PEDAGOGIK O`YINLAR
«Assotsitsiya»
Ushbu mashq yaqin kishilari va oila a’zolari haqida ma’lumotlar yig’ishga yordam beradi.
«Assotsitsiya» mashqi ilk o’spirinlarning shaxslararo munosabatlari bo’yicha psixodiagnostik xususiyatga ham ega. Mashq ularning yaqin odamlari va ota-onalari bilan assotsitsiyala-shuvini ko’rsatadi. Bu mashq ishtirokchilarda ancha jonlanish va qiziqish uyg’otishi kuzatiladi.
O’yla va ayt, oila a’zolaringdan qaysilari senda assotsitsiya uyg’otadiq
Navbatdagi mashq ilk o’spirinlarni atrofdagilarga munosabati va xohish-istaklarini namoyon qilishga o’rgatadi. Buning uchun «Do’stimga maktub» mashqi taqdim qilinadi.
«Do’stimga maktub»
Ko’rsatma. Sizga do’stingizga maktub yozish taklif qilinadi. Bunda siz o’zingiz haqingizda do’stingizga yozishingiz va tilaklar bildirishingiz mumkin. So’ngra siz maktubni xat jildga joylashtiring. Maktub anonim bo’lishi mumkin. Oxirgi mashg’ulotda hamma o’z maktubini oladi, o’qiydi va treningdan sovg’a sifatida olib qo’yadi.
Men –bu men
Ushbu mashg’ulotda har bir ishtirokchi o’z «Meni»ni anglash, shuningdek, atrofdagilar bilan o’zini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’ladi.
«Rangli panjalar»
Ishtirokchilar xona bo’ylab ixtiyoriy harakat qiladilar. Trener kartondan yasalgan turli (ko’k, qizil, sariq) rangdagi «uchta qo’l»ni ushlab turadi. U bir rangdagi «panjani» ma’lum vaqtga yuqori ko’taradi. SHu vaqtda har bir ishtirokchi boshqa ko’proq ishtirokchilar bilan tegishli shartlashilgan usulda salomlashishi lozim.
Bu salomlashishda bir qator usullardan foydalanish ma’qulroq, masalan: «qizil panja»-qo’lni qisish uchun; «ko’k panja»-shyerigining yelkalarini qoqib qo’yish uchun; «sariq panja»-«orqa bilan» salomlashish uchun. Mashqlarni bajarish jarayonida so’zlashish ta’qiqlanadi.
Ushbu mashq ishtirokchilarda bir-birlariga simpatiya uyg’otishga olib kelishi ham nazarda tutiladi. Ishtirokchilarning o’zlari bilan o’tkaziladigan mashqlar qatorida boshqalar bilan birgalikda ishlashga, frustrtsiya holatini bartaraf etishga yordam beruvchi mashqlar ham zarur. Bunday maqsad uchun quyidagi mashq ancha qo’l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |