Қурилиш материаллари, буюмлари ва конструкцияларини ишлаб чиқариш
Texnologik rejimlar va ish hisob-kitoblari
Download 488.64 Kb.
|
БЕТОН ТЎЛ. КУРС ИШИ (лотин)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4 Asosiy texnologik uskunalarni tanlash va ularni xarakteristikalari
- 3.5 Ishlab chiqarish nazorati
3.3 Texnologik rejimlar va ish hisob-kitoblari
Korxona faoliyati ishlab chiqarishning texnologik o’ziga xosliklari bilan belgilanadi va bir yilda ish kunlari soni, sutka davomidagi smenalar soni, soatlari bilan tavsiflanadi .
TSex yoki zavodning unumdorligi belgilangan yillik mahsulot xajmiga va korxonaning qabul qilingan ish rejimiga asosan hisoblanadi.
Kunlik ishlab chiqarish: 202000 / 336 = 601,4 m3/kun; Smenada ishlab chiqarish: 601,4 / 3 = 200,4 m3/smena; Soatda ishlab chiqarish : 200,4 / 8 = 25,05 m3/soat; Xom ashyoga bo’lgan ehtiyoj tayyor mahsulot va yo’qotishlar asosida aniqlanadi
Keramzit ishlab chiqarish uchun xom ashyo tuproq ekan, shunda ko’ra uning sarfi 1 t keramzitga 0.34 m3 yoki 0.544 t bo’ladi. ØTuproq: uyilma zichligi ρ =1600 kg/m3 0,34 × 1,6 = 0,544 t; Ø Sulьfid- achitqi brajka: tuproq massaiga nisbatan 1% miqlorida ρ =0,0009 kg/ m3 0054× 0,0009 = 0,000005 m3 = 0,005 l; Ø Suv: tuproq massaiga nisbatan 18% miqlorida 0,544 × 0,18 = 0,09792 m3
Tuproqga talabgorlik: Ø yilda: 0,34 m3 × 200000 m3 × 1,03 = 70040 m3/god; Ø sutkada: 70040 / 336 = 208,45 m3/sutki; Ø smenada: 208,45 / 3 = 69,48 m3/smenu; Ø soatda: 69,48 / 8 = 8,69 m3/chas. Sulьfid- achitqi brajkaga talabgorlik: Ø yilda: 0,000005 m3 × 200000 m3 × 1,03 = 1,03 m3/god; Ø sutkada: 1,03 / 336 = 0,0031 m3/sutki; Ø smenada: 0,0031 / 3 = 0,001 m3/smenu; Ø soatda: 0,001 / 8 = 0,00013 m3/chas. Suvga talabgorlik: Ø yilda:: 0,09792 m3 × 206000 m3 = 20171,5 m3/god; Ø sutkada: 20171,5 / 336 = 60,03 m3/sutki; Ø smenada: 60,06 / 3 = 20,01 m3/smenu; Ø soatda: 20,01 / 8 = 2,5 m3/chas. Homashyo ombori korxonani uzliksiz ishlashini ta’minlashi lozim. Tuproq uchun ochiq ombor: Ombor uzunligi (shtabelь): L = Q / (h2 × Kt), m Bu yerda Q – ombordagi material zaxirasi, m3 h – shtabel balandligi, m (3 - 4 m) Kt = 0,85 omborni to’lalik koeffitsienti . L = 208,45 × 90 / (42 × 0,85) = 1379,45 m Ombor yuzasi: F = (2 × L × h) / (tg α), m2 Bu yerda L – ombor uzunligi, m h – shtabelь balandligi, m (3 - 4 m) α – shtabeldagi materialni tabiiy og’ish burchagi (α = 40 - 45°) F = (2×1379,45 × 4) / (tg45°) = 110356 m2 Tayyor keramzit silos omborlari Q = C × n, m3 Bu yerda S –materialni kunlik o’rtacha sarfi, m3 n - materialni kunlik o’rtacha zaxira miqdri, m3 Q = 601,4 × 10 = 6014 m3 6014 × zzap = 6014 × 0,45 = 2706,3 t Keramzit shag’ali fraktsiyalari 5 mm gacha - 10% dan 2706,3 t = 270,63 t - 100 t.ga 3 silos; 5 -10 mm - 35% dan 2706,3 t = 947,205 t - 500 t.ga 2 silos 10 - 20 mm - 35% dan 2706,3 t = 947,205 t - 500 t .ga 2 silos; 20 - 40 mm - 20% dan 2706,3 t = 541,26 t - 500 t ga 1 silos va 50 t.ga 1 silos Omborda keramzit shag’ali saqlanadigan jami 9ta siloslar mavjud. 3.4 Asosiy texnologik uskunalarni tanlash va ularni xarakteristikalari Zarur mashina va mexanizmlarni tanlashda ularni ketma-ketligini xom ashyo uzatishdan boshlab tayyor mahsulot xosil bo’lguncha bajariladigan texnologik jarayonlardagi ishtirokini hisobga olish tavsiya etiladi.
3.5 Ishlab chiqarish nazorati GOST 9759-83 da keramzit shag’alini quyidagi fraktsiyalarini ishlab chiqarishni ko’z-da tutadi: 5… 10, 10…20 i 20…40 mm. Har bir fraktsiyada 10%gacha mayda va 10%gacha yi-rik donalar bo’lishlikka ruhsat etadi. Barabanli g’alvirlarni samarasi past bshlganligi sababli keramzit shag’alini fraktsiyalarga ajratishda bir muncha qiyinchilikka duch kelinadi. Uyma zichligi bo’yicha keramzit shag’ali 8ta markaga bo’linadi: M250…600, bunda uyma zichligi 250 kg/m3gacha bo’lgan keramzit shag’ali M250 ga, M300 ga - 300 kg/m3 gacha tegishli va h.k.. Har bir markadagi keramzit uchun davlat standarti tsilindrda ezish usulida aniqlangan mustahkamlik ko’rsatgichlariga bo’yicha talablar qo’yadi. Iste’molchilar talabiga ko’ra konstruktsion yengil betonlar ishlab chiqarishda standartga ko’ra markasi M700 va M800 tsilindrda maydalanish mustahkamligi 3,3 va 4,5 MPa dan kam bo’lmagan keramzit shag’alini ishlab chiqarish mumkin. SHuni aytish kerakki, keramzit shag’alini tsilindrda sinash faqat mustahkam-likning shartli nisbiy tavsifini beradi. S.M.Itskovich birinchi bor 1962 yilda keramzitning mustahkamligini betonda sinashda standart ko’rsatkislaridan 4-5 barobar oshishini ilmiy asosladi. Standart usulga ko’ra tsilindrga keramzit shag’ali erkin to’kiladi va dastlabki hajmining 20% gacha kamayishigacha eziladi. Yuk ta’sirida shag’al donalari zichla-shadi va nisbatan kompakt joylashadi. Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, keramzit shag’alining nisbatan zich joylashuvida uning erkin tushishidagi hajmining kama-yishi o’rtacha 7% ni tashkil etadi, qolgan 13% hajmning kamayishi donalar ezili-shiga ketadi. Agar donaning dastlabki balandligi – D bo’lsa, u holda ezilgandan so’ng 13% ga kamayadi. 2f = 0,13 D, f = 0,065 D Boshqa tarafdan, sharli segment yo’nalishi: f = Bu yerda, d - ezilgan aylana diametri. Ikkita f ifodasini tenglashtirib, d = 0,4 Dga erishamiz. Donalar ezilishi natijasida olingan bog’lama yuzasi - π d2/4 = 0,19D2. SHunday bog’lamalardan biri kompakt joylashgan shar ko’rinishidagi donalarning elementar yacheykalari yuzasiga mos keladi va 0,865D2ga teng. Elementar yacheykaning yuzasi ezilgan bog’lama yuzasiga nisbatan 0,865/0,19 =4,5 barobar katta. Standart tsilindr yuzasi (177 sm2) bog’lamalar maydoni yig’indisidan katta va ular orqali keramzit shag’ali ezuvchi kuchni qabul qiladi. Ohirgisi 40 sm2ni tashkil etadi. SHu sababli, standart bo’yicha bo’lish natijasida 177sm2 yuzaga ta’sir etuv-chi yuk keramzit mustahkamligini o’rtacha 4,5 barobarga o’zgartiradi. O’zRST 9758-96 “Qurilish ishlarida ishlatiladigan g’ovak to’ldirgichlar Sinash usullari” asosida g’ovak to’ldiruvchilarning markasi uyma zichligi va mustahkamlik chegarasi bo’yicha aniqlanadi. Mustahkamlik bo’yicha markalangan keramzit shag’alini mos markali betonda ishlatish imkonini beradi. Keramzit shag’alini alohida donalarining mustahkamligi suyuqlik (moy)da gidrostatik bosim ta’sirida aniqlanadi. Keramzit mustahkamligini nisbiy baholash hisobiy formulalar bilan hamda materialning zichligi va hisobiy mustahkamligi orasidagi bog’lanish yordamida amalga oshiriladi. O’rtacha sifatli keramzitning hisobiy mustahkamligini (MPa) S.M.Itskovich taklif etgan formula orqali aniqlash mumkin: Rxisob = 15 bu yerda, ρdona – keramzit shag’ali donasining zichligi, g/sm3 ρdona = 0,58 – 0,67 g/sm3 bo’lsa, Rxisob = 5 – 6,7 MPa. Keramzit shag’alini alohida donalari mustahkamligini suyuqlikda (moyda) gidrostatik bosim ostida aniqlashni tezkor usuli ishlab chiqilgan. SHuningdeq, keramzit mustahkamligini zichlik va mustahkamliklar orasidagi bog’liklikka asoslangan hisob farmulalaridanfoydalanib aniqlash ham mumkin. Keramzitning mustahkamligi xomashyo xususiyati va ishlab chiqarishning texnologiya-siga bog’liq holda hisobiydan farq qiladi, biroq qo’shimcha baholash mohiyati orqali keramzitni talab etilgan mustahkamlik va sinfdagi beton olishda qo’llash imkonini beradi. Keramzit shag’alining hisobiy mustahkamligi shuni ko’rsatadiki, bu g’ovak to’ldiruvchi yetarli mustahkamlikka ega bo’lib, standart sinovlarda mustahkamlik ko’rsatkichlari past bo’lishiga qaramay, yuqori mustahkamlikdagi yengil konstruktsion betonlar olinadi. Keramzit shag’ali donasi shar yoki syuri shaklida bo’lib, asosan xom granulalar shakliga bog’liqdir. Standartga ko’ra dona shakl koeffitsientining o’rtacha qiymati 1,5 dan katta bo’lmasligi kerak. Yuqori sifat kategoriyasiga ega keramzit shag’ali uchun dona shakl koeffitsienti 2,5 dan katta bo’lmasligi kerak va birinchi navli keramzit shag’ali uchun bunday donalar massa bo’yicha 15 % dan oshmasligi kerak. Keramzit shag’alida sifat kategoriyasiga ko’ra bo’lingan donalar miqdori massa bo’yicha 10-15% dan oshmasligi kerak. Keramzit shag’ali suvga bo’ktirilgan holda muzlash va erishda eng kamida 15tsiklga bardosh berishi kerak, bu holatda ushbu fraktsiyaning massa yo’qotishi 8% dan ko’p bo’lmas-ligi kerak. Keramzit shag’alini qaynatishda massa yo’qotilishi 5% dan oshmasligi kerak. Bunday sinovda xavfli ohak aralashmalar aniqlanadi. Ularning suv shimuvchanligi ham chegaralanadi (marka bo’yicha 1 soat davomida 20-30% dan oshmasligi kerak). Bu va boshqa standart talablari keramzit, u asosidagi yengil betonning chidamliligi va uzoq muddatga yaroqliligini ta’minlaydi. Download 488.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling