Urganch ranch texnologiya universiteti maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi


Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyillari


Download 57.43 Kb.
bet2/4
Sana07.10.2023
Hajmi57.43 Kb.
#1694528
1   2   3   4
Bog'liq
5mavzu

3. Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyillari. Psixodiagnostika – bu psixologning kasbiy faoliyatidagi murakkab va juda ma'suliyatli sohadir. Shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-axloqiy talablar qo‘yilgan bo‘lib, ular quyidagilardir:
Ø Psixodiagnostika sirlarini saqlash.
Ø Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi.
Ø Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik.
Ø Xulosalarning ob'ektivligi.
Ø Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi.
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan talablarning, har birini psixodiagnostikaning tamoyillari sifatida alohida ko‘rib chiqamiz. Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili – sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e'lon qilmaslik, bu birinchi navbatda balog‘at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog‘at yoshiga etmagan bo‘lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-onalarning, bolalar uchun ma'naviy va huquqiy mas'ul bo‘lgan shaxslarning ruxsati bo‘lishi shart. Faqat ba'zi hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e'lon qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-shariflarini bayon etish tavsiya qilinmaydi.
Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo‘yiladi, ya'ni olingan natijalarga to‘liq ishonch imkonini bersin.
Ziyon etkazmaslik tamoyilida psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi.
Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili test o‘tkazayotgan odamning sub'ektiv ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo‘lib, validli va ishonchli metodika yordamida o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak.
Shunday qilib, ushbu mavzuda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining predmeti, vazifalari, bosqichlari, eksperimentator shaxsiga qo’yiladigan talablar, psixologik tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari bilan tanishdik.
Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog o’qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas.
Psixolog maktabda engib o’tishi kerak bo’lgan birinchi to’siq - bu maktabning pedagogik jamoasiga qo’shila olishdir. Bordi-yu, psixolog bu murakkab organizmga qo’shilib keta olmasa, o’z ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir.
Psixolog adaptastion davrining qiyin kechishiga bir necha omil sabab bo’ladi. Ko’pincha o’qituvchilar psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni, qanday yashashni o’rgatuvchi inson sifatida ko’rib, dastlabki kezlardayoq unga nisbatan salbiy ustanovkani shakllantirib oladilar. O’z- o’ziga ishonchi sust bo’lgan o’qituvchilar psixologni go’yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs sifatida idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa psixologning maktab sharoitiga tez ko’nikib, maktab hayotiga chuqur singib ketishga halaqit beradi. Amaliy psixolog statusiga ega bo‘lishni istagan insonga bir qator talablar qo‘yiladi ularning birinchisi u oliy ma’lumotli psixolog bo‘lishi zarur. Bunday diplom oliy o‘quv yurtini bitirganda yoki ikkinchi mutaxassislik orqali olinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog albatta psixoterapiya, psixokorreksiya, patopsixologiya, defektologiya, psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika, sotsiologiya, huquq fanlaridan xabardor bo‘lishi talab qilinadi. U albatta bolalar bilan muloqot qila olishi talab qilinadi. Amaliy psixolog albatta psixologik maslahat sirlaridan habardor bo‘lishi lozim. Amaliy psixolog albatta hamma sohalarda ishlaydi. Amaliy psixologning statusi rahbar kabi yuqori bo‘ladi va shu bilan birga u hammaga hamdard bo‘la oladigan inson bo‘lishi talab qilinadi. U mijoz bilan suhbatlashayotgan albatta mijozning psixologik xavfsizligini ta’minlashi zarur bo‘ladi. Psixolog uchun psixologik xizmat sohasida ishlash vaqtida albatta psixodiagnostika sohasini yaxshi bilishi, psixologik maslahat bera olishi talab qilinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog EHM sohasini yaxshi bilishi talab qilinadi. Amaliy psixologning kasbiy mahorati uning bilimlari texnikasi va inson muomalasining psixoterapevtik texnologiyasini yaxshi bilishida deb hisoblaniladi, u suhbatga kirisha olishi va insonlarni o‘ziga jalb qila olishi, ularni ishontira olishi zarur bo‘ladi. U o‘zida ishonch uyg‘ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik ta’sir o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Demak bo‘lajak amaliy psixologlar uchun birinchi talab ularning muloqot qila olish qobiliyatini mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan psixolog o‘z ma’naviy qadriyatlariga ega bo‘lishi talab qilinadi. Bunda u mijozning shaxsiyatiga tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin momalada bo‘lishi talab qilinadi. Ularning axloqiy jihatlari quydagilarni hisobga olishi kerak:
1. Professional faoliyatda amaliy psixolog albatta hamma uchun mas’uliyatli bo‘lishi zarur. 2. Amaliy psixolog o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi lozim, u atrofdagilarning so‘zlariga qarab o‘zgarmasligi zarur. 3. Psixologning vazifasi mustaqil va avtonom tarkibga ega, u hech kimga bo‘ysunmaydi. Uning psixologik nuqtai nazardagi qarori yakuniy natijaga ega bo‘lishi zarur. 4. Psixologning qarorini inkor qilish huquqiga faqat maxsus komissiya ega ular yuqori malakali mutaxassislar hisoblanib ularga bunday huquqlar berilgan. 5. Psixolog haqqoniy va samimiy bo‘lishi zarur. 6. Unda kasbiy mas’uliyat hissi bo‘lishi lozim. 7. Psixolog himoyachi sifatida ham ishtirok etishi mumkin, u o‘z mijozlarining psixologik holatlarini himoya qiladi. 8. U psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni amalga oshirayotgan vaqtida ehtiyotkor bo‘lishi zarur. 9. Agar psixolog mijozining haq- huquqlar poymol qilinayotgan bo‘lsa, u buni yuqori tashkilotlarga yetkazish imkoniyatiga egadir. 10. U siyosiy g‘oyalardan, ijtimoiy g‘oyalardan, falsafiy fikrlardan xoli bo‘lishi zarur. 11. Amaliy psixolog psixodiagnostik, psixokorreksion, psixterapevtik natijalarni mutaxassis bo‘lmaganlarga ko‘rsatish huquqiga ega emas. 12. U insonlarga zarar ko‘rsatadigan holatlardan uzoqroq bo‘lishi talab qilinadi. 13. Psixolog o‘zining qila olmaydigan ishlari haqida mijozga va’da bermasligi kerak. 14. Psixolog ota-onaga, yoki yuqori mansabdagi insonlarga mijozi haqida tafsilotlarni bermasligi zarur. 15. U o‘rganilmagan metodikalarni mijozlarida qo‘llash huquqidan mahrumdir. 16. Psixolog albatta sir saqlashni bilishi zarur, u mijozining sirini xech kimga aytmasligi zarur. 17. Psixologik maslahatda albatta o‘z me’yorlariga amal qilishi talab qilinadi. 18. Agar psixolog shu me’yorlarni buzsa albatta uning hatti-harakatlari amaliy psixologlar kollegiyasida ko‘rib chiqiladi va tegishli jazo qo‘llaniladi.
Buning oldini olish uchun psixolog o’qituvchilar bilan o’zaro teng munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o’zini bilag’on qilib ko’rsatmasligi, eng muhimi bir-birini raqib deb hisoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki, o’qituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis sifatida qabul qilsinlar.
Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat doirasiga nimalar kirmas-ligini,mo’jizalar ko’rsatish uning qo’lidan kelmasligini tushuntirishi lozim.
O’qituvchi bilan bo’lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik muammo bo’lmagani uchun u bo’yicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan qo’rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo’yishda ota-onalar bilan aloqa o’rnatish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo’lishi va o’zi murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlarni ajratishi lozim.
Demak, umumiy o’rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog:
1. O’zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo’lgan munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishi.
2. O’z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash ekanini doim yodda saqlashi.
3. O’zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog’liq bo’lgan diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi (axir kasalni tuzatgandan uning oldini olgan ma’qulroq- da) lozim bo’ladi. Jahon psixologiyasi fanining boy tajribasida amaliy psixologlar tayyorlash bo‘yicha nazariy va amaliy ahamiyatga molik ijobiy, tatbiqiy ma’lumotlar muayyan darajada umumlashtirilgan. O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab AQSh, Angliya va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda psixologik muammolarga juda katta e’tibor qaratila boshlandi. Hozirgi kunga kelib har bir sohada psixologlar jalb qilingan. Har bir sohada psixolog maslahatiga ehtiyoj sezilmoqda.
Inson qalbini qanday tushunmoq kerak? Nima uchun insonlar turli xil qobiliyatlarga egalar? Ruh nima va uning tabiati qanday? Bunday savollar insonlarni asrlar davomida qiynab kelgan, ular o‘zlarining savollariga javob topa boshlashgan.
Insonni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning yana bittasi B.G. Ananev tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u inson psixikasini o‘rganishda yangi metodologik uslubni ishlab chiqqan. U insonga xos bo‘lgan to‘rtta asosiy sifatlarni ajratgan: individ, sub’ekt faoliyati, shaxs va individullik.
Umuman, bugungi kunda xalq orasida psixologlar haqida turli xil mulohazalar uchramoqda. Biz ularni ba’zilarini tahlil qilishga harakat qilamiz:
1. Psixologiya'>Psixologiya − bu insonning psixik jarayonlari kechishini biladigan fandir, psixologlar insonning ichki ruhiy holatini yaxshi biladi.
2. Psixolog − bu insonlar bilan tez muloqotga kirisha oladigan va odamlarni tushuna oladigan mutaxassis hisoblanadi.
3. Psixolog − bu insonlarning hatti-harakati, hissiyotlari, boshqalarning fikrini boshqara oladigan va shunga maxsus o‘rgatilgan insondir. U shunga xos bo‘lgan texnikalardan foydalana oladi, masalan, gipnoz yo‘li bilan.
4. Psixolog − bu o‘zini yaxshi tushuna oladigan va har qanday vaziyatda ham o‘zini boshqara oladigan inson.
5. Psixolog − bu hayot haqidagi ko‘proq tasavvurlarga ega bo‘lgan donishmanddir, uning vazifasi qiynalgan insonlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, hayotda o‘z yo‘lini yo‘qotganlarga to‘g‘ri maslahatlar berilishi bilan alohida ajaralib turadi.
Psixolog − bu insonlar bilan tez muloqotga kirisha oladigan va odamlarni tushuna oladigan inson hisoblanadi.
Kasb tushunchasi nima ekanligini aniqlab olishimiz zarur. Taniqli psixolog Ye.A. Klimov kasbning turli xil holatlarini quyidagicha tahlil qilgan:

1 Kasb- bu insonlarni ma’lum bir holatlaridagi bir xilligidir. To‘g‘ri, turli xil kasb egalarining yashash sharoitlari turlicha bo‘lishi mumkin. Hattoki bitta kasbda ham yashash darajasi turlicha bo‘lishi mumkin. Bunda ularning oldiga qo‘ygan maqsadlari ham muhim o‘rin tutadi, biroq kasblaridagi boshlang‘ich qadriyatlar bir-biriga yaqin bo‘ladi.


2 Kasb insonlarning hatti-harakatlarini ajratadigan holatdir. Bunda psixolog mutaxassis sifatida o‘zini qanday namoyon qilishi ko‘zda tutilgan. Ma’lumki psixologiya sohasi hali ham o‘rganilayotgan va qarimaydigan sohalardan biri hisoblanadi. Ularning usullari ham takomillashib bormoqda.
  1. Shaxs xususiyatlari uning kasbiy faoliyatida yaqqol ko‘rinadi. Bu esa kasb va shaxs uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi.


  2. Kasb bu tarixiy rivojlanuvchi tizim hisoblanadi. “professiya” so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib "barchaning oldida gapirmoq" so‘zini beradi. Kasbning o‘zi insonlarning yashash sharoitlariga qarab o‘zgaradi. Asosan, psixologiya kasbi mashhur bo‘lgan shaxslarning hayoti bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan.


  3. Psixologiya kasbi reallikdir, bu sub’ektning o‘zini shakllanish imkoniyatini yaratadi. Demak, psixologiya kasbida insonlarning hatti-harakati orqali xulosaga kelishi mumkindir. Bunda yo‘riqnomalar ish bermasligi mumkin. Psixologiya sohasida insonlarga yordam berish holati eng ustun jihatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Kasb tushunchasidan tashqari yana bir nom mavjud, bu mutaxassislik hisoblanadi. Masalan, psixologiya sohasi ijtimoiy psixologiya mutaxassisligi bo‘lishi mumkin. Umuman olganda kasb o‘z ichiga quyidagi tavsiflarni kiritadi:





  1. Download 57.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling