Urta asr Evropasi tarixida XI asr. Ilk o’rta asr davrida hunarmandchilik va mol ayirboshlash


Download 74 Kb.
bet3/3
Sana24.03.2023
Hajmi74 Kb.
#1293200
1   2   3
Bog'liq
XI asrda Yevropaning iqtisodiy taraqqiyoti G’arbiy Yevropa o’rta asr shaharining vujudga kelishi va uning ilk rivoji

Qishloq ahvolidagi o’zgarishlar. Shaharning qishloq bilan olib borgan savdo-sotiq aloqalari dehqonlar bilan feodallar o’rtasidagi munosabatlarni o’zgartirib yubordi. Dehqonlar qo’-lida pul paydo bo’ldi. Hamisha talabi va ehtiyoji o’sib borgan senor pulga doimo muhtojlik sezib, dehqonlarga obrokni qis-man pul bilan to’lattirishga harakat qildi. Dehqonlarni pul bilan obrok to’lashga ko’chirish kelajakda krepostnoylarni as-ta-sekin shaxsiy ozod bo’lishga olib keldi.
Ammo XI asrda bu jarayon endigina boshlangan edi. Feodal-larning pul rentasi haqidagi talabiga dehqonlar ko’pincha yana <3ir ortiqcha dahmaza deb qarardilar. Qishloqning ishlab chiqa-ruvchi kuchlari bir qadar yutuqqa erishgan bo’lishiga qaramay, bu ishlab chiqaruvchi kuchlar hamon past darajada qolib kel-moqda edi. Shaharning qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji qiyinchilik bilan qondirilardi. Qishloq aholisi so-nining o’sib borishi qo’shimcha erlarga ehtiyojni yanada oshirar-di. Ilgari daraxtzorlar hamda shox-shabbalardan tozalangan va haydalib ekin ekiladigan erlar endi etishmay qoldi. Qish-loqda er qahatchilngi sezilmoqda edi.
Shu munosabat bilan G’arbiy Evropada kolonizatsiya qilish -{boshqa erlarga ko’chib borib uni egallash) keng tue oldi. XI asrda o’rmonlardagi daraxtlarni kesib er ochish va bo’sh yotgan •erlarni ishga solish Evropaning deyarli barcha mamlakatlarida aktual vazifa bo’lib qoldi. Bungacha xalq ko’chib borib o’rnashmagan yoki kam o’rnashgan «taqir» erlarda yangi qishloq va ovul-lar paydo bo’ldi. Uz daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo’lgan feodallar bu «ichki kolonizatsiya»ga homiylik qiladi-lar. Yangi erlarga ko’chib borib o’rnashgan odamlar, ba’zan, olis erlardan qochib kelgan krepostnoylar bo’lib, mahalliy feodal­lar hali ochilmagan qo’riq erlarga joylashtirish uchun ularni bajonu dil qabul qilib olardilar.
«Ichki kolonizatsiya» ba’zi hollarda «tashqi kolonizatsiya» ga aylanadi. Shu jumladan, Evropa dehqonlarining birinchi salib yurishlarida qatnashishi bir qism G’arbiy Evropa dehqon­larining sharqda erga ega bo’lib olish va, ayni zamonda, kre­postnoy qaramlikdan ozod bo’lish kabi ba’zy orzu-umidlar bilan bog’langan edi. Kolonizatsiya payti X—XI aerlarda Pire­nei yarim orolidagi ispaniyalik xristian xalqlarning arablar-ga — mavrlarga qarshi olib borgan kurashida yaqqol namoyon bo’ldi. Elba daryosining orqa tomonidagi slavyan erlari terri-toriyasini nemislar tomonidan kolonizatsiya qilish ham X—XI aerlarda boshlangan edi.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. «Tarixiy xotirasiz kelajak yuk» T., 1998 y.
2.Gulomov Ya.G. «Xorazmning sugorilish tarixi» T., 1959 y.
3 Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Tuzuvchi B. V. Lunin. T., 1984 y.
4.Jabborov I.M. «Uzbek xalki etnografiyasi». T., 1994 y.
5 Sa’dullaev A.S. «Kultura yuga Sredney Azii 7-4 vv. do n.e.» T., 1987 y.
6.Kabirov J., Sa’dullaev A. «Urta Osiyo arxeologiyasi» T., 1990 y.
7.Uzbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. 1997 y.
Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling