Қурилиш материаллари, буюмлари ва конструкцияларини ишлаб чиқариш


Korxonaning ishlab chiqarish dasturi


Download 488.64 Kb.
bet11/23
Sana25.02.2023
Hajmi488.64 Kb.
#1228124
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
БЕТОН ТЎЛ. КУРС ИШИ (лотин)

Korxonaning ishlab chiqarish dasturi



Mahsulot nomi

Ishlab chiqarish
hajmi, %

O’lchov
birligi,m3

Mahsulot miqdori

soatda

smenada

sutkada

yilda

Korxonani loyihalashdagi material balansi ma’lum bir ishlab chiqarish dasturini amalga oshirish uchun xom ashyo va yordamchi materiallarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash uchun mo’ljallangan. Moddiy balansni hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar sifatida ishlab chiqarish dasturi, texnologik ishlov berish uskunalarini ishlash tartibi, texnologik yo’qotishlar, shixta tarkibi va uning har bir komponentini kuydirishdagi massa yo’qoti-shi, hom ashyoni tabiiy namligi va zichligi olinadi.


Moddiy balans hisob-kitobini amalga oshirilgandan so’ng natijalari
9-jadval ko’rinishida keltiriladi.
9-jadval
Texnologik jarayonlar uchun moddiy balans



Texnologik jarayonlarni nomi

O’lchov
birligi

Hom ashyogaga talabgorlik

yilda

sutkada

smenada

soatda




t













m3













Keyingi vazifa - texnologik ehtiyojlar uchun suv va bug’ga bo’lgan talabni hisoblash.




Asosiy texnologik uskunalari tanlash va ularni joylashtirish tamoyillari:.
Beton uchun to’ldiruvchilar ishlab chiqaruvchi korxonalar atrof muhitga ko’plab miqdorda keraksiz zararli moddalar chiqaruvchi manba hisoblanadi. SHu sababli ularni shamol yo’nalishi yashash binolari tomonga qaragan xududlarda joylashtirishga yo’l qo’yilmaydi.
Bino va inshootlarning tarkibiy va hajmiy-rejalashtirish yechimlarida, qurilish vaqti va xarajatlarini kamaytirish maqsadida zamonaviy yengil metall konstruktsiyalar-dan foydalanish maqsadga muvofmq bo’ladi.Binolarni loyihalashda tabiiy yorug’lik meyorlari talablarini hisobga olgan holda ularni minmalь yuzadagi yorug’lik darchalari (deraza, fonarlar) bilan jihozlashni hisobga olinadi.\
Mashinalari va agregatlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarida qulaylik yaratish uchun ular orasida kamida 0,7 m masofa qoldirib o’rnatilgan bo’lishi kerak. Uskunalar mustaqil poydevorlarga yoki qurilish konstruktsiyalari bilan bog’lanmagan alohida etajerkalarda o’rnatiladi.
Maydalash bilan bog’liq ishlab chiqarish jarayonlari, materiallarni tashish, qayta yuklash, qoliplash, changsimon materiallarni quritish va kuydirish, shuningdek tayyor mahsulotni maydalash va saralash bilan bog’liq ishlar iloji boricha mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan bo’lishi lozim. Bundan tashqari kurs loyihasida ishlab chiqarish kor-xonasi atmosferasini texnologik chang va ifloslanishini kamaytiruvchi chora-tadbirlar yechimlari, ortiqcha yuk va material uyumi balandligi minimal bo’lishligi ta’minlanishi kerak.
Quruq sochiluvchan materiallarni qayta yuklanadigan joylarida materialning erkin harakatlanishini ta’minlovchi, gorizontga nisbatan qiyalik burchagi 10% dan kam bo’dma-gan to’kish novi joylantirilishi kerak.Balandligi 0.5 m dan ortiq vertikal novlar va oralaridagi farq 3-5 m bo’lgan qiya oqimlar harakat tezligini so’ndirish uchun tashila-digan materialdan tayyorlangan "yostiqlar"dan foydalaniladi.
Loyihalashda o’rnatiladigan texnologik jixozlar va transport vositalari uzliksiz ishlovchi uskunalar, masalan, keramzit ishlab chiqarishda – pishirish pechlarini tinimsiz ishlashini ta’minlashi lozim. Uskunalarni texnologik hisoblash xom ashyoni qayta ishlash, granulalarni shakllantirish, quritish va pishirish pechiga tashishni o’z ichiga olgan texnologik tizimlarni sonini aniqlashdan iborat. Bunda avval tanlangan tex-nologik sxemadan foydalanish kerak bo’ladi. Texnologik tizim deganda texnologik jarayonda ishtirok etuvchi, boshida va oxirida bufer qurilmalari bilan chegaralangan, boshqa texnologik jihozlardan mustaqil ravishda avtonom ishlashini ta’minlashlovchi mashinalar jamlamasi tushuniladi.
Tayyor mahsulot omborlarini hisoblash, qabul qilingan ish rejimiga muvofiq ularning quvvati va geometrik o’lchamlarini, materiallarning kundalik yoki soatlik iste’molini aniqlashdan iborat. Omborlardagi materiallar zaxirasi “ SHag’al va qum ishlab chiqarish korxonalari va tsexlarini texnologik loyihalash meyorlari” ONTP – II – 81 bo’yicha qabul qilinadi. Yirik to’ldiruvchi siloslarining minimal soni to’rttaga (fraktsiyalar soniga) teng bo’lishi lozim.
Ushbu bo’lim texnologik parametrlar va uskunalar markalarini ko’rsatish, ishlab chiqarish sxemasining tavsifi bilan yakunlanadi.

Download 488.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling