Urganch innovotsion universiteti


Download 47.39 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi47.39 Kb.
#1172134
Bog'liq
Mustaqil ish Pulatov Maqsad



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


URGANCH INNOVOTSION UNIVERSITETI



______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


MUSTAQIL ISHI



MAVZU: O`rta osiyolik mashhur arxeologlar haqida biografik ma`lumotlar to`plash

Qabul qildi: _____________________
Topshirdi: ______________________




Mavzu: O`rta osiyolik mashhur arxeologlar haqida biografik ma`lumotlar to`plash


Reja:
I. Kirish
Asosiy qism

  1. O`rta osiyolik arxeologlar haqida
  2. Arxeolog,professor, tarixchi olimlarning hayotiy faoliyatlariga nazar


  3. O`rta osiyolik arxeologlarning erishgan yutuqlari

Xulosa

Kirish
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab mazkur hududda kechgan davlatchilik jarayonlari hamda o’zbek davlatchiligi tarixini o’rganish dolzarb masala darajasiga ko’tarildi. Xalqimizning o’z tarixi va milliy qadriyatlarini o’rganishga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqib, ajdodlarimizning turli moddiy ma’naviy yodgorliklarni tadqiq etish ishlari qo’llab quvvatlanmoqda. O’zbekiston Respublika rahbariyati bu borada tashabbuskorlik ko’rsatib, tarixchi, arxeolog va sharqshunos olimlar oldiga xalqimizning qadim tarixini qaytadan, haqqoniy ravishda yaratish vazifasini qo’ydi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda “O’zR FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi qarori e’lon qilindi. 1998 yil 11 avgustda bo’lib o’tgan akademik Yahyo G’ulomov nomidagi “O’zbek davlatchiligi tarixini o’rganish” Respublika ilmiy seminarida tayyorlangan “O’zbek xalqi davlatchiligi tarixi konsepsiyasi” loyihasi ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratilganligidan dalolat beradi. Shuningdek, 2016 yil 30 dekabrda O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning yetakchi olimlari, ziyolilari, akademiklari, bir so’z bilan aytganda ilm ahli bilan uchrashib, ular bilan ilm-fanni yanada rivojlantirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini amalga oshirish borasidagi ishlari, Respublikamiz Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muxofaza qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 19 dekabr № 4068 qarori bu boradagi sezilarli qadam bo’ldi. Ta’lim yo’nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - talabalar bilimlarini chuqurlashtirish va arxeolgik tadqiqotlarni olib borish, arxeologiyaga kirish, Markaziy Osiyo arxeologiyasi, jahon arxeologiyasi va etnologiyasiga doir bilimlar, arxeologik obyektni aniqlash, davriyligini belgilash, zarur adabiyotlar va manbalar tahlili, ularni klassifikasiyalash, arxeologiyada zamonaviy qurilmalarni o’rganish va amalda qo’llab ko’rish, dala etnografik tadqiqotlar va ularni olib borish usullari, etnogenez va o’zbek xalqining etnik tarixiga doir bilimlarni mustahkamlash hamda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarini oshirish va ko’nikma hosil qilishdan iboratdir.


Yahyo Gulomov– qadimshunoslik – qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik ja-miyati oʻtmishini oʻrganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-roʻzgʻor buyumlari, qurol-yarogʻlar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxo-nalar, mudofaa va irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda oʻtmishga oid turli topilmalar Arxeologiyaning bosh manbai boʻlib, ularni chuqur ilmiy oʻrganish asosida oʻtmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. Shu sababli Arxeologiya tarix fanining bir tarmogʻi hisoblanadi. Arxeologiya soʻzini miloddan avvalgi 4-asrda Platon (Aflotun) qadimgi voqealar maʼnosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar 18-asr boshidan boshlangan. 19-asr yirik arxeologik kash-fiyotlar davri boʻlib, Arxeologiya fan sifatida shakllanib bordi, 19-asr Lei asosan 4 ki-yemga boʻlinib oʻrganilar edi; Yunoniston va Rimning quldorlik davri yodgorliklarini oʻrganuvchi mumtoz Arxeologiya, ibtidoiy Arxeologiya, 662-oʻrta asr moddiy-madaniyat yodgorliklarini oʻrganuvchi umumiy Arxeologiya va sharq Arxeologiya 20-asr boshida ular birlashib, keng maz-munli hozirgi zamon Arxeologiyasi shakllandi.Oʻzbekistonda arxeologik tekshi-rishlar 19-asrning oxirgi choragida, Turkistonni Rossiya bosib olganidan soʻng boshlandi. Rossiya imperiyasi Turkistonning oʻtmishi, xalqining urf-odati, qadimgi qoʻlyozmalarini oʻrganish orqali oʻlkada oʻzining mustamlakachilik rejimini mustahkamlamoqchi edi. Turkiston osori atiqalarini oʻrganishni dastavval rus Arxeologiya havaskorlari va oʻlkashunoslari boshlab berdi. 1895-yil V. V. Bartoldnkng tashabbusi bilan Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tuzilib, Arxeologiya ishlari shu toʻgarak nazoratida olib boriladi. Oʻsha davrda oʻtkazilgan Arxeologiya tadqiqotlarida V. V. Bartolvd, V. L. Vyatkin, N. I. Veselovskiylarning xizmati katta boʻldi. Ammo arxeologik yod-gorliklarni hali har tomonlama, keng oʻrganilmaganligi hamda topilmalar yaxshi aniqlanmaganligi sababli bu vaqtda ibtidoiy va undan keyingi ilk davrlar mutlaqo yoritilmadi. Shunday boʻlsa ham 19-asr oxiri – 20-asr boshlaridagi Turkistonda olib borilgan arxeologik izlanishlar Oʻzbekiston tarixshu-nosligida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimgi moddiy-madaniyat yodgorliklarini oʻrganishda dastlabki qadamlar qoʻyildi. Mahalliy xalq oʻrtasida oʻz vatanining oʻtmish yod-gorliklari bilan qizi-quvchi Akram pol-von Asqarov, Mirza Abdulla Buxoriy, Muhammad Vafo kabi qadimgi buyumlar hamda chaqatangalarni toʻplovchi havaskor oʻlkashunoslar paydo boʻldi. Bu davrda Turkiston arxeologiyasi havaskorlik darajasida boʻlib turli xil (koʻproq numizmatikaga doir) topilmalarni toʻplashdan ibo-rat boʻlgan. Afrosiyob, Ulugʻbek rasadxonasi va Poykand haro-balarida dastlabki qazishmalar olib borilgan. Oʻzbekistonda Arxeologiya fani 20–30-yillarda shakllandi. V. L. Vyatkin Afrosiyob harobasini (1925; 1929–30), B. P. Denike qadimgi Termizni (1926–27), M. Ye. Masson Ohangaron vodiysini (1925– 28), Ayritom harobalarini (1932–33) qazib oʻrgandilar. 30-yillarda keng koʻlamda qazish ishlarini A. Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysida (1934, 1939), M. Ye. Masson qadimgi Termizda (1936 – 38), V. A. Shishkin Tali Barzuda (1936 – 39), Varaxshaaya (1937 – 39), S P. Tolstov, Ya. F. Gʻulomov qadimgi Xorazm vohasida (1937 – 50), A. P. OkladnikovTeshiktosh va Machay gʻorlarida (1938 – 39), V. V. Grigorev Qovunchitepa harobalarida (1934–37) olib bordilar. Toʻplangan arxeologik materiallar Oʻzbekiston tarixini davrlashtirishda muhim manba boʻldi, yangi arxeologik madaniyatlar (Kaltaminor, Tozabogʻyop, Qovunchi madaniyatlari va boshqalar) oʻrganilib, fanga kiritildi. Teshiktosh gʻoridan neandertal tipidagi odam skeletining topilishi Oʻzbekiston arxeologiyasida buyuk kashfiyot boʻlib, dunyo olimlarida katta qiziqish uygʻotdi. Oʻzbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda Oʻrta Osiyo davlat universitetida arxeologiya kafedrasining ochilishi (1940), OʻzFA Arxeologiya boʻlimining tashkil etilishi (1943) katta ahamiyatga ega boʻldi. Arxeologik yodgorliklarni rayonnlarga boʻlib oʻrganishda Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Pomir-Olay va Pomir-Fargʻona ekspeditsiyalari katta rol oʻynadi. 50-yillarda Oʻzbekiston arxeologiya ekspedisiyasi otryadlari Toshkent vodiysida mozorqoʻrgʻonlarni (T. Aʼzamxoʻjayev), Zamonbobo jez davri qabristonini (Ya. Gʻulomov), Bolaliktepa yodgorligini (L. I. Albaum) va boshqalarni oʻrganishga kirishdi. 60-yillarda Moxondaryo arxeologik otryadi Ya. Gʻulomov rahbarligida Zarafshonning quyi oqimida miloddan avvalgi 4– 2-ming yillikka mansub 60 dan ortiq neolit va jez davriga oid manzilgohlar, Uch-tut chaqmoqtosh konlari (A. Askarov, M. Qosimov, Oʻ. Islomov va T. Mirsoatov), Moʻminobod qabristoni (A. Askarov), Samarqand makoni (D. N. Lev, M. 663Joʻraqulov), Chust jez davri qishlogʻi harobasi (V. Sprishevskiy), Dalvarzintepa (Yu. A. Zadneprovskiy), Xolchayon (G. A. Pugachenkova) va boshqa arxeologik obidalarda keng koʻlamda kazishlar olib bordi. Tuproqqal’a, Varaxsha, Bolalik-tepa, Afrosiyob, Quva podshoh saroylari va ibodatxonalarining oʻrganilishi, Samarqand va Mugʻ togʻida qadimgi Sugʻd, Xorazmda xorazmiy yozuvlarining topilishiOʻzbekiston madaniyatining yuqori darajaga koʻtarilganini koʻrsatadi.Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutining tashkil etilishi (1970) Oʻzbekistonda arxeologik tadqiqotlarni yanada kengaitirishga imkon berdi. 70–80-yillarda institut jamoasi tomonidan Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida keng qamrovli arxeologik kuzatuv va qazishlar oʻtkazilib, oʻtmishning eng qadimgi davri – tosh asridan to soʻnggi oʻrta asrlarga mansub koʻplab nodir yodgorliklar topildi. Mas, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Fargʻona, Samarqand viloyatlarida Teshiktosh, Amir Temur, Omonqoʻton, Obirahmat, Xoʻjakent, Qapchigʻay, Obishir, Qoratogʻ, Xoʻjamazgil (M. Qosimov, Oʻ. Islomov, N. Toshkenboyev, R. Sulay-monov, M. Xoʻjanazarov) kabi qadimgi tosh davri gʻor makonlari hamda Xorazm choʻllarida yangi tosh (neolit) va jez davri makonlari (A. Vinogradov, M. Itina) oʻrganilishi diqqatga sazovordir. Bu yodgorliklardan topilgan ashyoviy materiallar Oʻzbekiston tarixining eng qadimgi davri manzarasini tiklashda asosiy manba boʻlib xizmat qildi. Ayniqsa Oʻzbekistonning janubiy tumanlarida qadimgi dehqonchilik madaniyatiga tegishli koʻplab yodgorliklarning (So-pollitepa, Jarqoʻton, Kuchuktepa, Mir-shodi) topilishi va oʻrganilishi (A. Askarov, T. Shirinov, Sh. Shaydullayev) qadimgi Baqtriya madaniyatining genezisi, taraqqiyot bosqichlari va bu yerlarda ilk shahar madaniyatining shakllanish jarayonini kuzatish imkonini berdi. Maxsus tadqiqotlar Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Fargʻona vodiysi, Qoraqalpogʻiston hududidagi qadimgi shaharlarni oʻrganishga bagʻishlandi. Ayniqsa qadimgi shaharlar – Yerqoʻrgʻon (R. Sulaymonov, M. Isomiddinov), Qanqa (Yu. Buryakov), Eski Termiz (Sh. Pidayev, T. Annayev), Dalvarzintepa (E. Rtveladze, B. Turgʻunov), Shoshtepa va Oqtepa (M. Filanovich), qadimgi Buxoro va Poykend (A. Muhammadjonov, Jez davriga oid sopol buyumlar (miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalari). J. Mirzaahmedov, Sh. Odilov), Axsikat va Pop (A. Anorboyev, B. Matboboyev), Afrosiyob (X. Oxunboboyev, M. Isomiddinov), Xiva (M. Mambetullayev), Mizdahqon (V. Yagodin) kabi yod-gorliklarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar samarali boʻldi. Xorazm va Zarafshon vodiysida Ya. Gʻulomov, B. V. Andrianov, A. R. Muhammadjonov va boshqalarning qadimgi irrigatsiya va dehqonchilik vohalarining vujudga kelishi jarayonlarini oʻrganish borasida olib borgan arxeologik va etnografik izla-nishlari alohida ahamiyatga ega boʻldi.Bu davrda Zarafshon vodiysi, Xorazm, Surxondaryo va Sirdaryo vohalari hamda Fargʻona vodiysida olib borilgan ar-eologik va antropologik izla-nishlar tufayli Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekiston yerlarida yashovchi aholining asosiy antropologik tiplarga boʻlinganligi ularning shakllanish tarixini yoritish imkonini berdi; oʻzbek etnosining oʻziga xos xususiyatlari, tub etnik elementlarning ularga kelib qoʻshilgan etnoslar bilan qorishib ketish jarayoni kuzatildi. Bu masalaga oydinlik kiritishda T. Xoʻjayov, K. Shoniyozov va boshqa hissasi salmoqli boʻldi. Shu asnoda A. fanining turli davr va yoʻnalishlari boʻyicha il-miy maktablar tarkib toddi. Ularga Ya. Gʻulomov, S. P. Tolstov, A. P. Okladnikov, M. Ye. Massoy va G. A. Pugachenkova kabi olimlar asos soldi. Yirik asar va risolalar nashr etildi.Mustamlaka davrida Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hududidan topil-gan eng nodir arxeologik topilmalar, 664qoʻlyozma asarlar talon-taroj etilib Moskva, Sankt-Peterburg, shuningdek boshqa xorijiy mamlakatlarga tashib ketildi. Mas, mashhur Amudaryo xazi-nasi Londondagi Britaniya muzeyiga olib ketilgan.Arxeologik izlanishlar maqsadi va natijalarini oʻzbek xalqi tarixi bilan bogʻlash tom maʼnoda mustaqillik yillaridan boshlandi. Oʻzbekiston Arxeologiyasi oʻz tadkiqotlarining samarasi bilan jahon ilmiy darajasiga koʻtarildi. Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Italiya va Polsha bilan hamkorlikda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Rossiya (Moskva, Sankt-Peterburg) olimlari bilan ilmiy aloqalar mavjud.
Masson Mixail Yevgenevich — arxeologiya doktori (1936), professor (1945), O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1944), Turkman SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1950). Turkman SSR FA akademiki (1951), 1940-68 yillar O‘ODU (ToshDU) arxeologiya kafedrasi mudiri. Uning rahbarligi ostida parfiyaning Niso va Marv qadimiy shaharlari qazilmalari o‘tkazilgan. U tomonidan O‘rta Osiyo arxeologiya maktabi yaratilgan, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlab, ular keyinchalik O‘rta Osiyoning yetakchi arxeologlariga aylangan.
1897 yilning 21 noyabr kuni Peterburgda, uzoq yillar davomida Samarqandda ishlagan yer o‘lchovchi-topograf oilasida tug‘ilgan. Mixail Yevgenevich Masson, deyarli, tug‘ilganidan buyon onasi bilan Samarqandda yashagan. 1916 yil Samarqand o‘g‘il bolalar gimnaziyasini bitirgan.
1916 yil Petrograd Politexnika institutida muhandis-irrigator mutaxassisligiga o‘qishni boshlagan. Harbiy xizmatga chaqiruvdan so‘ng, u Janubiy-G‘arbiy frontda xizmat qilib, 1917 yil ishchilar va askarlar deputat kengashi a’zoligiga saylanadi. 1918 yil M.E. Masson Samarqandga qaytadi.
Samarqandda M.E. Masson Samarqand viloyat muzeyiga mudirlik qiladi va uning faoliyati bois, muzey to‘plami turli eksponatlar bilan boyitiladi. 1924 yil Turkiston (keyinchalik O‘zbekiston) Qo‘mitasining muzey va qadimiy yodgorliklar va san’at asarlarini qo‘riqlash ishlari bo‘yicha O‘rta Osiyo Markaziy muzeyining arxeologiya bo‘limi boshlig‘i sifatida Toshkentga o‘tkaziladi. Bu davr mobaynida u Turkiston Sharqshunoslik institutida o‘qish barobarida, qadimiy yodgorliklarni ta’mirlashda O‘rta Osiyo bo‘ylab arxeologik tadqiqotlar uyushtirgan va O‘rta Osiyo respublikalari bo‘ylab muzey ishlari bo‘yicha yo‘l boshlovchilik qilgan.
1929 yildan 1936 yilga qadar Masson O‘zbekistonning Geologiya Qo‘mitasi qoshidagi tog‘ ishi tarixi bilan shug‘ullanadi, u yerda Masson foydalanishi uchun kutubxona taqdim etilgan. Bu ishlarini u O‘zbekiston Qo‘mitasining muzey va qadimiy yodgorliklar va san’at asarlarini qo‘riqlash arxeologiya bo‘limiga mudirlik qilish bilan birga olib borgan.
1936 yildan Mixail Yevgenevich Masson Toshketdagi O‘rta Osiyo davlat universitetining arxeologiya kafedrasi mudiri. 1940 yildan universitet professori.
M.E. Masson tomonidan kushon hamda O‘rta Osiyo Termizi (1936-1938) qazilmalari olib borilgan. 1946 yildan Janubiy-Turkmaniston arxeologik majmua ekspeditsiyasi rahbari, Turkmaniston SSR ishlari yetakchisi. Uning rahbarligi ostida parfiya Niso va Marv qadimiy shaharlarida tog‘ qazilma ishlari olib borilgan.
M.E. Masson tadqiqotlari bois, O‘rta Osiyo hududida quldorchilik tartibi hukm surganligi isbotlangan. Bunga Samarqand, Buxoro, Toshkent va O‘rta Osiyoning boshqa shaharlaridagi rivojlanish, pul xo‘jaligi tarixi va tog‘ ishi, arxitektura, epigrafika, O‘rta Osiyoning jo‘g‘rofiy tarixi asosli dalil bo‘la oladi.
U tomonidan O‘rta Osiyoning arxeologiya maktabi yaratilgan, shuningdek, mutaxassislar tayyorlanib, keyinchalik ular O‘rta Osiyoning yetakchi arxeologlari bo’lib yetishgan.
Mixail Yevgenevich Masson 1986 yil Toshkentda vafot etgan. Do‘mbirobod qabristoniga dafn etilgan.
Asqarov Ahmadali — tarix fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademiki. (1987) tarixshunos/ arxeolog.1935 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan.
O‘zR FA Tarix va arxeologiya institutida ilmiy xodim, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini lavozimlarida faoliyat yuritgan (1966). So‘ngra Arxeologiya instituti direktori (1970-1980 va 1983-1987 yillar). “Zarafshonning bronza davri” mavzusida fan nomzodi, 1977 yili Moskvada esa “Bronza davrida O‘zbekistonning janubi” nomli doktorlik ishini yoqlagan.
O‘zR FA Prezidiumining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi raisi (1984-1998 yillar), bir vaqtning o‘zida, O‘zR FA Tarix instituti direktori (1991-1995 yillar).
Akademik A. Asqarovning ilmiy qiziqishlarining ko‘lami juda keng: O‘rta Osiyodagi bronza davri va erta temir zamonining qadimiy qishloq xo‘jaligi va chorvachilik madaniyatlari tarixi, O‘zbekistonda erta shahar madaniyati va erta davlatchiligi, o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi, zardushtiylikning kelib chiqishi va shakllanishi, arxeologik ma’lumotlarga asoslangan milliy kurash sporti tarixi va boshqalar.
Qadimiy yer osti o‘chog‘i hisoblanmish old osiyolik tipidagi sapalin madaniyati, Jarqo‘rg‘on tepaligidagi noyob cherkov kabilarning ochilishi unga tegishli.
A.Asqarov - 450 dan ziyod ilmiy ishlar, shularning 50 dan ortig‘i chet tillarida, 16 monografiya, 1 ta darslik, 8 ta o‘quv-metodik qo‘llanma muallifi. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985), O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1995)
Gʻulomov Yahyo Gʻulomovich (1908.1.5 Toshkent (1977.10.1)) - tarixchi arxeolog olim. Oʻzbekiston FA akademigi(1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958), tarix fanlari doktori (1950), prof. (1955). Toshkentdagi Oʻzbekiston yerlar bilim yurtini (1926), Samarqanddagi Oʻzbekiston Ped. akademiyasini (1930) tugatgan. Toshkent ped. texnikumida oʻqituvchi (1931-1932). Ilmiy faoliyati 1933 y.dan boshlangan. Oʻzbekistonning qadimiy va sanʼat yodgorliklarini muhofaza qilish komitetida ilmiy xodim, ilmiy kotib (1933- 1940). SSSR FA Oʻzbekiston filiali, Tarix, til va adabiyot instituti arxeologiya boʻlimi mudiri (1940-43). 1943 y.dan Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti qad. va oʻrta asrlar tarixi boʻlimi mudiri, ayni vaqtda institut direktori vazifasini bajaruvchi (1956-1959). Shuningdek, u Toshkent pedagogika institutida “Oʻzbekiston tarixi va arxeologiyasi” dan maxsus maʼruzalar oʻqigan, 1936 y.dan bir necha arxeologik ekspeditsiyalar (Toshkent, Buxoro, Samarqand, Fargʻona va b.) ga rahbarlik qilgan. 1938-1950 y.larda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiya boshligʻining oʻrinbosari sifatida qatnashib, Xorazmning sugʻorilish, dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanish tarixi boʻyicha ilmiy tekshirish ishlari olib borgan. Gʻulomov Oʻzbekistonda tarix va arxeologiya sohalari boʻyicha oʻziga xos bay-nalmilal ilmiy maktab yaratgan. Uning Zarafshon va Fargʻona vodiylarida, shuningdek, Toshkent vohasida olib borgan ilmiy tekshirishlari Oʻzbekistonda, tosh, eneolit va jez davri, uning moddiy-madaniyat yodgorliklarini oʻrganishga katta hissa boʻldi. U, ayniqsa, Toshkent tarixi va uning yodgorliklarini tadqiq etishga alohida ahamiyat bergan. Toshkent kanali boʻylab, Toʻytepada maxsus arxeologik tadqiqotlar oʻtkazgan. 1966 y.dagi Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish boʻyicha shaharda boshlangan ulkan qurilishlar munosabati bilan Toshkentning arxeologik obidalarini qayd etish va oʻrganish maqsadida maxsus Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasini tashkil etgan. “Xiva shahrining yodgorliklari” (rus tilida, 1941 y.), “Quyi Zarafshon vodiysida ib-tidoiy madaniyat va sugʻorma dehqonchilikning paydo boʻlishi” (rus tilida) kabi asarlar yozgan. “Oʻzbekiston tarixi” (4 jildli), “Samarqand tarixi” (2 jildli), “Buxoro tarixi” ning asosiy mualliflaridan. Vafotidan soʻng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2002). Respublikada Gʻulomov xotirasiga bagʻishlangan “Akademik Y. Gʻulomov oʻqishlari” ni oʻtkazish ilmiy anʼanaga aylangan. Toshkentdagi koʻchalardan biri hamda Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutiga Gʻulomov nomi qoʻyilgan. Qayd etilishicha, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida jami 10 dan ortiq arxeologik obyektda izlanishlar olib borilgan. Jumladan, Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Xatak qishlog‘i yaqinida olib borilgan izlanishlar natijasida qadimgi tosh davriga oid g‘or-makon aniqlangan. G‘or-makon 100—60 ming yil oldin, ya’ni, neandertal odami yashagan davrga tegishli hisoblanadi. Topilmalar orasida tosh qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari va o‘choq qoldiqlari mavjud.Shuningdek, G‘oz qishlog‘i atrofida Oqtosh tog‘i hududida cho‘kichlab ishlangan bir o‘rkachli tuyaning qoyatosh tasviri topilgan. Shu hududdan mezolit davriga oid yodgorlik, ichida esa ko‘plab toshdan yasalgan buyumlar aniqlangan.O‘zbekiston—AQSH qo‘shma ekspeditsiyasi tomonidan Buxoro Shahristonida olib borilgan qazishma ishlari natijasida ilk o‘rta asrlarga oid yana bir shahar aniqlangan.Mazkur ekspeditsiya tomonidan Jizzax viloyati Zomin tumani To‘g‘onbuloq yodgorligida ilk arxeologik tadqiqotlar olib borilgan va Qoraxoniylar davriga oid 20 gektar maydonga ega ko‘chmanchilar shaharchasi aniqlangan.Fransiya—O‘zbekiston qo‘shma ekspeditsiyasi tomonidan Janubiy Nurota tog‘ tizmasi G‘o‘bdintog‘ va Qaroqchitog‘ (Qorachatog‘) hududlarida yigirmadan ortiq arxeologik topilma joylar tizimli ravishda o‘rganilgan. Ular orasida bronza davridan o‘rta asrlar davriga doir 145 dan ziyod noyob qoyatosh rasmlari namunalari topilgan.Axsikent arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan Axsikent arxeologik obyektida qazuv ishlari davomida Qoraxoniylar davriga oid turar joy qoldiqlari va ko‘plab sopol buyumlar, tangalar va temir buyumlari aniqlangan.Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Xonabod shahri tog‘ yon bag‘rilaridagi Xonabod 1-2 yodgorliklaridagi qabr qo‘rg‘onlarida qazuv ishlari olib borilgan. Natijada miloddan avvalgi VI—IV asrlarga oid moddiy madaniyat buyumlari, jumladan, qabr-qo‘rg‘onlar, taqinchoqlar, sopol buyumlar, temir buyumlar aniqlangan. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri markazidagi Tepaqo‘rg‘on arxeologik yodgorligida tadqiqot ishlari olib borilgan. Qadimiy shaharning janubi-sharqiy qismida yarim aylana ko‘rinishidagi burj va 2 qatorli mudofaa devori mavjudligi, shuningdek, shimoliy tomonda 7 metr balandlikda saqlangan mudofaa devori aniqlangan.Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi Oqshaxon qal’a yodgorligida qazuv ishlari olib borilib, qal’aga kirish darvoza oldi labirint qismi o‘rganilmoqda.Toshkent viloyati Ohangaron tumani Suyurlitepa yodgorligi va uning atrof hududlarida statsionar qazishma ishlari olib borilib, mudofaa inshooti aniqlangan. Shuningdek, Suyurlitepa shahar qismidagi ichki yo‘llar tizimi, shaharning rabod qismida Qovunchi II madaniyatiga oid 3 ta mozor-qo‘rg‘on ma’lum bo‘lgan. Suyurlitepaning janubiy qismida ilk o‘rta asrlarga oid qishloq jamoasi manzilgohi ochib o‘rganilgan.O‘zbek—Rossiya qo‘shma ekspeditsiyasi tomonidan Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari hududida, Markaziy Farg‘ona cho‘llarida qadimgi tosh davri – neolit jamoalari tomonidan qoldirilgan topilma joylar o‘rganilgan. Ulug‘nor, Sho‘rko‘l kabi qadimgi ko‘llar hududida neolit davri mikrolit qurollari aniqlangan hamda hudud polinalogiyasini aniqlash maqsadida namunalar olingan.

Xulosa
Ma’lumki, O’rta Osiyoda tarixchiligimiz rivoj topganga qadar, birinchidan, tarixni ishlab chiqarish usullariga ko’ra davrlarga bo’lish yo’q edi. Ikkinchidan, aholi O’rta Osiyoga Eron va Shimoliy Hindiston hududlaridan kirib kelgan, deb taxmin qilinar edi. O’rta Osiyoda quldorlik davri ham guyo bo’lmagan, umuman «Eng qadimgi zamonlardan tortib, so’nggi Buxoro amirlari zamonigacha» O’rta Osiyo xalqlarining hayotida o’zgarish bo’lmagani kabi tuhmat fikrlar aytilinib kelinar edi. Ammo, bu kabi tarixni xaspo’shlovchi ta’limotlarga katta arxeologik manbalar asosida xotima berildi. Asrimizning 30-yillariga kelib, tarixni haqqoniy davrlashtirish masalasi arxeologlar oldidagi muhim vazifalardan biri bo’lib turar edi. Shu maqsadda keng ko’lamda arxeologik tekshiruv ishlarini olib borish taqoza qilinar edi. Bu borada O’rta Osiyo arxeolog olimlari, xususan, A.Yu.Yakubovskiy, G.V.Grigorev, S.P.Tolstov, M.E.Masson, Ya.G’.G’ulomov, V.A.Shishkinlar katta tadqiqot ishlarli amalga oshirdilar. Ular, dastlab O’rta Osiyoning bir necha tumanlarida jiddiy arxeologik qidiruv ishlari olib bordilar. Aytish o’rinliki, o’sha yillari Sankt-Peterburg, Moskva olimlarining maxalliy arxeologlar bilan hamkorlikda bajargan ishlari yaxshi ilmiy samara berdi. Bu ilmiy ishlarning hammasi O’rta Osiyo xalqlarining boshqa xalqlar singari ibtidoiy davrlardan buyon mustaqil tarix yaratib kelayotgan va mustaqil ma’naviy, madaniy an’analarga ega bo’lgan xalqlar ekanini asoslab berishga qaratilgan ishlar edi.


20-30 yillarda O’rta Osiyoning katta xududlarida qator muhim arxeologik tadqiqot ishlari olib borildi. Jumladan, Turkmaniston madaniyat instituti qoshida tashkil qilingan arxeologik sektsiya tomonidan uyushtirilgan ekspeditsiya Janubiy Turkmanistonda, Katta Balxan tumanlarida dastlabki qidiruv ishlarini boshlab yubordi. Xususan, A.A.Marushenko va S.E.Ershovlar Kaspiy bo’ylaridan to Amudaryogacha bo’lgan hududlarda tekshiruv ishlari olib bordilar va ko’ngina ibtidoiy davr yodgorliklarini hisobga oldilar. E.M.Masson raqbarligidagi Termez arxeologiya ekspeditsiyasi Surxondaryo viloyatining bir necha joylaridan turli davrlarga, ayniqsa, tosh asri makonlarini topishga erishdilar. A.N.Bernshtam rahbarligida uyushtirilgan Ettisuv eksneditsiyasi ham ko’pgina arxeologik yangiliklarni qo’lga kiritdi.O’rta Osiyo qadimgi tarixini, xususan, ibtidoiy davr arxeologiyasini o’rganishda S.P.Tolstov va keyinchalik uning shogirdlari Ya.G’.G’ulomov, A.V.Vinogradov singari olimlarning bajargan tadqiqotlari samarali bo’ldi. Jumladan, Xorazm arxeologik, etnografik kompleks eksleditsiyasi katta kashfiyotlar qilib, O’rta Osiyo xalqlarining jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotidagi munosib o’rnini oydinlashtirib berdi. Katta Farg’ona kanali qurilishi munosabati bilan tashkil qilingan E.M.Masson rahbarligidagi zkspeditsiya, hamda V.A.Shishkin rahbariligidagi Quyi Zarafshon ekspeditsiyalarining ish samaralari aytarli edi. Bu ekspeditsiyalar ibtidoiy, qadimgi va O’rta asrlar tarixini ifodalab beruvchi boy manbalarni qo’lga kiritishga erishildi.1939 yildan boshlab arxeolog ilmiy kadrlarni aspirantura orqali tayyorlash boshlandi. Shu yilning o’zida 26 ta ilmiy tadqiqot institutlari tashkil qilingan edi. 1940 yilda O’zbekistonda Fanlar Akademiyasining bo’limi ochildi. Bunday bo’limlar boshqa qardosh respublikalarida ham tashkil qilingan edi. Keyinchalik, shu asosda O’rta Osiyo respublikalari fanlar akademiyalari vujudga keldi. Fanlar akademiyalari qoshida ochilgan tarix institutlari tarkibida arxeologiya bo’limlari tashkil topdilar. 1940 yilda O’zbekiston Milliy Universiteti tarix fakulteti qoshida arxeologiya kafedrasi tashkil qilinib, kadrlar tayyorlash borasida bu markaz muhim rol o’ynadi. Ko’pgina muzeylar arxeologiya ishlariga jalb qilindi. Turli ilmiy markazlarda ishlovchi olimlarning hamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi. Jumladan, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Kiev singari ilmiy markazlardan olimlar O’rta Osiyoga kelib ishlab ketadigan bo’ldilar. Arxeolog olimlarning o’zaro hamkorligi yaxshi samara beraboshladi. Taklif qilingan olimlar yirik ekspeditsiyalar tarkiblarida ishtirok qilishib, fan yutuqlaridan bahramand bo’lish ishlari yo’lga qo’yildi. Bu kabi tadbirlar arxeologik dala qidiruv ishlarini ancha jonlantirdi, ilmiy, uslubiy tajribalar orta bordi. Masalan, 40-yillarning boshlariga kelib, yangi qurilish joylarda 8 ta arxeologik kuzatuv eksneditsiyalari faoliyat ko’rsatdi. Xullas, bu eksneditsiyalar ishlari yaxshi natijalar berdi. Xususan, O’rta Osiyo xalqlarining ilk davr tarixidan O’rta asrlargacha bo’lgan tarixiy jarayonni ifodalab beruvchi boy manbalar qo’lga kiritilindi. Bu vaqtga kelib, ilmiy ekspeditsiyalarning diqqat e’tibori ibtidoiy tarixni o’rganish, O’rta Osiyo xalqlarining madaniyat tarixini davrlashtirish, xronologiyasini belgilash va etnogenez kabi muammolarga qaratildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



1. https://akademiklar.uz/
2. .ziyouz.com
3. https://fayllar.org/
4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Arxeologiya
5.https://library.samdu.uz/files/fdf3a20d7aa83386ca1e47a3532fefaf_O%E2%80%99zbekistonda%20%20%20Arxeologiya%20%20%20fanining%20%20%20%20%20%20%20%20%20%20rivojlanish%20%20%20konsepsiyasi.docx
Download 47.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling