Urganch universiteti
Ta’limning o’quvchilarning yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi tamoyili
Download 1.13 Mb.
|
Pedagogika va psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning birgaligi tamoyili
- Hamkorlik tamoyili
- Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati.
Ta’limning o’quvchilarning yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi tamoyili o’quvchilarning yoshiga ko’ra va individual yondashuvni anglatadi.
YOshiga muvofiq yondashish o’quvchilarning psixik xususiyatlari, shaxsiy rivojlanganlik darajasi, ma’naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy yetukligini baholay olishni nazarda tutadi. Agarda qo’yilayotgan talablar yoki ta’limning tashkiliy tuzilishi o’quvchilarning yoshi imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab ketsa, o’quv faoliyatining samarasi pasayadi. Individual yondoshish o’quvchilarning murakkab ichki dunyosini o’rganish, yuzaga kelgan munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs shakllanishi sodir bo’ladigan ko’p turdagi sharoitlarni aniqlashni talab etadi. Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning birgaligi tamoyili pedagog tarbiyalanuvchini shaxs sifatida hurmat qilishi zarur. Oqilona talabchanlik maqsadga muvofiq bo’lsa, ta’lim-tarbiya jarayoni, shaxsning to’liq va barkamol rivojlanishini ta’minlay olsa samarasi ancha yuqori bo’ladi. O’quvchilarga nisbatan talabchanlik ularni tartibli, intizomli bo’lish, burchlarni o’z vaqtida bajarish ko’nikmalariga ega bo’lishlarini ta’minlashi lozim. SHaxsga hurmat insondagi ijobiy xislatlariga tayanishni ko’zda tutadi. Hamkorlik tamoyili ta’lim jarayonida shaxsning ustuvor mavqeini ta’minlash, uning o’z-o’zini anglashini anglatadi. Bu tamoyil o’zaro munosabatlar jarayonida sub’ektlar o’rtasidagi aloqalarning dialog shakli, shaxslararo munosabatlar mazmunida esa empatiya (yunoncha «empathlia» – birgalikda tashvishlanish, ya’ni, boshqa odamning tashvishlarini tushunish) ning ustunligiga erishishni talab etadi. Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o’ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o’qituvchi tomonidan boshqariluvchi o’ziga xos anglash jarayonidir. O’qituvchining yo’naltiruvchi sifatidagi roli o’quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko’nikma va malakalarni to’liq o’zlashtira olishlarida ko’rinadi. Ta’lim o’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi.Uo’quvchilarga o’quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko’rsatadi. Har qanday ta’lim o’zida o’qituvchi va o’quvchining faoliyati, ya’ni, o’qituvchining o’rgatish hamda o’quvchining o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda to’g’ridan to’g’ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi. Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro muloqat yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko’ra keng ma’noga ega. Ta’lim o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish, ularda amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo’naltirilgan jarayondir. Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyan holatini o’zgartirish hisoblanadi. Jarayon mohiyatini V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula asosida to’laqonli anglash mumkin: DJ q M Q O’fQB Bu yerda; DJ – didaktik jarayon; M – o’quvchilarning o’qish (ta’lim olish) motivatsiyasi; O’f –o’quvchilarning o’zlashtirish faoliyati; B –o’quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling