Urganch innovatsion university


Download 2.29 Mb.
bet29/69
Sana28.10.2023
Hajmi2.29 Mb.
#1731969
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Bog'liq
5. Tilshunoslik nazariyasi. Majmua (3)

Savol va topshiriqlar:
1. Me’yorlashtirilgan til tushunchasini izohlang.
2. Adabiy til tushunchasini izohlang.
3. Tillarning chatishuvi masalasiga qanday qaraysiz? Sizningcha bu zarurmi?
4. Kreol tillar va pijin tillari haqida to’liqroq ma’lumot bering.


3-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Til va tafakkur
Reja:
1. Til va tafakkur munosabati
2. Mantiq ilmida ham til va tafakkur munosabatlari
3. Obrazli tafakkur tushunchasi

Til kishilik alоqasining eng muhim vоsitasi sifatida xizmat qiladi.


Til va tafakkur chambarchas bog'liq bo‘lib, tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin bo‘lmaganidek, tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira olmaydi. Fikr va so‘z munosabati juda murakkab bo‘lib, fikr so‘zlarda o‘z ifodasini topmaguncha, ya'ni so‘zlardan tarkib topgan ifoda qolipiga tushmaguncha yuzaga chiqmaydi. Fikrning mohiyatini tashkil etadigan har qanday idrok ham faqat so‘zlar vositasi bilangina namoyon bo‘ladi. Til va tafakkur faqat kishilargagina xos bo‘lib, bosh miyaning moddiyligi bilan bog'liqdir. Til va tafakkur bir narsa emas. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni fikrning ma'lum bir shakliga solib, so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar orqali ifodalaydi.
Til grammatikaning o‘rganish manbai, tafakkur mantiqning o‘rganish manbaidir. Til barcha uchun birday xizmat qiladi. Bir tilda gaplashuvchi jamiyat a'zolarining fikrlashlari bir xil bo‘lmaydi.
«Til tafakkurni ifоda qiluvchi ishоralar majmuidir» (Fdе Sоsеyur).
«Til – оdam оngining ishtirоkisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo`lgan mехanik harakatidir» (L. Blumfild).
«Til fikrni ifоda qilishga mo`ljallangan, talaffuz qilinadigan, chеgaralangan tоvushlar majmuidir» (B.Grоssе). Bu til ta’riflaridan til va tafakkur birligini ham bilish mumkin.
Insoniyat bilan paydo bo‘lgan til uning hayotida eng muhim rol o‘ynab kelgan va bundan keyin ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Til, avvalo, inson va uning tafakkuri shakllanishidagi zaruriy shartlardan biridir. Aniq nutqning paydo bo‘lishi idrok qilish jarayonlarini tamoman o‘zgartirib yuboradi. Til tufayli inson tafakkuri boyidi, moddiy dunyodagi narsa va predmetlarni ong orqali idrok qilishi, ular ustudan mulohaza yuritishi, ularga oid fikrlarni so‘z bilan ifodalash imkoniga ega bo‘ladi.
Mantiq ilmida ham til va tafakkur munosabatlariga alohida e’tibor berilgan. Unda tafakkurning muhim xususiyati sifatida uning til bilan bo‘glanganligini e’tirof etadi. Yana aytiladiki, inson tafakkuri uning til bilan birga rivojlanib takomillashgan. Tilda tafakkurning ish natijasi mustahkamlanadi. Til o‘zining shu xislati bilan insonga bilim to‘plashga, uni saqlashga, avlodan-avlodga uzatishga, to‘plagan bilish boyliklaridan hayotiy faoliyatida unumli foydalanishiga yordam beradi. Shuning uchun ham bizning tafakkurimiz voqelikni bevosita aks ettirish vositasi bo‘lgan sezgilardan til yordamida ifodalanishi bilan farq qiladi.
Til va tafakkur reallikni bilish, boshqa insonlar bilan munosabatda bo‘lish, ob’ektiv reallikka ta’sir ko‘rsatish, har bir ishni oldindan o‘ylab ongli ravishda amalgam oshirish kabilarda ko‘rinuvchi, umuman, inson faoliyatining ongli, maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi insongagina xos bo‘lgan tarixiy muhim xislatdir.Demak, tafakkurning moddiy qobig’i tildir. Tafakkurni so‘z boyligi vositasida ifodalashda asosiy vazifani tul bajaradi. Albatta, har bir inson tafakkuridagi fikrlarni ifodalashda shu inson nutqining naqadar takomil topganligi muhim sanaladi.
Tilning nаqd bo‘lishi tаfаkkur bilаn bir vаqtdа sodir bo‘lgаn. Insoniyatgа xos
bo‘lgаn bu ikkn hodisа bir-biri bilаn uzviy bog’lаngаn, biri ikkinchisisiz yashаy olmаydi. Tilning аsosidа tаfаkkur yotаdi, tаfаkkur esа o‘z nаvbаtidа til orqаli nаmoyon bo‘lаdi, rivojlаnаdi. Tilning tаkomillаshishining gаrovi esа- tаfаkkurdir.
Obrazli tafakkur yordamida narsaning turli aniq xususiyatlari, xilma-xilligi to‘liqroq aks ettiriladi. Obrazda narsani bir vaqtning o‘zida turlicha ko‘rish imkoni bor. Obrazli tafakkurning muhim xususiyati narsalar bilan ularning xossalari o‘rtasidagi odatdan tashqari, ishonish qiyin bo‘lgan uyg’unlikning o‘rnatilishidir. Ko‘rgazmali-ta’sirchan tafakkurdan farqli ravishda ko‘rgazmali-obrazli tafakkurda vaziyat faqat obraz ma’nosida o‘zgaradi.
Ko‘rgazmali-obrazli tafakkurni ko‘rgazmali- ta’sirchan tafakkurdan ajratish uchun asos qilib,psixolog tadqiqotchilar vaziyatning o‘zgarish xususiyatini olishadi. Shundan kelib chiqib, biz bir oz boshqacharoq yo‘nalishdan, ya’ni gnoseologik tafakkurning o‘zini xarakterlash tomonga borishimiz mumkin. Ko‘rgazmali- tahsirchan tafakkurda ko‘rishimiz mumkinki, bola ham tasavvur - obraz yordamida ish ko‘radi: birinchi tajribada vazifani bajarish turli variantlarni almashtirish tufayli yechimni tasodifan topishdan (ongsizlik aktidan) iborat yoki oldindan aniq obrazlar bilan fikrlash va tegishli harakatlanish sifatidagi xulosa vujudga keladi. Ko‘rgazmali-ta’sirchan tafakkurning ichki aspekti ko‘rgazmali-obrazli inikos bilan o‘xshash ekanligi ma’lum bo‘ladi. Falsafiy nuqtai nazardan qayd etilgan tafakkur shakllaridagi umumiylik nihoyatda muhim bo‘lib, ular inson faoliyatining ob’ektga faol ta’siri, usiz hech qanday insoniy tafakkurning bo‘la olmasligi to‘g’risidagi tasavvur bilan mustahkam bog’langan.
Ko‘rish, eshitish, til yordamida gaplashishdan mahrum bolalar rivojining ekstremal sharoitlarida bilishda sezgilardan, narsalar bilan ishlash to‘g’risidagi idrok qilishning bevosita shakllaridan ajralmagan faoliyatning ahamiyati birinchi o‘ringa chiqadi. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘nikmalaridan farqli ravishda imo-ishoralar - aynan shu sharoitda yo‘l qo‘ygan (mavjud bo‘lmagan) narsalarga bo‘lgan ehtiyojiga ko‘ra harakatlarni sodir qilishdir.


Download 2.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling