Urug‘chi, uning yetilishi va tuzilishi
Murtak xaltasining hosil bo‘lishi va uning tuzilishi
Download 455.09 Kb.
|
Notfif7f77
Murtak xaltasining hosil bo‘lishi va uning tuzilishi. Hosil bo‘lgan to‘rtta megosporalar dastlab bir tik qatorda joylashib, deyarli bir xil o’lchamga ega bo’ladi. Keyinchalik ularda notekis o’sish kuzatiladi, shundan uchtasi erib ketadi, qolgan bittasi ya’ni xalaza tomonda joylashgani rivojlanib, katta o’zgarishlarga uchrab, natijada murtak xaltasini (qopchasi) hosil qiladi. Ba’zan bitta urug‘kurtakda bir nechta murtak xaltasi hosil bo‘lsa ham ularning hammasi ham yetilavermaydi. Urug‘kurtakda ikki yoki ko‘proq murtak xaltasining hosil bo‘lishi soxta poliembrioniya hodisasiga olib kelishi mumkin.
Murtak xaltachasi hosil bo’lishini tavsiflashning bir necha xillari mavjud murtak xaltachasi hosil qilishda ishtirok etuvchi megrosporalar miqdoriga ko’ra murtak xaltachasi 3-guruhga bo’linadi: 1.Bir sporali – monosporali murtak xaltachasi 2. Ikki sporali - bisporali murtak xaltachasi 3. To’rt sporali –tetrasporali murtak xaltachasi (82-rasm). 6-rasm. Yopiq urug’lilarda megasporogenez va megagametagenez: 1-ona spora hujayrasi; 2-6-murtak xaltasining asosiy rivojlanish bosqichlari; 7-yetilgan murtak xaltasi.
Uchinchi bo‘linishdan so‘ng murtak xaltasining qarama-qarshi tomonlarida hujayralar shakllanadi. Bu jarayon quyidagicha o‘tadi: murtak xaltasining mikropilyar qismida tuxum apparati shakllanadi va unda uchta hujayra bo‘ladi. Markazidagi bitta hujayra ikki yon tomonda joylashgan hujayradan kattaroq bo‘lib, uni tuxum hujayra deyiladi. Tuxum hujayra atrofida joylashgan qolgan 2 ta hujayrani sinergidlar deyiladi. Murtak xaltasining xalaza tomonida joylashgan 3 ta hujayrani antipodlar deyiladi. Bundan tashqari mikropile tomonda bitta yuqori qutb yadrosi va pastki xalaza tomonda bitta janub qutb yadrosi bo‘ladi. Bu qutb yadrolar murtak xaltasining markaziga kelib qo‘shilib murtak xaltasining ikkilamchi yadrosini hosil qiladi. Ikkilamchi yadro diploidli bo‘ladi. Shunday qilib shakllangan yetilgan murtak xaltasida 8 ta yadro (hujayra) bo‘ladi. Murtak xaltasining ana shunday hosil bo‘lish usuli murtak xaltasining normal rivojlanishi deyiladi va u deyarlik barcha yopiq urug‘li o‘simliklarda uchraydi. Ana shu holatdagi murtak xaltasi gulli o’simliklarning urg’ochi jinsiy nasli gametofitdir. 7- rasm. Megasporogenez va murtak xaltasining shakllanishi: 1 – arxesporial hujayra; 2- urug‘chi va urug‘kurtakni rivojlanishi; 3-6 – megasporogenez; 3 – megaspora; 4 – 5 – meyoz bosqichlari; 6 – megasporalar tetradasi; 7 – bitta megasporaning rivojlanishi; 8 – 13 – murtak xaltasining shakllanishi (megagametogenez); Sinergidlar tuzilishi va o‘lchami jihatidan bir-biriga o‘xshaydi, ular noksimon yoki cho‘zilgan shaklda bo‘ladi. Sinergid yadrolari hujayraning yuqori sitoplazma joylashgan qismida, pastki tomonida esa vakuol rivojlanadi. Sinergidlar juda tez o‘sadi va differensiatsiyalanadi. Tuxum hujayra sinergidlardan kattaroq, bo‘lib, cho‘ziq yoki noksimon shaklda bo‘ladi. Uning yadrosi katta bo‘lib ostki qismida vokuolasi esa yuqori qismida joylashadi. Tuxum hujayra sitoplazmasi keskin qutblangan. U o‘ta murakkab tuzilishga ega bo‘lib, organizm uchun xos bo‘lgan rasmiy belgilarning ko‘pchiligi shunda mujassamlangan. O‘zining irsiyatiga ko‘ra tuxum hujayra hatto bir turga mansub individlarda ham bir-biridan farq qiladi. Tuxum hujayra sitoplazmasida mitoxondriyalar, plastidlar (leykoplastlar), kraxmallar va lipidlar ko‘p bo‘ladi. Download 455.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling