1-mavzu: Arxeologiya faniga kirish. Reja
Arxeologik davrlashtirish
Download 202 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Arxeologiya faniga kirish. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxeologik tadqiqot usullari.
Arxeologik davrlashtirish. XIX asrda arxeologiya fan sifatida tо‘liq
shakllangandan keyin g‘arblik arxeolog olimlar о‘zlarining ilmiy tadqiqot natijalariga asoslanib, ibtidoiy davr va davlatlar paydo bо‘lishiining ilk bosqichlariga oid davrlarini ishlab chiqishadi. Hozirgi paytda insoniyatning qadimgi tarixini tosh (paleolit, mezolit, neolit), paleometall (eneolit, bronza), temir, antik va о‘rta asrlar davrlariga bо‘lib о‘rganish an’anasi qabul qilingan. Ular о‘z navbatida kichik davrlar va bosqichlardan tashkil topgan. Kishilik jamiyati tarixi davrlarini aniqlashda nisbiy va mutlaq davrlashtirish usullaridan foydalaniladi. Nisbiy davrlashtirish yodgorlikning aynan bir madaniy qatlami (stratigrafiyasi) yoki qatlamlari va ulardan olgan ashyoviy manbalarning ma’lum davrga va uning bosqichlariga tegishli ekanligini aniqlashda qо‘llaniladi. Nisbiy davr bevosita moddiy topilmalarning xom ashyosi, yodgorlik stratigrafiyasi (madaniy qatlami) asosida aniqlanadi. Unda ma’lum bir davr (paleolit, mezolit, neolit va boshqalar) va bosqichlariga (ilk, о‘rta, sо‘nggi) tegishli ekanligi tо‘g‘risidagi xulosalar beriladi. Nisbiy davri aniqlash madaniyatlar yoki yodgorliklardan topib о‘rganilgan ashyoviy manbalari bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi. Mutlaq davrlashtirishda arxeologiya yodgorliklari va moddiy manbalarning aniq sanasini (kun, oy, yil yoki faqat yili, asri, ming yillik) aniqlanadi. Mutlaq davrlashtirishda yozma manba ma’lumotlari, tangalar (numizmatik), epigrafik yodgorliklar ma’lumotlari asosiy vosita bо‘lib xizmat qiladi. Davrlashtirishning bunday usulidan yozuv paydo bо‘lgandan keyingi tarixini ayniqsa, qadimgi va о‘rta asrlar davrlarini aniqlashda yaxshi natija beradi. Arxeologik tadqiqot usullari. Arxeologiya fanining maqsadi kishilik jamiyati tarixini moddiy manbalar asosida imkon darajada tо‘liq yoritib berishdan iborat bо‘lib, uni amalga oshirishda arxeologik ilmiy tadqiqot ishlari asosiy о‘rin tutadi. Arxeologik tadqiqot ishlari qidiruv, kuzatuv va keng kо‘lamli qazish ishlaridan tashkil topadi. Qidiruv ishlari arxeologiya tadqiqotining dastlabki bosqichi. Unda tadqiqotchi arxeolog yoki ilmiy tadqiqot guruhi kishilik jamiyati tarixining ma’lum muammosi yechimiga qaratilgan masala bо‘yicha yodgorliklarni qidirib topish ishlarini olib boradilar.Arxeologik ilmiy tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichda yodgorlik haqida ma’lumotlar tо‘planadi. Birinchi, navbatda yodgorlik tо‘g‘risidagi afsonalar va rivoyatlar sо‘rab surishtirish ishlarini olib boriladi va uning sirtida saqlanib qolgan moddiy ashyolar ilmiy tahlil qilinib, dastlabki xulosalar yasaladi. Keyin yodgorlikning davri va uning bosqichlari, madaniy qatlamlari tо‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bо‘lish maqsadida yodgorlikning bir qismida shurf solinadi. “Shurf” nemischa sо‘z bо‘lib, qazimoq, degan ma’noni anglatadi. Shurf kvadrat yoki tо‘g‘ri tо‘rtburchak shaklidan iborat bо‘lib, tomonlari ikki va undan ortiq hatto о‘n metrdan ortiq bо‘lishi mumkin. Arxeologiya tadqiqot ishining oxirgi bosqichida yodgorlikda keng kо‘lamli qazishma ishlari olib boriladi. Har qanday stratigafik qazish ishlari yodgorlikning materik, ya’ni yerning soz tuproq qismiga qadar qazib tushiladi. Download 202 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling