Urganch universiteti


Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari


Download 1.13 Mb.
bet4/115
Sana03.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1155386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
SHaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim –o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Pedagogika fanlari tizimi. SHaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o’ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. SHu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o’rganiladi. Ular quyidagilardir:
1. Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.
2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
3. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – boshlang’ich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
4. Korrektsion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi.
O’z navbatida korrektsion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va psixologiyaning turli sohalari kiradi. Ular quyidagilardir:
Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, shuningdek, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bo’lgan bolalar (ko’r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
5. Metodika – xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi.
6. Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o’rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o’rganadi.
7. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
8. Pedagogik mahorat – bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.
9. Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi.
10. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling