Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘G‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida


Download 0.66 Mb.
bet3/5
Sana19.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1102659
1   2   3   4   5

Makkajo’xori va esparsetda bu davr juda qisqa – bir necha kun, bug’doy, arpa, tariq, kungaboqar, g’o’zada – 30-40 kun va undan ham uzoqroq bo’lishi mumkin. Urug’lar quritilib, oftobga yoyilsa hosilni yig’ishtirishdan keyingi pishish tezlashadi. Urug’lardagi bu xususiyat turni saqlab qolishdagi muhim ekologik moslanishdir.

  • Makkajo’xori va esparsetda bu davr juda qisqa – bir necha kun, bug’doy, arpa, tariq, kungaboqar, g’o’zada – 30-40 kun va undan ham uzoqroq bo’lishi mumkin. Urug’lar quritilib, oftobga yoyilsa hosilni yig’ishtirishdan keyingi pishish tezlashadi. Urug’lardagi bu xususiyat turni saqlab qolishdagi muhim ekologik moslanishdir.
  • Urug’larning alohida tipdagi tinim davri – qattiq urug’ shakli­dir. Bunday tinim davri dukkaklilarda ayniqsa, dukkakli o’tlarda kuza­ti­ladi. Qattiq urug’ laboratoriya sharoitida o’stirilganda po’stini suv o’tkazmasligi tufayli bo’rtmaydi, hajmi kattalashmaydi. Havo quruq va issiq sharoitda pishgan urug’larda qattiq urug’lar ko’p hosil bo’ladi, salqin, sernam havoda esa aksincha. Urug’lar po’stini jarohatlab ekishga tayyorlashga skarifikasiya deyiladi.
  • Dukkakli ekinlar urug’ining po’sti zich bo’lganligi uchun ular 100 yilgacha tirik saqlanishi mumkin. Bug’doy, arpa, suli, makkajo’xori, sho­lida bu ko’rsatkich 5-10 yil, biologik tirikligi 15-30 yil davom etadi.
  • Dala unuvchanlik urug’larning dala sharoitida aniqlangan unuvchan­ligidir. Urug’larning dala unuvchanligi laboratoriya unuvchan­likdan farq qilib ekilgan unuvchan urug’larga nisbatan hisoblanadi. Dala unuvchanlik hamisha laboratoriya unuvchanligidan past bo’ladi. Urug’larning dala unuvchanligi urug’larning sifatiga, agrotexnik sharo­itga, ekologik omillarga bog’liq bo’ladi.
  • Donli ekinlarning dala unuvchanligi 65-85 % bo’lsa, qand lavlagi va ko’p yillik o’tlarniki undan ham past bo’ladi.
  • Urug’larning o’sish energiyasi, laboratoriya unuvchanligi, o’sish kuchi yuqori bo’lsa urug’larning dala unuvchanligi shuncha yuqori bo’ladi. Tup­roqda nam yetarli bo’lmasa, ekish juda erta yoki kech o’tkazilsa urug’larning dala unuvchanligi pasayib ketadi. Urug’lar mexanik ja­rohatlanganda ham dala unuvchanlik kamayadi, bunday hollarda urug’larni dorilash bu kamchilikni bartaraf qiladi (infeksiyani yo’q qiladi).
  • Yirik urug’larda dala unuvchanligi yuqori bo’ladi. YUqori, shu­ning­dek, past harorat, begona o’tlar, zararkunandalar, namlikning yetish­mas­ligi, urug’ni juda chuqur yoki yuza ekish, tuproqning zichlanmas­ligi ham urug’lar dala unuvchanligini pasaytiradi. Dala unuvchanlik ekolo­gik va agrotexnik omillarga bog’liq holda 17 % dan 80 % gacha o’zgarishi mum­kin.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling