1-mavzu: Arxeologiya faniga kirish. Reja


Download 202 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana02.02.2023
Hajmi202 Kb.
#1146886
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu Arxeologiya faniga kirish. Reja



1-mavzu: Arxeologiya faniga kirish. 
Reja: 
1. Arxeologiya fanini о‘rganishning ahamiyati. 
2. Arxeologiya manbalari. 
3. Arxeologik davrlashtirish. 
4. Arxeologik tadqiqot usullari. 
5. О‘zbekistonda arxeologiya fanining rivojlanish tarixi. 
Kalit sо‘zlar: Platon, yodgorlik, paleolit, mezolit, neolit, paleometall, 
eneolit, 
bronza, 
madaniy 
qatlam, 
stratigrafiya, 
shurf, 
paleobotanika, 
paleozoologiY. 
Insoniyatning о‘tmishi murakkab tarixiy-madaniy jarayonlardan iborat. 
Ularni о‘rganish yozma va moddiy manbalarni tadqiq etish orqali amalga 
oshiriladi. Yozuv taxminan besh ming yil avval paydo bо‘lgan. Eng qadimgi 
yozma manbalardagi ma’lumotlar cheklanganligi sababli о‘tmish tarixini tо‘liq 
yoritib berish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun insoniyatning qadimgi davrni 
moddiy manbalar orqali о‘rganadigan arxeologiya faniga zarurat paydo bо‘ladi. 
Arxeologiya fani kishilik jamiyatining ibtidoiy jamoa tuzimi davri tarixini tо‘liq, 
qadimgi va о‘rta asrlar davri tarixini yozma manbalar yoritib bera olmagan 
jihatlarini о‘rganadi. 
Arxeologiya atamasi dastlab qadimgi yunon faylasufi Platon (mil. avv. 427-
347 yillar-arxayos - qadimgi, logos - fan) qadimgi davr tarixini bayon qilish 
maqsadida qо‘llagan. XVIII asrdan boshlab Yevropada qadimiy san’atini ifodalash 
maqsadida ishlatila boshlagan va hozirga qadar ayrim mamlakatlarda saqlanib 
qolgan. Boshqa mamlakatlar, xususan, AQShda antropologiya fani tarkibida 
о‘rganiladi. 
Arxeologiya manbalari. Kishilik jamiyatining taxminan 3/2,6 mln. yillik 
tarixining yuzdan 0,02 % ulushi yozuvli davriga tо‘g‘ri keladi. Bundan kо‘rinib 
turibdiki insoniyat tarixining asosiy qismi yozuvsiz davrdan iborat ekan. Bunday 
holatda uzoq о‘tmish tarixini о‘rganish va ularni yoritib berishda moddiy manbalar 
asosiy о‘rin egallaydi. Shuningdek, dunyodagi kо‘pchilik xalqlar yaqinga qadar 


yozuvdan foydalanmaganlar. Ularning о‘tmish tarixini yoritishda moddiy manbalar 
asosiy vosita bо‘lib xizmat qilgan. Umuman, arxeologiya insonyatning ilk 
ajdodlari shakllangan paleolit davrining quyi bosqichidan boshlab, yozuv paydo 
bо‘lgan davrgacha tarixini tо‘liq о‘rganadi. Yozuv paydo bо‘lgan davrdan ilk о‘rta 
asrlar, ayrim hududlarda rivojlangan о‘rta asrlar davri tarixini о‘rganishda moddiy 
manbalarning ahamiyati saqlab qoladi. 
Moddiy manbalar tabiiy manbalar va inson tomonidan yaratilgan 
ashyolardan tashkil topgan. Birinchisi, qazilma odamlar va hayvon suyaklari 
hamda 
о‘simlik qoldiqlaridan iborat bо‘lib, ularni paleoantropologiya
paleozoologiya, paleobotanika fanlari mutaxassislari tomonidan о‘rganiladi.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling