Ҳурматли Файзулла Махмаражабович


Download 16.13 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi16.13 Kb.
#1095959
Bog'liq
65-yosh Zulfiya opa


Hurmatli Ro‘ziyeva Zulfiya!


Mustaqil yurtimizning ravnaqi, rivoji va mustaqilligini yanada mustahkamlash yo‘lida qilingan ishlar, erishilgan yutuqlar, xullas, o‘tgan davr samaralarini, shu jarayonning har bir ongli ishtirokchisi mushohada yuritib kichik bir sarhisob qilishga haqlidir.
Darhaqiqat, Sizning ta’lim, fan, tarbiya va innovasion rivojlantirish sohasida yuksak ilm sohibi va mutaxassisi sifatida TATU Samarqand filialida yoshlarga ta’lim-tarbiya berib, tinimsiz mehnat samaralari tufayli erishgan yutuqlaringiz havas qilsa arzigulik.
Hurmatli Ro‘ziyeva Zulfiya! Butun hayotingizni ilm sirlarini izchil o‘rganib, bilim cho‘qqilari sari harakat qilib, yaratuvchanlik, bunyodkorlik va yoshlarni zukkolik egalari bo‘lib yetishishlarida tinimsiz mehnat qilib kelmoqdasiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-58-47-sonli, farmonlarida belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarishda Sizning qilayotgan mehnatingiz alohida e’tiborga loyiq.
Siz o‘zingizning sermahsul ilmiy ijodingiz bilan minglab va undan ortiq shogirdlarni izingizdan ergashtira olgan mehribon va e’tiborli ustozsiz.
Sizni TATU Samarqand filiali jamoasi qutlug‘ 65 yoshingiz bilan chin yurakdan muborakbod etadi va kelgusidagi ta’lim, ilm-fan sohasining yuksalishda e’tiborga molik yo‘l-yo‘riq va ilmiy maslahatlaringiz uchun samimiy minnatdorchilik tuyg‘ularini izhor etishga ijozat bergaysiz.
Sizga avvalo, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, oilaviy xotirjamlik, ta’lim-tarbiya sohasidagi va bilim cho‘qqilarini o‘rganishdagi faoliyatingizda muvafaqqiyatlar tilaymiz.


TATU Samarkand fililai jamoasi nomidan

Hurmat va


ehtirom bilan Z.A.Karshiyev
Download 16.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling