MAVZU: O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMINING «O‘ZBEK MODELI» VA UNING XUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI. Ta’lim tizimida modernizatsiya jarayonlari.
Reja:
Mustaqillik yillarida inson kapitalini yaratish borasida amalga oshirilgan isloxotlar.
O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida ta’lim soxasiga qo`yiladigan ijtimoiy-siyosiy talablarni aks ettirilishi.
Ta’lim soxasida isloxotlarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari. O`zbekistonda komil insonni tarbiyalashning xuquqiy asoslari.
Ta’lim tizimida milliy-ma’rifiy qadriyatlardan foydalanish.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish yo’nalishlari haqida.
Ta’lim tizimi va ta’lim turlari. O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlashning milliy modeli. Ta’lim tizimini islox qilish yo`nalishlari.
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g’risida”gi Qonuni (1997) jamiyatda ta’limning ustuvorligi haqida.
Mustaqillik yillarida,O‘zbekiston Respublikasida, uzluksiz ta’limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonunida uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me’yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan:
fuqarolarga ta’lim, tarbiyasi berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari;
ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;
har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi;
pedagogk faoliyat bilan shug’ullanish huquqi;
ta’lim muassasasining haquqiy maqomi;
ta’lim tizimi va turlari;
ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish;
ta’lim tizimini boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |