Uzbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta`lim vazirligi


Download 1.27 Mb.
bet1/45
Sana21.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1643803
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
МУКТ маьруза матн




UZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA URTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TOShKENT KIMYo TEXNOLOGIYa INSTITUTI




NOORGANIK MODDALAR IShLAB ChIQARISh FAKULTETI


NOORGANIK MODDALAR TEXNOLOGIYaSI KAFEDRASI

mineral ugitlar nazariy asoslari va texnologik xisoblari


(fanidan ma`ruzalar matni)



TOShKENT - 2004
1 –ma`ruza.


MINERAL O`G`ITLARNING XALQ XUJALIGIDAGI AHAMIYATI

1.1. Tuproqga mineral o`g`itlar solishning zaruryati


Kimyolashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, melioratsiya ishlari va tuprokning unumdorligini oshirish borasidagi boshqa tadbirlar qishloq ho`jaligini yuksaltirishdagi asosiy yunalishlardan hisoblanadi.
Qishloq ho`jaligini izchil va xar tomonlama intesivlashda kimyolashtirish aloxida axamiyat kasb etadi. Kimyolashtirish o`g`itlar, usimliklarni muxofaza qilishning kimyoviy vositalari, gerbitsidlar, defoliantlar va desikantlardan foydalanishdan iborat.
Usimlik usish davrida ba`zi elementlarni xavodan barg orqali, ba`zilarini tuproqdan oladi.
Usimliklar tarkibiga 70 dan ortik kimyoviy elementlar kiradi. Ulardan 16 tasi:
orgonogenlar deb ataladigan - uglerod, kislorod, vodorod, azot; zolli elementlar deb ataladigan - fosfor, kaliy, kal`tsiy, magniy va oltingugurt; mikroelementlar deb ataladigan - bor, molibden, mis, rux, kobal`t, marganets va temir usimliklarning xaet faoliyati davomida muxim ahamiyatga egadir. Bir element urnini boshkasi bosa olmaydi, chunki ularning xar bir usimliklarda uziga xos funktsiyalarni bajaradi. Usimliklar va tuprok tarkibiga boshka elementlar xam, masalan, kremniy, natriy, xlor va boshkalar kirishi mumkin. Ammo bu yoki boshka elementlarning bulishi usimliklar x.ayoti uchun muxim axamiya kasb etmaydi. Yashil elementlarga atmosferadan keluvchi asosiy elementlar uglerod, kislorod va vodorod xisoblanadi. Bu elementlarning ulushi usimlikning kuruk. massasiga nisbatan 93,5% ni tashkil etadi, shu jumladan uglerodga — 45%, kislorodga — 42% va vodorodga — 6,5% tugri keladi.
Usimlikning me`yorida usishi va rivojlanishi uchun uni etarli miqdordagi ozuka moddalari bilan ta`minlanishi kerak. Usimliklar uchun azot, fosfor, kaliy, kal`tsiy, magniy, oltingugurt va temir asosiy ozuka moddalari xisoblanadi. Usimliklardagi bu elementlar mikdori yuzdan bir ulush foizdan bir necha foizgacha buladi va makroelementlar deyiladi. Usimliklarga bulardan tashkari, shuningdek, bor, molibden, mis, marganets, rux va boshka shular kabi bir kator usimlik va tuprokda mingdan bir ulush foizda buladigan moddalar zarurdir. Ularni mikroelementlar deyiladi.
Usimliklarning xayotiy faoliyatida uglerod, kislorod va vodoroddan keyin azot fosfor va kaliy xam muxim axamiyatga egadir. Bunday elementlar tutgan usimliklarning ozuka maxsulotlari kishlok xujaligida asosiy mineral uritlar nomi bilan yuritiladi.
Fosfor, azot va kaliy usimlik uchun eng zarur ozuka moddalardir. Usimlik bu elementlarni tuprokdan oladi, tuprokda bu moddalar mikdori yildan-yilga kamayib, tuprokning unumdorligi pasayib boradi, bu ekinning xosildorligiga salbiy ta`sir etadi. Tuprokning unumdorligini oshirish uchun erni etarli darajada ugitlanishi kerak.
Gung - organik o`g`itlardan eng foydaligi hisoblanadi. Gung tarkibida uning har tonnasida 5 kg azot, 2,5 kg fosfat angidrid va 6 kg kaliy oksid buladi. Tuproqni ozuqa moddalari bilan etarlicha ta`minlashi uchun gektariga 20 t dan 40 t gacha gung solinishi lozim. Organik o`g`itlar qishloq ho`jaligining kun sayin usib borayotgan talabini qondira olmaydi, chunki gung va boshka organik o`g`itlar tarkibidagi ozuqa moddalari mineral o`g`itlar dagiga nisbatan bir necha barobar kamdir. Masalai, 1 t gung tarkibida 5 kg azot bulsa, 1 t ammiakli selitrada 350 kg azot buladi.
Lekin, mineral o`g`itlarni bilgan xolda, me`yorida ishlatilishi kerak. Tuproqni o`g`itlashtirishning uzigina xosildorlikni oshirishning yagona sharti bulib xisoblanmaydi. Buning uchun tuproqning sifatini yaxshilanishi, ekinni belgilangan vaqtda sug`orilishi, turli kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish lozimdir.
Mineral o`g`itlardan foydalanilganda paxta va boshqa texnika ekinlarining xosili tobora ortmokda. Masalan, 1930 yilda Urta Osiyo respublikalarida xar gektar erdan 7-8 ts paxta olingan bulsa, xozirga paytga kelib, gektaridan o`rta xisobda 29,2 ts xosil olinmokda. Tuproqga solingan xar 1 kg fosfor qo`shimcha 6-7 kg paxta, 50-60 kg kartoshka, xar 1 kg azot esa qushimcha ravishda 15-20 kg paxta va 150 kg kartoshka olish imkonini bermokda.
Mineral o`g`itlar ekinning xosildorligiini oshirishi bilan birgalikda maxsulotlar sifatini xam yaxshilaydi: dondagi oksil va kartoshkadyagi kraxmal mikdorlarini kupaytiradi, paxta tolasining pishiqligini oshiradi.
Xosildorlikni oshirishdaga omillarni baxolashda: AKSh da 50% gacha. Frantsiyada 50-70% gacha kushimcha xosil olish o`g`itlar xissasiga tugri keladi. Utkazilgan tadkikotlar natijalariga kura, xosildorlikning oshirishdagi o`g`itlarning ulushi MDX, mamlakatlarining qoratuprokli mintaqalarida 40-50% ga, noqoratuproqli mintakalarida 60-75% ga Urta Osiyoda, xususan, Uzbekiston Respublikasi xududidagi unumdor tuproklarda 50-60% ga tugri keladi.

1.2. O`g`itlar klassifikatsiyasi


O`g`itlar kelib chiqishiga kura, noorganik — mineral, organik, organo-mineral va bakterial turlariga klassifikatsiyalanadi. Ular kattik, suyuk va suspenziyali xolatda bulishi mumkin.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling