universiteti


Masalan, “ZiyoNET” portali uch xil tilda – o’zbek, rus, ingliz tillarda o’z o’quvchilarini axborot bilan ta’minlaydi. Saytning tahlili shuni ko’rsatadiki, b


Download 0.57 Mb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1275117
1   2   3   4
Bog'liq
Interenetning inson va jamiyat hayotiga ijobiy ta’siri.

Masalan, “ZiyoNET” portali uch xil tilda – o’zbek, rus, ingliz tillarda o’z o’quvchilarini axborot bilan ta’minlaydi. Saytning tahlili shuni ko’rsatadiki, bugungi kunda “ZiyoNET” portali so’nggi yangiliklardan muntazam ravishda xabardor etib bormoqda, talaba-yoshlarga oid turli fanlar bo’yicha ma’lumotlar chop etib boradi, bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu o’rinda portal ma’nosiga izoh berib o’tamiz. Portal (portal) esa, so’zma-so’z tarjimasiga ko’ra «darvoza» ma’nosini bildiradi. Boshqa internet sahifalardan farqli o’laroq, veb-portal o’zida bir necha saytlarga teng manbalarni birlashtiruvchi yirik resurs hisoblanadi. Bunday informasion resursni tashkil etgan mutahassislar odatda unga bir necha vazifani yuklaydi. O’z navbatida ular qidiruv, korporativ, informasion portallarga bo’linadi. Bu o’rinda “ZiyoNET” portali ham yuqorida ko’rsatilgan xususiyatlarga ekanligi bilan farqlanadi.
“ZiyoNET” portalida “Ta’lim”, “Abituriyent”, “Imkoniyatlar”, “Kutubxona”, “Saytlar”, “Arboblar”, “Tadbirlar”, “O’yinlar” va “Muassasalar” deb nomlangan ruknlar mavjud. Ushbu har bir ruknda o’z mavzulari bo’yicha ihtisoslashgan ma’lumotlar yoritiladi.
“Ta’lim” ruknida asosan ta’limga oid materiallar chop etiladi. Ushbu ruknda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to’g’risida ma’lumotlar olish mumkin. “Ta’lim” ruknining ichida bo’limlar ham mavjud. Ushbu sahifalardan ta’limga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni olish imkoniyati mavjud.
ZiyoNET portali internet resursiga ega bo’lib, undagi jamlangan material va servislar ta’limga yo’naltirilgan.
Ziyonet.uz portaliga tashrif buyursangiz, uTube.uz videoportalidan ta’limga oid oxirgi yangiliklardan boxabar bo’lish bilan bir qatorda, Tanlov.uz saytidan tanlovlar borasida aksiya va grantlar to’g’risida ma’lumotlarni ZiyoNET bo’limidan hamda unga biriktirilgan uForum.uz dan va boshqa ta’lim loyihasi ZiyoNET resurs markazi tarmog’idan bilib olasiz. Barcha eng qiziqarli loyihalar avtomat tarzda ziyonet.uzning birinchi sahifasida nashr etiladi, bundan tashqari barcha axborotlar yaxlit holatda taqdim etiladi, sizga kerakli materialni oson va tezda portaldan topib berishga yordam beradi.
ZiyoNET portalida yana qanday bo’lim va servislar mavjud?
Kutubxona – turli yo’nalishlardagi 42000 axborot-ta’lim materiallarini o’z ichiga oladi. Ularning orasidan referatlar, uslubiy qo’llanmalar, dokladlar, avtoreferatlar va ko’pgina boshqa ta’limga oid materiallarni topish mumkin.
Ta’lim – O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim tizimining tahlili olib borilgan bo’lib, har bir ta’lim bosqichining maktabgacha bo’lgan ta’limdan boshlab, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limgacha, statistik ma’lumotlar va qonunchilik bazasi keltirilgan.
Arboblar – Xalqimiz tarixida fan va madaniyat sohasida o’chmas iz qoldirgan insonlar behisobdir. Ushbu bo’limda aynan ularning hayoti va ijodi, faoliyati, bizga koldirgan ma’naviy boyliklari haqida ma’lumot beriladi.
Muassasalar – Ushbu bo’limda siz O’zbekistondagi Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, maktab, lisey, kollejlar, “Kamolot” YoIH va muzeylar haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
Shuningdek, “Kutubxona” ruknida esa kichik ixtisoslashgan sahifalar ham o’rin olgan. Bu sahifalarga ma’lumot beruvchilar haqida batafsil yoritilgan.
Umuman olganda, “ZiyoNET” portalida talaba-yoshlarga kerakli bo’lgan ma’lumotlar joylashtirilib kelinmoqda. Portalning quyi qismida “ZiyoNET” hamkorlik
qilayotgan portal va saytlarning manzillari berilgan. Undan kerakli bo’lgan portal va saytlarga kirish mumkin.
“ZiyoNET” portalining o’ziga xos saytlari mavjud. Masalan, “Fikr.uz” sayti. Bunda ilmiy-ommabop maqolalar, tezislar, anonslar va she’rlar chop etilib kelinmoqda.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling