Urganch ranch texnologiya universiteti


II.2 Markazlardagi faoliyatda pedagogning roli


Download 108.64 Kb.
bet7/8
Sana11.10.2023
Hajmi108.64 Kb.
#1698426
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-CHI MAVZU

II.2 Markazlardagi faoliyatda pedagogning roli
Maktabgacha yoshda bola buyumlarning alohida yuzaki xususiyatlarini qabul qilishning yuqori cho‘qqilarini egallaydi, ko‘rgazmali shakldagi amaliy va aqliy vazifalarning yechimini topadi. Lekin bola hali buyumlarning ko‘rinishiga ahamiyatsiz bo‘ladi. Bu tabiiy hol chunki buyumlar uning uchun mavjuddir va ular bolani faqat amaliy va aqliy faoliyat ob'ekti sifatida qiziqtiradi. Maktabgacha yoshdagi bola buyumlarning mohiyatini emas, balki ularning tashqi ko‘rinishi va ishlatilishiga qarab ish tutadi. Buyumlarning bizlarga qanday ko‘rinishi bilan mohiyati o‘rtasida katta farq bor. Buyumlarning mohiyati yuzaki emas, u shaxsiy tajriba orqasida yuzaga kelmaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinmaydi. U ijtimoiy tashkillashtirilgan o‘quv – dunyoni ilmiy anglash orqali kashf etiladi.
Tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish – bola va pedagogning hamkorlikdagi tubdan o‘zgartirilgan (ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi) pedagog va bola shaxsini mustaqil tarbiyalashga yo‘naltirilgan faoliyati, qaysiki shaxsiy mazmunni hayotiy bo‘shliqda qimmatli ahamiyatga ega bo‘lgan, pedagog va bolaning universallashtirilgan tizimi.
Tubdan o‘qitish quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:
Ijtimoiy pedagogik yondashuv. Uning mazmuni shundan iboratki, bola tomonidan insoniyat tajribasining o‘zlashtirilishini ta'minlovchi rivojlanishni amalga oshirish. Bunday yondashuv ta'lim berish jarayonini yakuniy natijaga-bola shaxsining ijtimoiylashuviga erishishga yo‘naltirilgan. Uning mohiyati bola tomonidan jamiyatning ahloqiy, ma'naviy o‘zgarishlarni tubdan isloh qilishdir. Bunday yondashuvda ta'lim tarbiya beruvchi vazifani bajaradi.
Gnoseologik (bilish faoliyati) yondashuv o‘qitish jarayoni mohiyatini anglash jarayonidan olib chiqadi va yuzaga kelgan anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi (variatsiyalaydi). O‘qitish insonning individual rivojlanishini tezlashtiradi, qaysiki ijtimoiy qonunchilikka bo‘ysunadi. Shu bilan birga u insonning o‘rnatilgan tartibda individual rivojlanishi bilan birga, inson ongining umumiy tarixiy rivojlanishiga ham bog‘liqdir. O‘qish umumiy va individual anglash shakllarini yaqinlashtiradi, individual faoliyatni umumiy anglash tizimiga yaqinlashtiradi, bolaning shaxsiy tajribalari va o‘qish va o‘qitish davrida yuzaga kelgan tushunchalar orasidagi tafovutlarni chaqiradi.
Gnoseologik o‘qitishning mohiyati ta'lim vazifalarini tabiq etishda o‘qitilayotgan ob'ektning individuallashtirish jarayonini amalga oshirishdan iborat.
Psixologik yondashuv. Bu yondashuv uchun insonning rivojlanishi va bilimlarni o‘zlashtirishini psixologik nazariy bilimlarni yuzaga olib chiqishdan iborat.
Aqliy faoliyatning bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasini inobatga olgan holda (P.Ya.Galperin, N.F.Talo‘zin), o‘qitish birinchi materiallashgan bosqichdan ikkinchisi, ya'ni tayanch tashqi nutq faoliyatida saqlangan bosqichga o‘tadi. Undan so‘ng aqliy faoliyat to‘liq ichki faoliyatda amalga oshiriladigan uchinchi, yuqori bosqichga o‘tadi. Bunday yondashuvda o‘qitishning mohiyati aqliy faoliyat shakllanishining bosqichlariga mos ravishda solishtiriladi. Bunday yondashuvda o‘qitish o‘qitiluvchining shaxsiga yo‘naltiriladi va rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi.
Akmeologik (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, yuqori nuqta, yuksalish, yaxshi payt va o‘qish degan ma'noni bildiradi) yondashuv o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan xususiyatlarini ochib beradi. Uning asl mohiyati shundan iboratki, o‘qitish shaxsning hayotiy dunyosiga, pedagog va bolaning mavjud hayoti mazmuniga bir tekisda kirib boradi. O‘qitish nafaqat o‘qitiluvchi va va pedagogning fikr va munosabatlarini uyg‘unlashtirib, mazmun maydonini o‘zgartiradi, balki, o‘zaro munosabatlarning yaxlit sub'ektining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunda o‘qitishning o‘zaro tarbiya, o‘zaro ta'lim, o‘zaro hamkorlik, o‘zaro ijodiylikka aylanishiga omil bo‘ladi.
Ta'lim jarayonida uslubiy tamoyillarni tadbiq etishda quyidagi ta'lim maqsadlari mavjud: tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy.
Ta'limning tarbiyaviy maqsadi – bola extiyojlarini tarbiyalash, pedagogik nuqtai-nazarni tadbiq etish (kattalar tomonidan boshqarilayotgan jamoaviy faoliyatda bola tomonidan o‘zining shaxsiy kechinmalari orqali “ahloqiy bosqichlar”ni bosib o‘tish yo‘li).
Tarbiyaviy maqsadning mazmuni shundaki, bolada ahloqiy qadriyatlar tizimi, dunyoga hissiy-baholovchi munosabat shakllanadi.
Ta'limiy maqsad shundan iboratki, bola ta'lim jarayonida o‘zining aqliy ehtiyojlarini qondirib, uni o‘rab turgan haqiqatni anglab boradi.
Ta'limning tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadlari o‘qitishning munosib vosita, usul va uslublarini tanlash sharti bilan tadbiq etiluvchi va uslubiy tamoyillarni belgilovchi asosiy faktor bo‘lib xizmat qiladi..
Bolaning rivojlanishi va uning maktabga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari
Bolaning rivojlanishi va uning maktabga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari quyidagilar:
1.Jismoniy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jihati rivojlanishining fiziologik darajasi);
2.Psixologik tayyorgarlik (bola shaxsi tarkibining xissiy, mental (aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi);
3.Ijtimoiy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jixatdan ijtimoiy rivojlanish darajasi).
Pedagogning maktabgacha ta'limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini belgilashda 3ta sohani inobatga olish lozim: shaxs, faoliyat bo‘yicha va refleksiv.
Shaxs sifatida tayyorgarlik – bu pedagogik tafakkur (gnostik, ya'ni aqliy qobiliyatlar - ilmiy ma'lumotlarni farqlash malakalari, amaliy faoliyatda ilmiy bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash, pedagogik vazifalarni malakali xal etish); pedagogik maqsadni belgilash (tashkilotchilik qobiliyatlari - o‘qitish va takrorlash uchun optimal sharoit yaratish malakalari, mashg‘ulotning kerakli shakllarini tanlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, o‘quv jarayonini kerakli inventar jixozlari bilan ta'minlash; o‘z mehnatini tashkil etish, har qanday tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish (ertaliklar, adabiy kechalar va boshqalar); pedagogik yo‘naltirilganlik (kommunikativ qobiliyatlar: ma'lum bir ta'lim olayotganlar kategoriyasi uchun hammabop shaklda ma'lumotni taqdim etish qobiliyati, vaziyatga qarab ma'lumotni berish usul va uslublarini to‘g‘rilash, birovni ishontira olish qobiliyati, “pedagog-pedagog”, “pedagog-ota-ona”, “pedagog-menedjer”, “pedagog-bola” darajalarida kasbiy muloqotni savodli tuzish; bolalar jamoasida ijobiy psixologik mikroklimatni yaratish va boshqalar).


II.3 Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.
Ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda: maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining xuquqiy-me'yoriy asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim muassasalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi turlariga o‘tmoqda; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘i kengaymoqda; ta'limning ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda; xodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta'lim muassasalarining muqobil shakllari joriy etilmoqda. Maktabgacha ta'limning mazkur Konsepsiyasi uning 2017 yilgacha bo‘lgan vazifalari, strategiyasi, maqsad va tamoyillarini aniqlab beradi. Konsepsiyaning xuquqiy asosini quyidagi me'yoriy-xuquqiy hujjatlar tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va ta'lim sohasidagi boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. U bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga qiziqishni shakllantirish maqsadini ko‘zlagan holda, olti-yetti yoshgacha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalarini tatbiq etishda jamoat va homiy tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
Maktabgacha ta'lim-bolaning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta'minlovchi, uni uzluksiz ta'limning keyingi bosqichi - maktabga borishiga zamin yaratuvchi, har tomonlama maqsadli yo‘naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayonidir. Maktabgacha ta'lim o‘zining shakl va usullaridan qat'iy nazar quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
- bolalarning jismoniy va psixik sog‘ligini mustahkamlash;
- bolalarni milliy, umuminsoniy, qadimiy va madaniy qadriyatlarga jalb etish;
- bolaning aqliy, intellektual salohiyatini rivojlantirish;
- milliy an'analar va udumlar asosida yuksak ahloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirish;
- bolalarni tizimli va maqsadli ravishda maktabda ta'lim olishga tayyorlash, ularning individual xususiyatlari va iqtidorini rivojlantirish.
Yuqorida bayon etilganlar shunga guvohlik beradiki, O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta'lim tizimi bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, davlat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivojlantirilishini ta'minlashi lozim. Maktabgacha yoshning xususiyati shundan iboratki, ushbu davrda aynan umumiy rivojlanish ta'minlanadi, natijada kelajakda har qanday ijtimoiy bilim, malaka, ko‘nikma va faoliyatning turli ko‘rinishlarini egallash uchun poydevor yaratiladi. Ta'lim jarayoni bola shaxsiga yo‘naltirilganligidan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasi shaxsning rivojlanishida ijodiy va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda ta'lim-tarbiyaning usul va uslublari tizimidan tashkil topgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga tayanib amalga oshirilishi lozim. Pedagogik hamkorlikning asosiy holatlari-ta'limga tarbiyachi va bolaning o‘zaro ijodiy hamkorligi sifatida munosabat; majburlamasdan o‘qitish; qiyin maqsad g‘oyasi (bolaning oldiga murakkab maqsad qo‘yiladi va uni yengib o‘tishiga ishonch hissi singdiriladi); tayanchdan foydalanish (tayanch signallar); o‘z-o‘zini tahlil qilish (bolalar faoliyati natijalarini yakka tartibda va jamoa bo‘lib muhokama qilish); erkin tanlov (tarbiyachi tomonidan ixtiyoriy ravishda bolalarning o‘quv dasturini yaxshiroq o‘zlashtirishlarini maqsad sifatida belgilab o‘qitish vaqtini tanlashi); guruhning intellektual foni (o‘qitishning mazkur bosqichida ahamiyatli hayotiy maqsadlarni qo‘yish va tarbiyalanuvchilar tomonidan dasturga nisbatan kengroq bilimlar egallash); shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim, tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi. Ta'limning natijalari bolada hozirjavoblik, mehribonlik, muloqotchanlik, rostgo‘ylik, haqiqatparvarlik, maqsad sari intilish, tashabbuskorlik, dadillik, tashkilotchilik, mehnatsevarlik, javobgarlikni his qilish, ziyraklik, vazminlik, mardlik, mustaqillik, ishchanlik, kuzatuvchanlik, topqirlik kabi shaxsiy fazilatlarning o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Ta'lim orqali inson va fuqaroning zamonaviy jamiyatga takomillashuvi hamda har tomonlama kirishuvi (qorishib ketishi) ta'minlanadi; zamonaviy bilimlar darajasiga mos keluvchi dunyo tasviri shakllanadi; dunyo darajasiga mos keluvchi shaxsning milliy va dunyoviy madaniyatga integratsiyasini zamin tayyorlovchi jamiyatning umumiy va professional madaniyati vujudga keladi; jamiyatning milliy kadrlar salohiyati ishlab chiqiladi va rivojlantiriladi. Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim modeli ustuvor sanaladi. Shaxsga ongli yondashishning maqsadi-shaxsni rivojlantirish, uni berilgan standart va bosim ostida “o‘zgartirish emas”, balki “uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish”dir. Shaxsiy yondashuv ta'lim jarayoni ishtirokchilarining shaxsiy majburiyatlarini rivojlantirish va to‘liq namoyon qilish uchun sharoit yaratishni ko‘zlaydi. Shaxsiy majburiyatlar - bu shaxs tomonidan “shaxs bo‘lish” ijtimoiy buyurtmasini tatbiq etuvchi ma'lum fazilatlarning namoyon etilishidir. Pedagog tomonidan qadriyatlar orasida yo‘nalishini aniqlash uning kasbiy faoliyatini belgilaydi. Shaxsga yondashuv pedagog va bolaga o‘zini shaxs sifatida his qilishiga, ularning imkoniyatlarini aniqlash va namoyon etishga, o‘zini anglab yetishga, jamiyat tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘ziga ishonish va o‘zini kashf qilish usullariga imkon yaratadi. Insоn, uning har tоmоnlama uyg‘un kamоl tоpishi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharоitlari va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimоiy xulq-atvоrning andоzalarini o‘zgartirish respublikada amalga оshirilayotgan islohotlarning asоsiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning bоy intellektual me`rоsi va umumbashariy qadriyatlar asоsida, zamоnaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnolоgiyalarning yutuqlari asоsida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekistоn taraqqiyotining muhim shartidir. Maktabgacha ta’lim bоlaning sog‘lоm, har tоmоnlama kamоl tоpib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘оtadi, uni muntazam ta’lim оlishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bоla 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nоdavlat maktabgacha ta`lim tashkilotarida hamda оilalarda amalga оshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamоat va xayriya tashkilоtlari, xalqarо fоndlar faоl ishtirоk etadi. Maktabgacha ta`limni rivоjlantirish uchun quyidagilarni amalga оshirish lоzim bo‘ladi:
- malakali tarbiyachi va pedagоg kadrlarni ustuvоr ravishda tayyorlash;
- maktabgacha ta’limning samarali psixolоgik-pedagоgik uslublarini izlash va jоriy etish;
- bоlalarni оilada tarbiyalashni tashkiliy, psixolоgik, pedagоgik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
- zamоnaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vоsitalar, o‘yinchоqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
- maktabgacha yoshdagi bоlalarni xalqning bоy madaniy-tarixiy merоsi va umumbashariy qadriyatlar asоsida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharоitlar yaratish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarning har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab оlish, maktabgacha ta`limning barcha masalalari bo‘yicha malakali kоnsultatsiya xizmati ko‘rsatish imkоniyatini yaratish;
- maktabgacha ta`lim va sog‘lоmlashtirish tashkilotlari tarmоg`ini qo‘llabquvvatlash va rivоjlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi.
XULOSA


Ma`lumki, bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko`nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o`rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo`yayotganida nechog`li bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof olamga moslashish ko`nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni xulosa qilish mumkinki, bo’lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarining pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarini tizimli tarzda o‘rganish lozim. Shuningdek, bo’lajak mutaxassislarning kreativ qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ta’lim shakllari, g‘oyalar, noan’anaviy metodlar hamda ilg‘or pedagogik tajribalar asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish kreativlikni rivojlantirishga nisbatan mazmunli ijodiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Oliy ta’lim muassasalarining bo’lajak pedagoglarining kreativlik ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida ulardagi ixtisoslashgan ya’ni pedagogik kreativlik kompetentligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish, bunda innovatsion strategiyalar, interfaol ta’lim metodlari zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Talabalarning kreativ qobilyatlarini shakllantirishda va bo’lajak mutaxassislarning kreativ kompetentligini rivojlantirishda pedagog o’zining ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga o’quv topshiriqlarini ishlab chiqishga ijodiy yondashish ,o’ziga xos uslublar bilan ta’lim jarayonini tashkil etish, uning oldiga qo’ygan maqsadi samarali natijaga erishishiga zamin bo’ladi. Quyida ularning ayrimlari xususida to’xtalib o’tamiz: 1. Matnli axborotlarni grafik shakliga o’tkazish. O’quv axborotlarini grafik shaklga o’tkazishda ma’lumotlarni sxema, jadval, diagramma, tasvir, klaster, geometric, model ko’rinishlarida ifodalash maqsadga muvofiqdir. 2. B. Blum taksonomiyasidan ta’lim jarayonida foydalanish 3. Maxsus testlar bilan ishlash. Bo’lajak mutaxassislarni kreativ qobilyati va sifatlari mavjudligini aniqlashda E. Torrensning “ Tugallanmagan rasmlar” testidan foydalanish samarali natijalarni berishi kuzatilgan. 4. Interfaol metodlardan foydalanish. Mashg’ulotlarda interfaol metodlar bilan ishlash talabalar tomonidan o’quv axborotlarini tizimli, yahlit holda o’zlashtirish imkoniyatini yaratadi. 5. “ Sinkveyn “ strategiyasi. J. Still, K. Meredis, Ch. Temil tomonidan ishlab chiqilgan “ O’qish va yozish asosida tanqidiy fiklashni rivojlantirish dasturi” da har bir talaba guruhlarning fikrlash faolligini oshirish ,kreativligini rivojlantirish uchun “ Sinkveyn” strategiyasini qo’llash samarali ekanligi aytiladi. 6. O’quv topshiriqlari uchun ish qog’ozlarini tayyorlash. Ish qog’ozlari asosida o’quv topshiriqlarining barajarilishi mazkur jarayonni tezlashtirish, imkon qadar ularning vaqtini tejash imkonini beradi. 7. Mashg’ulotlarda nazorat sinov topshiriqlari, keyslar bilan ishlash talabalarning har qanday vaziyatga ijodiy yondashish malaklasini shakllantirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalarni kelajakda qaysi sohada faoliyat olib bormasin , o’z ishiga ijodiy va kreativ yondashishlariga zamin yaratuvchi ta’lim jarayonini tashkil etish uchun eng avvalo, bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta`limiga o`tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy o`zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bоlalarni qabul qilish tartibi, ularni bir tashkilotdan ikkinchisiga ko‘chirish, tashkilotdan chiqarish davlat tashkilotlarida Maktabgacha ta’lim vazirligi tоmоnidan belgilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa, tashkilotning Ustavi bilan belgilanadi.Maktabgacha ta’limning vazifalari: bolalarni xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy merosi va ma’naviy-axloqiy an’analari ruhida tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta’minlashdan iborat.
Ta’lim tizimi rivojlanishining zamonaviy davrida maktabgacha ta’lim bosqichida quyidagicha o‘zgarishlar yuz bermoqda: maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining huquqiy-me’yoriy asosi takomillashib bormoqda; tashkilotlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi shakllariga o‘tmoqda; nodavlat tashkilotlar tarmoqlari kengaymoqda; ta’limning ilg‘or tehnologiyalari tatbiq etilmoqda; kadrlar malakasini oshirish tizimi takomillashmoqda; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining muqobil shakllari tatbiq etilmoqda. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, maktabgacha talim tizimida ushbu dasturni qo’llash umumiy miqyosdagi amaliy tajriba hisoblanadi va ushbu tizimni qo’llashda mamlakatimizdagi boshqa talim tizimlari va ijtimoiy institutlarning integratsion faoliyati zarurdir. Zero bir bolaga yeti mahalla ota-ona degan naql bejizga xalqimiz orasida mashhur emas. Shu nuqtai nazardan “Ilk qadam” davlat dasturining har bir maktabgacha talim muassasasida amaliyotga tadbiq etilishi bugungi kundagi sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni malum tizimga soluvchi omil sifatida faoliyat olib boradi.Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshiriladigon barcha metodik ishlar barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o'ringa ega bo'lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, oliy ta’lim muassasasi talabalari va o’qituvchilari uchun kreativ kompetentligini rivojlantirishga yo’naltirilgan yondashuvning joriy etilishi ta’lim mazmuniga, o’qitish shakliga, usullariga, pedagogik texnologiyalari, nazorat usullariga hamda ta’lim va tarbiya jarayonida talabalar va o’qituvchilar orasidagi munosabatlarida yangiliklar va o’zgarishlar kiritishni talab etadi. Shunga binoan, oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak mutaxassislarni o’qitishda ta’limni tashkil etishning mavjud shakllari bo’lgan ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlarini mazmunan yangilash, qo’shimchalar kiritilishi nazarda tutiladi. Ma’ruza darslarini ijodiy va erkin fikrlovchi muammoli ta’lim shaklida, seminar darslarni kreativ sifatlarni shakllantirishga va amaliy mashg’ulotlarda kreativ kompetentlikni integrativ yondashuv asosida rivojlantirishga qaratilgan bo’lishligi kutilayotgan natijaga samarali erishishda maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Tavsiyalar


Xulosalar asosida quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:

1.Bo‘lajak tarbiyachilar mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishlari uchun turli tanlovlarni o‘tkazish;


2.Har bir tarbiyachi maktabgacha pedagogika fanining turli usul va vositalarini bilishiga doir krassvordlar tuzish;
3.Tarbiyachi hujjatlari mutaxassislik fanlarida amaliy mashg‘ulotlarda to‘liq
o‘rgatilishi kerak.


Download 108.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling