Қурилиш материаллари, буюмлари ва конструкцияларини ишлаб чиқариш
Kurs loyihasini tayyorlash tartibi
Download 488.64 Kb.
|
БЕТОН ТЎЛ. КУРС ИШИ (лотин)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisob-kitob va tushuntirish xatini rasmiylashtirish qoidalari
Kurs loyihasini tayyorlash tartibi.
Kurs ishi ustida ishlashda quyidagi ketma-ketlikni tavsiya etamiz: Talabani kurs loyihasi topshirig’i, ushbu uslubiy ko’rsatmalar va to’ldiruvchi ishlab chiqarish korxonalari va tsexlarini loyihalash tamoyillari, shuningdek, ushbu kurs ishining o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishishi lozim. Adabiyotlar va qo’shimcha materiallarni o’rganish. Hom ashyo va ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasini tanlash. Masalan, keramzit ishlab chiqarishdagi tuproq va tuzatuvchi qo’shimchalarni aniqlash. Ishlab chiqarish usulini tanlash va uni asoslash. Ishlab chiqarishning texnologik sxemasini tanlash, uni asoslash va asosiy texnologik jihozlarni dastlabki tanlash. Korxonaning ish rejimini ishlab chiqish. Korxonaning ishlab chiqarish dasturi va texnologik jarayonlar moddiy balansi bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish. Texnologik uskunalarini yakuniy tanlash va korxonada (tsexda) uning joylashish sxemasini tuzish. Uskunalarning parametrlari va markalari ko’rsatgan holda ishlab chiqarish sxemasining tavsifi. Texnologik jarayonlar va tayyor mahsulotlarning sifatini nazorati bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Mehnat va atrof-muhit muhofazasi bo’yicha asosiy qoidalarni tayyorlash Hisob-kitob va tushuntirish yozuvining hulosa qismini tayyorlash va uni yakuniy tahrirlash. Belgilangan ketma-ketlikda qilingan hisob-kitob va tushuntirish xati rahbar tomo-nidan tekshiriladi va xatolar bo’lmagan taqdirda himoya qilish uchun ruxsat etiladi Hisob-kitob va tushuntirish xatini rasmiylashtirish qoidalari Kurs loyihasi matni A4 formatdagi standart qog’oz varag’ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida, 1,5 qator oralig’ida («polutornыy») yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o’ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo’lishi lozim.Matnni kompьyuter vositasida bosib chiqa-rishda «Times New Roman» 14 o’lchamli shriftda «Misrosoft Word» matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi. Betlar titul varag’idan boshlab oxirgi varaqgacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki o’ng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titul varag’iga 1 raqami qo’yilmaydi. Kurs loyihasining mundarijasi, kirish qismi, har bir bobi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi. Kurs loyihasi tarkibiy qismlarining bosh sarlavhalari («Mundarija», «Kirish», «Xulosa», «Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati» va boshqalar) bosh harflarda yoziladi. Boblar rim raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo’ladi. Paragraflar «§» belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo’ladi. Boblar va paragraflar sarlavhalarining yuqori va pastki qismidan 12 o’lchamli («pt») oraliq qoldirilishi kerak. Kurs loyihasi matnida foydalanilgan adabiyotlardan olingan materialga havola satr osti eslatmalarda keltiriladi yoki uning foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidagi tartib raqami va shu adabiyotga iqtibos material joylashgan bet qavs ichida, kurs loyihasi matnining o’zida alohida ko’rsatiladi (masalan: [1; 25 — 26-b.]). Surat, fotosurat, grafik, chizma, diagramma va shu kabilar «rasm» so’zi bilan ifodalanib, ular varaqda ko’rish uchun qulay tarzda joylashtirilishi kerak. Rasmlar ular joylashgan boblar tartib raqami ko’rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, rasmning pastida o’rta qismida raqamlanadi (masalan: «1.1-rasm.»), ilovalarda keltirilgan rasmlar bundan mustasno. Har bir rasm nomlanishi kerak. Rasmning nomi uning ostiga yoziladi. Zarur hollarda rasmga izoh berilishi mumkin va u ham rasmning ostiga qo’yiladi. Raqamli materiallar jadval ko’rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Jadvallar ular joylashgan boblar tartib raqami ko’rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, jadvalning tepa o’ng burchak qismida raqamlanadi (masalan: «1.1-jadval.»). Har bir jadval nomlanishi kerak. Jadvalning nomi uning ustiga yoziladi. Kurs loyihasining ilovalari alohida betlarda rasmiylashtirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi va «ilova» degan so’z bilan ifodalanadi (masalan: «1-ilova»). Ilova tegishli sarlavhaga ega bo’ladi. Download 488.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling