Urganch ranch texnologiya universiteti


Agar tasviriy faoliyatning turlari


Download 108.64 Kb.
bet3/8
Sana11.10.2023
Hajmi108.64 Kb.
#1698426
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-CHI MAVZU

Agar tasviriy faoliyatning turlari
rasm (2soat),
applikatsiya (0,5 soat),
qurish-yasash (0,5 soat)
loy ishini (1 soat) qo‘shib hisoblasak, jami 4 soatni tashkil etadi.
Haftalik yuklama 12 soatni tashkil etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, tasviriy faoliyat barcha faoliyatlarning uchdan bir qismini tashkil etadi.
Demak, tasviriy faoliyat integrativ mazmun kasb etuvchi eng katta bo‘lim hisoblanadi va faoliyatning boshqa turlari bilan mantiqiy va didaktik bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Bu omil tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari mazmuni va metodikasini faoliyatning boshqa turlariga hamohang tarzda takomillashtirib borish lozimligini anglatadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarda bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlarini bilan rasmga qarab hikoya qilish; maktabda esa tasviriy san’atning turlari rang tasvir, grafik, haykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari xilma-xildir: rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg‘ulotlari hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida keltirilgan mashg‘ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan tasvirlash faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilish va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik goyalariga sodiq holda voyaga yetib borishini ta’minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi asosida amalga oshiriladi. Yuqoridagi tahlillar va dastur tarkibini o’rganish natijasida ushbu jihatlarni aniqladik: bolalarni savodxonlikka o‘rgatishda davlat talablarining o‘rni alohida ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar maktabgacha ta’lim tizimi hamda oilalarda bolani to‘laqonli tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirish, uni maktabga samarali tayyorlashda qo‘llanishi majburiy bo‘lgan davlat hujjati bo‘lib hisoblanadi6 . Davlat talablari 0-7 yoshli bolaning qay darajada rivojlanganligi va egallagan yutuqlarini baholab boruvchi talablar bo‘lib, ular bilim, malaka va ko‘nikmalar rivojlanishining ko‘rsatkichlarini belgilaydi7 : 1. Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzining shakllanishi; 2. Ijtimoiy - hissiy rivojlanish. 3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari. 4. Bilish jarayonining rivojlanishi. 5. Ijodiy rivojlanish. Mazkur 5 ta yo‘nalish 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘nikmalarining shakllanishi, nutq, o‘qish va savodga tayyorlash darajasini, atrof-olam haqidagi tushunchalarni va qo‘yilgan talablarni egallashi uchun asosiy omil hisoblanadi. U maktabgacha ta’lim tizimining mohiyatini belgilaydi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha bolalarning tengligi va bolalik qadriyatini saqlagan holda har bir bolaning individual (alohida) rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltiradi.
Audio va video vizual materiallar – o‘quv axborotlarini kompyuter texnologiyasi yordamida ovozli va vizual shaklda qabul qilinishini ta’minlovchi materallar
Video animatsiyalar – chizilgan (rasmli) yoki kichik hajmli obraz (hajmiy, qo‘g‘irchoq yoki o‘yinchoqli obyekt)larni harakatga keltirish va bu harakatning har bir bosqichini ketma-ket suratga olinganligini ifodalovchi elektron tasvirlar
Prezentatsiya (taqdimot; lot. “praesentatio” – taqdim etish) – muayyan mavzu yoki muammo bo‘yicha o‘quv (ilmiy, amaliy) xarakterdagi materiallarning ish qog‘ozlari (oddiy yoki vatman qog‘ozlar) hamda axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter, proyektor, protsesor va b. qurilmalar) yordamida taqdim etilishi
Pedagog-tarbiyachi o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.
Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Ijodkorlik–muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi.
Ijodkor shaxs–ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs.
Kreativ shaxs–jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o‘ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs
Ijod –ijtimoiy subyektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi
Ijodkor shaxsni tarbiyalash – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy g‘oya, ularni amalga oshirish ko‘nikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish


Download 108.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling