Urta asr Evropasi tarixida XI asr. Ilk o’rta asr davrida hunarmandchilik va mol ayirboshlash


Hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi


Download 74 Kb.
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi74 Kb.
#1293200
1   2   3
Bog'liq
XI asrda Yevropaning iqtisodiy taraqqiyoti G’arbiy Yevropa o’rta asr shaharining vujudga kelishi va uning ilk rivoji

Hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi, avvalo, dalalardagi deh-qonchilikning serhosil bo’lishi, shuningdek hunarmandchilik texnikasining rivoj topa borishi tufayli hunarmandchilik as-ta-sekin alohida bir kasbga, kishilar ayrim gruppasining asosiy mashg’ulotiga aylandi. Endilikda hunarmand o’z vaqtini butunlay hunarga sarflaydigan bo’ldi. U qishloq bilan aloqa-sini butkul uzib, ishlab chiqarish sharoitlari (xom ashyosi bor va ishlangan molni bozorga chiqarib sotish imkoniyati, hayoti va mol-mulki ma’lum darajada xavf-xatarsiz hamda aloqa yo’llari qulay bo’lgan va hokazo) eng qo’l keladigan yangi, doi­miy joyga ko’chib bordi. X—XI asrlarda Evropada turli hunar-lar orasidan mustaqil kasb bo’lib ajralib chiqqan ikkita hu-nar: temir buyumlar yasash (tug’ilib kelayotgan metallurgiya) va movut to’qish (jun gazlamalar ishlash) ayniqsa katta-ahamiyat kasb etgan edi. Temir asboblar qishloq xo’jaligida ham (omoch tishi, plug, mix, belkurak va hokazo), shuningdek harbiy ishda ham (temir qalqon, qilich, nayza, dubulg’a va shunga o’xshgsh ri-tsarlik qurol-yarog’lari) talab qilinardi. Movut to’qishning o’sib borishi Evropada ancha noqulay (va shu bilan birga qim­matbaho) mo’ynadan tikilgan kiyimni, qisman esa sifati jihatidan sovuq mavsumga uncha to’g’ri kelmaydigan zig’ir tola-sidan tikilgan kiyimni siqib chiqargan jundan tikilgan kiyimning raem bo’lishi bilan bog’liqdir. «Qo’y zyg’irpoyadaa g’olib chiqdi», degan xalq maqollaridan biri bu iqtisodiy faktni ana shu tariqa ifodalagan edi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish kuchlari o’sganligidan dalolat beruvchi qo’ychi-likning rivoj topishi yangi sano.atni 'mustahkamlash uchun zaru-riy baza bo’ldi. Germaniyaning Reyn va Yuqori Dunay bo’yi okrug-lari metallurgiya sanoati ilk taraqqiy etgan rayonlardan biri bo’ldi. Flandriya, Frislandiya va Shimoliy Italiya movut to’qish sanoatining eng ko’hna o’choqlari deb hisoblanadi. Qysh-loq xo’jaligidan ancha burun ajralib chiqqan boshqa hunarlar-orasida kulolchilik, ko’nchilik (egar-jabduq yasash va poyabzal-chilik) va turli xildagi binokorlik (mohirona g’isht terish, duradgorchilik, tomga tunuka-cherepitsa yotqizish va hokazo) bo’lgan.
Uzining maxsus ishlab chiqarishida band bo’lgan hunarmand. o’qigan, malakali master bo’lishi kerak edi. Bunday hunarmand-chilik bozor orqali iste’molchiga ^izmat qilishni maqsad qi-lib qo’yar. zdi (lekin dastlabki paytlarda bu erda ham yakka buyurtmachilarga ishlash hodisalari yo’q emas edi). Hu tariqa,. hunarmand mayda mol ishlab chiqaruvchiga aylandi. Pirovar-dida, u dehqonchilik bilan aloqasini uzib, faqat shahar hu-narmandigina bo’lib qoldi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi va uning qishloq xo’ja­ligidan ajralib chiqishi asosida Evropada- o’rta asr shahari maydonga keldi.
Shaharlarning kelib chiqishi. XI aerdan oldin ham Evropada shaharlar bor edi.' Shaharlarning ko’pchiligi Rim davridan o’r­ta aerga meros bo’lib qolgan. Italiyada, Frantsiyada, Angliyada, G’arbiy va Janubiy Germaniyada, shuningdek, Ispaniyada bun­day shaharlar oz emas edi, chunonchi: Italiyada — Rim, Floren­tsiya, Milan, Neapol, Frantsiyada — Parij, Lion, Marsel, Bordo, Angliyada — London, Vinchester va Iork, Germaniyada — Aaxsn, Trir, Maynts, Augsburg, Regensburg, Ispaniyada — Bar­selona pa Saragosa va hokazo. Biroq bu shaharlar ilk o’rta asr davrida sapoat ishlab chiqarishi va savdo-sotiq markazlari bo’lmagap. Bular dunyoviy va ruhoniy feodallarning reziden-tsiyalari yoki qal’alari bo’lgan. Feodallarning mulozimlari yoki xizmatkorlari bo’lib xizmat qilmagan shaharliklar, deh-qonlar sipgari, odatda, dehqonchilik bilan shug’ullangan. Ko’h­na Rim shahri territoriyasining o’zida qisman aholi o’rnashgan edi. Huiarmaidchilikning rivojlanishi va uning qishloq xo’­jaligidan ajralib chiqishi bilan eski Rim shaharlari gavjum-lashdi va ko’plab yapgi shaharlar paydo bo’ldi. Marks bilan Engels o’zlarining birgalashib yozgan «Nemis ideologiyasi» degan ilk asarlarida «Har bir millat ichidagi mehnat taqsi-moti, hammadan burun sapoat va savdo mehnatining dehqonchilik mehnatidan ajralishiga va shu bilan shaharning tsshi~ lotsdan ajralishiga hamda shahar manfaatlari bilan qishloq manfaatlarining bir-biriga qarama-qarshi bo’lishiga olib ke-ladi»1,—deb yozgan edilar.
Dehqonlarning feodallar ekspluatatsiyasiga qarshilik ko’r-satishining tobora o’sib borishi shaharlarning rivojlanishiga katta yorda;M qildi. Pomeshchiklarning er-mulklaridan qochib' ketgan krepostnoilar vujudga kela boshlagan shaharlarning dastlabki mehnatkash aholisini tashkil qildilar.
Yangi shaharlar turli joylarda: feodallarning qaerlari tevaragida (chunonchi, hozirgi G’arbiy Evropa shaharlarining nomlarida tez-tez uchrab turadigan —«burg» qo’shimchasi — Strasburg, Augsburg, Freyburg, Gamburg, Brandenburg va hoka­zo), monastirlar tevaragida (bunday shaharlarning nomi odatda «sankt», «san», «sen» («svyatoy») so’zlari bilan boshlanadi, ma-salan, Sen-Jermen, Sent-Albans, Sankt-Gallen, Sant-Yago va b.), ba’zan daryolardan kechib o’tiladigan qulay joylarda (Angliyada Oksford va Kembridj, Germaniyada Mayn daryosi bo’yidagi Frankfurt va Odra daryosi bo’yidagi Frankfurt shaharlari, Niderlandiyada Bryugge («ko’prik» shahari va hokazo) vujudga keldi.
Iqtisodiy markaz bo’lgan shaharning, vaqt o’tishi bilan, atrofdagi rayonlar uchun ahamiyati tobora ortib bordi. Shahar hunarmandlari shahar bozoriga muntazam kelib turadigan deh-qonlarni o’z sanoat buyumlari bilan ta’minlab turardilar. Shaharliklar esa, dehqonlardan qishloq xo’jalik xom ashyosi sotib odardi. Shunday qilib, shahar bilan qishloq o’rtasidagi mehnat taqsimoti doimo davom qilib turadigan uzviy bir ho-lat kasb etdi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi bo’lgan shahar qishloqni savdo oborotiga tortib, unda ham tovar-pul munosabatlariniig rivojlanishiga yordam qildi.
Xalqaro savdoning rivojlanishi. XI aerga kelib shaharlar faqat qo’shni qishloqlar bilangipa savdo-sotiq qilmay, balki ularning ko’plari ancha keng savdo-sotiq aloqalari ham bog’la-dilar. Bu shaharlar bir-birovlari bilan zo’r berib aloqa qi-lishlaridan tashqari, Vizantiya va Arab Sharqining ayrim sav­do markazlari bilan ham savdo-sotiq aloqalari bog’ladilar. Urta dengiz bo’yida katta savdo-sotiq ishlari olib borgan sha­harlar orasida ayniqsa Italiyaning Genuya, Amalfi, Piza, Ve­netsiya singari shaharlari alohida ajralib turardi. Venetsiya bilan Genuya avvalroq katta savdo floti qurdilar. Bu shahar-larning aholisi tez o’oib bordi. Bu shaharlarda boy savdogar-larning yuqori tabaqasi maydonga kelib, u hokimiyatni o’z qo’li-ga kiritib oldi. Sharq bilan savdo-sotiq qilishda janubiy Frantsiya shaharlari: Marsel, Arl, Narbonna ham qatnashdi- lar. Kataloniya markazi Barselona shahari Urta dengiz bo’yi savdosida aktiv rol o’ynadi.
Urta dengiz bo’yi rayonidan tashqari, XI asrda Evropa sav-dosining ikkinchi bir rayoni — Shimoliy dengiz bo’yida marka­zi Niderlandiya bo’lgan mamlakat ham ajralib chiqdi. Agar italyan, janubiy frantsuz va Kataloniya savdogarlari savdo-•sotiqda asosan vositachilik rolini o’ynagan bo’lsalar (italyan, frantsuz va ispan savdogarlari Sharqdan kelgan tovarlarni so-tib olib, so’ngra ularni Evropa mamlakatlariga olib borib lullardilar), Niderlandiya, shimoliy frantsuz va Reyn bo’yida-gi nemis savdogarlari, shuningdek, Shimoliy Italiya shahar­lari keng xalqaro savdo-sotiq olib borish uchun hunarmandchi-lik mahsuloti ishlab chiqaradigan maxsus bazalariga ega edi-lar. Niderlandiyada va Germaniyada — Gent, Bryugge, Ipr, Ar-ras, Bryussel, Kyoln shaharlari, Italiyada — Milan va Floren­tsiya shaharlari bu masalada etakchilik rolini o’ynadilar. Ammo Shimoliy dengiz va Baltika dengizi bo’yidagi shaharlarga. nis-batan Urta dengiz bo’yi shaharlari bu ilk davrda, ya’ni X—XI sa hattoki XP aerlarda savdo-sotiq ishlarvda hukmroi vaaiyat-ni egallagan edilar. Sharqdan keladigan mahsulotlar qimmat-baho tovarlar bo’lib, ularning bir qismini yuqori sifatli <5uyum sifatida Yaqin Sharq mamlakatlari etkazib turardi va u mahalda G’arbiy Evropa bu buyumlarni ishlab chiqara bil-masdi.

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling