Urganch innovatsion university
Download 2.29 Mb.
|
5. Tilshunoslik nazariyasi. Majmua (3)
2-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. Kreol tillar. Pijin tillari. Tillarning chatishuvi masalasi. Reja:
2. Adabiy til va shevalar. 3. Kreol tillar. Pijin tillari. 4. Tillarning chatishuvi masalasi. Millatlararо tillar. Xalqarо tillar. Sun’iy til. Me’yorlashtirilgan tillar bu ma’lum bir me’yorlarga solingan til hisoblanadi. Standart tillar ham deyiladi. Jamiyatda adabiy til, davlat tili sifatida xizmat qiluvchi tillar. Masalan, o’zbek, rus tillar kabi. Me’yorlashtirilgan tillar adabiy til me’yoriga ega bo‘lgan tillardir. Bunday tillarga adabiy shakliga ega bo‘lgan barcha tillar kiradi. Adabiy til tarixiy taraqqiyot jarayonida takomillashib, o‘zgarib boradi. Qadimiy tillar tillarning dastlabki taraqqiyoti davrida shakllangan, takomiliga yetgan, eng qadimiy madaniy-ma’naviy yodgorliklar yaratilgan tillardir. Bu tillar keyingi davrlarda shakllangan bir qator tillar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Qadimiy tillar kishilik jamiyatining umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyat kasb etgan. Ma’lum davrda aloqamunosabat vositasi sifatida mavjud bo‘lib, keyingi davrlarda iste’moldan chiqa borgan. Natijada o‘lik tilga aylangan. Lotin tili qadimiy tilning yaqqol namunasidir. Mahalliy tillar kam sonli aholiga xizmat qiladigan tillardir. Mahalliy tillar o‘z yozuviga ega emas. Bunday tillar faqat og‘zaki shaklda mavjud bo‘lib, aholining kundalik aloqa-munosabat ehtiyoji uchun xizmat qiladi. Adabiy tilning ikki xil ko’rinishi mavjud: og’zaki va yozma shakli mavjud. Adabiy til umumxalq tili, sheva va lahjalar asosida yaratiladi. Qarluq lahjasi o’zbek adabiy tiliga asos qilib olingan. Kreol tillar. Mustamlakachilik natijasida Amerika, Afrika, Sharq mamlakatlari xalqlari tillari bilan yevropa tillari elementlari aralashuvidan tashkil topgan tillar. Masalan, amerikadagi Gaiti orolida mahalliy aholi bilan fransuz tili aralashuvi natijasida gatti—kreol tili shakllangan. Lotin Amerikasidagi mahalliy aholi tili bilan ispan tilining aralashuvidan ispan-nauatal kreol tili hosil bo‘lgan. Kreol tillarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda birdan ortiq tilning o‘ziga xos xususiyatlari yaxlit holda namoyon bo‘ladi. Pijin tillari. Xitoy tilining yevropa tillari bilan chatishuvi natijasida yuzaga kelgan aralash tillardir. Kreol va pijin tillari o’xshash hamda farqli tomonlarga ega. Yevropa tillari bilan mahalliy tillarning aralashuvidan yuzaga keladi. Lekin pijin tillarida so‘zlashadigan jamiyat yo‘q (kreol til jamiyat uchun aloqa- munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi). Pijin tillardan port shaharlarida ikkinchi til sifatida foydalaniladi. Download 2.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling