Uzbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta`lim vazirligi
Mineral o`g`itlar (yoki sun`iy o`g`itlar)
Download 1.27 Mb.
|
МУКТ маьруза матн
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakterial o`g`itlar
Mineral o`g`itlar (yoki sun`iy o`g`itlar). Ularni sanoatda — ishlab chiqarish yuli:
noorganik xom ashyolarni kimyoviy yoki mexanik qayta ishlash (masalan, agrokimyoviy rudalar — fosforitlar, kaliyli tuzlar, dolomitlar va hokazolarni maydalash) orqali tayyorlanadigan noorganik maxsulotlardan hosil qilinadi. Xom ashyo sifatida xizmat qiladigan havo azotidan yoki tarkibida o`simliklar uchun ozuqa buladigan moddalar tutgan ayrim kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarining oraliq mahsulotlaridan olingan moddalar ham mineral o`g`itlar qatoriga kiradi. Masalan, ammoniy sul`fat — kokslash pechi gazlari yoki kaprolaktam ishlab chiqarishning oraliq maxsulotlaridan olinadi. Fosfor tutgan rudalardan metallarni suyuqlatirib olinishida fosforli o`g`itlar sifatida qo`llaniladigan tomasshlaklardan ham olinadi. Xom ashyoni kimyoviy qayta ishlash natijasida olinadigan mineral o`g`itlar ta`sir etuvchi moddalarning yuqori kontsentratsiyaliligi bilan ajralib turadi. Ta`sir etuvchi modda buyicha mineral o`g`itlar: azotli, fosforli, kaliyli va mikroelementli (borli, molibdenli va b.) turlarga bulinadi. Organik o`g`itlar. Ulardagi elementlar usimlik va hayvonlardan olinadigan chiqindi moddalar tarkibida buladi. Bunday ugitlarga birinchi navbatda gung, shuningdek usimlik va xayvonlardan chiqadigan chikindilar (torf, kunjara, balik va parranda chikindisi, suyak uni, axoli chikindisi va turli ozik-ovqat maxsulotlari chikindilari) ni qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlar ham kiradi, bunga yashil o`g`itlarni ham kiritish mumkin. Organo-mineral o`g`itlar tarkibida organik va mineral moddalar buladi; bunday o`g`itlar torf, kumir va boshkalar kabi organik moddalarni ammiak yoki fosfat kislota bilan qayta ishlash orqali olinadi. Ularni shuningdek gung yoki torfni fosforli o`g`itlar bilan aralashtirish yuli bilan xam olinadi. Bakterial o`g`itlar — tuproqdagi va o`g`itlardagi havo azoti yoki minerallashgan organik moddalar bilan oziklanuvchi mikroorganizmlar tutgan preparatlar kiradi. Bunday ugitlar qatoriga azotobakterin, tuproq nitragini kiradi. Mineral o`g`itlar agrokimyoviy ta`siri buyicha to`g`ridan-to`g`ri ishlatiladigan, bilvosita foydalaniladigan va usimliklar usishini boshqaruvchi preparatlar turlariga bulinadi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling