Урока «Всемирный день чистоты» "Jahon tozaligi kuni" darsligi "


Download 117 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi117 Kb.
#1059681
TuriУрок
  1   2   3
Bog'liq
Йўриқнома узб


Пособие для урока «Всемирный день чистоты»

"Jahon tozaligi kuni" darsligi





Butunjaxon tozalik kuni”ga bag‘ishlangan darsni o‘tkazish uchun o‘qituvchiga yo‘riqnoma
Darsning maqsadi:

  • Maktab o‘quvchilariga sayyorani axlatdan tozalashda har kim o‘z hissasini qo‘shishi mumkin degan fikrni singdirish. Buning uchun o‘z uyi, sinfi, maktabi, ko‘chani toza saqlash kerak. “Toza, bu tozalangan joylar emas, balki axlat tashlanmaydigan joy”.

  • O‘quvchilarda chiqindilarni saralash axlat va atrof-muhitni ifloslanish muammosini hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Dars shakli: Dars interaktiv shaklda olib boriladi. Buning uchun bolalarga ma’lum bir mavzu bo‘yicha bilimlarni tushuntirish uchun savollar beriladi, ba’zilari esa qiziqish uchun motivatsiyasini oshiriladi. Javobni
2-3 ta o‘quvchidan eshitish va mazmunga o‘tish yetarli bo‘ladi. Aniqlik uchun slaydlar ko‘rsatiladi. Har bir slaydga o‘qituvchi uchun matn qo‘shiladi.
Dars davomiyligi: 35 daqiqa. Darsni jonli va optimistik tarzda o‘tkazing, shunda o‘quvchilar buni butun umr eslab qoladilar!
O‘QITUVChI UChUN YO‘RIQNOMA
2-slayd.
Xurmatli o‘quvchilar, bugun 18 sentyabr dunyo bo‘ylab barcha mamlakatlarda Tozalik kuni nishonlanayotganligi haqida bilasizmi? (o‘quvchilar 2-3-daqiqa savollarga javob berishadi).
Butunjaxon tozalik kuni – o‘zi yashovchi mahallada, tumanda tozalik yaratish g‘oyasini, fikrini amalga oshirish kunidir. Tozalik kunini o‘tkazish g‘oyasi 2008 yil Estoniyada paydo bo‘lgan. Unda 50000 nafar kungillilar (volonterlar) yig‘ilib, bir necha soat davomida o‘z yurtlarini bir qancha tonna chikindilardan tozalashga yordam berdilar.
O‘zbekistonda bu tadbir birinchi marta 2019 yilda o‘tkazildi. O‘tgan 2020 yilda esa, ko‘ngilli fuqarolar mamlakatimizning bir qancha maydonlarida va hiyobonlarida hasharlar o‘tkazishdi. 2021 yilda esa, biz bu tadbirni mamlakat bo‘ylab o‘tkazmoqdamiz.
Bugun, respublikamizning barcha maktablarida “18 – sentyabr - Butunjaxon tozalik kuni”ga bag‘ishlab ochiq darslar o‘tkazilmoqda. O‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarga chiqindilarni taqsimlash va ularni qayta ishlash haqida tushunchalar beriladi. Maqollarda aytilishicha “Uyi tozaga gard yuqmas, gard yuqsa ham, dard yuqmas”, “El sog‘ligi – yurt boyligi”. Tozalik haqida o‘ylash, qayg‘urish oiladan boshlanadi. O‘z uyingiz, mahallangiz, maktabingizning tozaligi haqida g‘amxo‘rlik qilishni, qaygurishni boshlang. Umid qilamizki, bugungi darsimizda har biringiz faol ishtirok etasiz. Uyga borganingizda esa, ota-onangizga , aka-uka, opa-singillaringizga, do‘stlaringizga bugun ko‘rganlaringiz va o‘rganganlariz hamda ona-yurtimiz, o‘lkamizning tozaligiga e’tibor berish muhimligi to‘g‘risida gapirib bering.

3-slayd. Agar chiqindilarni shunchalik tashlab yuborsak, ular qancha vaqt utgandan keyin chiriydi, bilasizmi? (o‘quvchilar 2-3 daqiqa savolga javob berishadi).
4-slayd.
Hozirgi kunda Yer sayyorasida, Yer ustida, suvlarda chiqindilar shu darajada ko‘payib ketganki, bu chiqindilar atrof muhitni zararlanishiga olib kelmoqda. Xayvonot olamida qirilishlar bulmoqda. Rasmlardagi xolat bunga misoldir.

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling