Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘G‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida


URUG’LIKNING SIFAT KO’RSATKICHLARI


Download 0.66 Mb.
bet4/5
Sana19.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1102659
1   2   3   4   5

URUG’LIKNING SIFAT KO’RSATKICHLARI

  • URUG’LIKNING SIFAT KO’RSATKICHLARI
  •  «Qishloq xo’jalik ekinlarining urug’i, sifatini aniqlash usul­lari» kitobida urug’lar sifatini aniqlash usullari bo’yicha davlat standartlari belgilangan. «Urug’larning navdorlik va ekinboplik si­fatlari» kitobida hamma dala ekinlarining sifatiga qo’yilgan talab­lar keltirilgan: tozalik, namlik, urug’lar kasalliklari va boshqa ko’rsatkichlar.
  • Ekinboplik sifatlariga ko’ra urug’lik sinflarga bo’linadi. Urug’lik uchun ekilgan dalalarda faqat I sinf urug’lar, ishlab chiqarishda I va II sinf talablariga javob beradigan urug’lar ekiladi. Ko’pgina ekinlar uchun I sinf urug’larda unuvchanlik 95 %, tozaligi 99 % dan kam bo’lmasligi kerak, III sinf urug’lari ayrim hollardagina umu­miy ekin­zorlarga ekish uchun ruxsat etilishi mumkin.
  • O’zbekistonda urug’lik sifatlarini aniqlashni «O’zDavurug’nazo-ratmarkaz» va uning viloyat hamda tumanlardagi bo’limlari amalga oshi­radi.
  • Urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifatlariga ekologik hamda agrotexnik omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Urug’lik yetishtirila­yotgan mintaqa va ob-havo sharoiti ekologik omillarning asosini tash­kil qiladi.
  • Urug’lik ob-havo sharoiti qulay, unumdor tuproqli dalalarda yetish­tirilishi maqsadga muvofiq.
  • O’zbekiston sharoitida sug’oriladigan yerlarda yetishtirilgan urug’lik sifati lalmikorlikda yetishtirilgandagiga nisbatan yuqori bo’ladi. Ko’plab o’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, mahalliy sha­ro­itda yetishtirilgan urug’lar boshqa mintaqa yoki respublikadan kelti­ril­gan urug’larga nisbatan yuqori hosil yetishtirishni ta’minlaydi.

Ekish me’yori va usullari bilan tup qalinligi boshqariladi. ekish me’yori oshirib borilishi bilan o’simlikning tuplanishi, shoxla­nishi, mahsuldorligi, 1000 urug’ massasi kamayadi, ammo hosildorlik or­tishi mumkin. Bunday holda hosil asosan bosh poya hisobidan shaklla­nadi, donlar bir tekis bo’ladi.

  • Ekish me’yori va usullari bilan tup qalinligi boshqariladi. ekish me’yori oshirib borilishi bilan o’simlikning tuplanishi, shoxla­nishi, mahsuldorligi, 1000 urug’ massasi kamayadi, ammo hosildorlik or­tishi mumkin. Bunday holda hosil asosan bosh poya hisobidan shaklla­nadi, donlar bir tekis bo’ladi.
  • Siyrak ekinzorda (keng qatorlab, lentali) tuplanish kuchayadi, ik­kinchi va navbatdagi poyalar hosil bo’ladi. Ularda don soni, 1000 urug’ massasi kam bo’ladi, ammo bitta o’simlikning mahsuldorligi ortadi.
  • Eng sifatli urug’ maksimal hosil shakllanishigacha hosil bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy sug’oriladigan yerda gektariga 4 mln. unuvchan urug’ ekilganda, ekish me’yori 6,0 mln va 2 mln bo’lgandagiga nis­batan sifatli urug’ beradi, ammo maksimal hosil ekish me’yori 6,0 mln bo’lganda kuza­tilgan. Bug’doy, oddiy qatorlab ekilganda tor qatorlab, keng qatorlab va sochib ekilgandagiga nisbatan hosildorlik hamda ekin­boplik sifati yuqori hosil yetishtirilgan. Optimal ekish me’yori tovar don yetishti­rishdagi me’yorga teng yoki undan 10-15 % kam bo’lishi maqbul ekanligi aniqlangan. Keng qatorlab ekish urug’ (yangi nav)ni ko’paytirishda qo’llaniladi.
  • Ekish muddatlari ham urug’ sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. ekish muddati o’simlikning me’yorida rivojlanishi, qishlab chiqishi uchun qulay sharoit yaratishi lozim. Bahori ekinlar tuproq yetilishi bi­lan ertaroq ekilsa, kechki bahori ekinlar yer muzlash xavfi tugashi bilan ekiladi.
  • O’g’itlashda o’simlik hamma oziqa elementlari bilan to’la ta’min­langan bo’lishi, yuqori sifatli urug’ yetishtirish kafolatlanishi zarur. Amaliyotning ko’rsatishicha azotli o’g’itlar hosildorlikni oshirsada don sifatini oshirmaydi (1000 urug’ massasi kamayadi, mayda, puch urug’lar ko’payadi). Fosforli o’g’itlar urug’ mahsuldorligini, urug’larning ekin­bop­lik va hosildorlik sifatlarini oshiradi, noqulay omillarga chi­damliligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling