O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH UNIVERSITETI
“PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA”KAFEDRASI
UMUMIY PEDAGOGIKA
Bilim sоhasi: 100000 – Gumanitar
Ta’lim sоhasi: 110000 – Pеdagоgika
120000- Gumanitar fanlar
Ta’lim yo’nalishi: 5111400- Xorijiy til va adabiyoti(tillar bo`yicha)
5120100- Filolgiya va tillarni o`qitish
(roman –german filologiyasi)
Urganch- 2020
MAVZU: Umumiy pedagogika- ta’lim-tarbiya nazariyasi. Umumiy pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.
Reja:
Umumiy pedagogika- ta’lim-tarbiya nazariyasi. Umumiy pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.
Umumiy pedagogikaning ob’ekti, predmeti va tuzilishi. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari.
Pedagogikaning tarmoqlari. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan o`zaro aloqadorligi.
Pedagogik tizimlar tushunchasi va uning asosiy tarkibiy qismlari. Asosiy ta’limiy konsepsiyalar va yondashuvlar.
Umumiy pedagogika- ta’lim-tarbiya nazariyasi.
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos “bola” va “yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni љaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (yunoncha didaktikos “o‘rgatuvchi”) ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |