Урумсарой и=тисодиёт коллежи педагогик кенгашининг
Download 151.06 Kb.
|
4 мактаб маънавият кенгаш йигилиш баени 2022 26 05 46 maktab 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yosh kitobxon”
- “Menning oilam”
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Eng muhim 5 ta tashabbus” ijrosi yuzasidan maktabda amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli to`g`risida.
Tayyoyladi : Sh.Qodirov Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanhatning boshqa turlariga qizikishlarini oshirishga, istehdodini yuzaga chiqarish maqsadida maktabdagi istehdotli o`quvchilarni aniqlash yuzasidan so`rovnomalar o`tkazilib, turli xil tadbirlarni tashkil etish orqali o`quvchilarning o`z istehdotlarini namoyish etishlariga yaqindan ko`maklashib kelinmoqda. Maktabda tashkil etilgan musiqa to`garagi faoliyatini o`rganilib, to`garak faoliyatini yaanada jonlantirish maqsadida kerakli tavsiyalar berildi. Maktab o`quvchilari orasida musiqada, san`atda o`z iste`dodni namoyon qilgan o`quvchilarni choraklar yakunidagi ertalabki saflanishlarda,ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda maktab ma`muriyati tomonidan taqdirlanib borildi. Shuningdek, maktabda o`quvchilarni karantin vaqtlarini yanada sermazmun o`tkazish, o`quvchi-yoshlarni ma`naviyatini yuksaltirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqildi hamda bu bo`yicha sezilarli ishlarni amalga oshirilib kelmoqda. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot va boshqa turlariga qizikishlarini oshirishga, iste`dodini yuzaga chiqarish yuzasidan maktabda tashkil etilgan musiqa to`garagi faoliyatini yanada rivojlantirish va musiqa chalish asboblari bilan boyitish, tashabbuskor ,iste`dodli yoshlardan 12 nafarini jalb etgan xolda musiqa fani o`qituvchisi X.Axmatjonova rahbarligida maktabda badiiy xavaskorlik jamoasini yoshlar musiqa to`garagini tashkil qilindi.Iste`dodli o`quvchilarni jonli ijrodagi ijod namunalari onlayn tarizda sinflarni ijtimoiy tarmoqlar berib borildi.Shuningdek yosh rassomlarning ijodiy ishlari onlayn tarizda namoyish etib borildi. Maktabda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni joriy qilish maqsadida tashabbuslar yo`nalishlari bo`yicha 12 ta to`garaklar tashkil etilgan,o`quvchilar bilan ishlar olib borilmoqda. Xumdon MFY bilan hamkorlikda “Yangi O`zbekiston-yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi.Tadbirda karantin talablari qattiy roiya qilgan holda o’tkazildi. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur shart sharoitlar yaratish maqsadida o`quvchi-yoshlarning jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublarini joriy etish, bolalar sporti bo`yicha maktabdagi ustozlar xamkorligida davra suhbatlari o`tkazildi. Aprel oyida o`quvchlar o`rtasida sportnng voleybol turidan maktab o`g`il bolalar va qizlar terma jamoasi tuman bosqichi g`olibi bo`lib viloyat bosqichiga yo`llanma oldilar. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur shart sharoitlar yaratish maqsadida maktabda tashkil etilgan telegram guruhlarida sportning foydali tomonlari haqida sport bilan muntazam shug`illanish kerakligi yuzasidan tavsiyalar berib kelinmoqda. Karantin davrida ham sinflar uchun maxsus tashkillangan telegram ijtimoiy tarmog`i orqali badantarbiya mashqlari va jismoniy topshiriqlar berib borildi. O`qituvchilar bilan xamkorlikda Sarabekov soatbek boshchiligida “Onlayn shaxmat” to`garagi faoliyat olib bordi. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o`rtasida kompg’yuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida informatika xonalarining jixozlanishini ko`zdan kechirilib, kerakli qo`shimcha vositalar bilan ta`minlash choralarini ko`rildi. O`quvchilarning o`z iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida “Men yosh dasturchiman” nomli tanlovlari o`tkazilib kelinmoqda. Shuningdek, o`quvchi-yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida maktabda qo`shimcha to`garak mashg`ulotlari yo`lga qo`yilib, ushbu to`garaklarga 25 nafar, uyushmagan yoshlardan esa 12 nafar yoshlar qamrab olindi. O`quvchi-yoshlarning aqliy rivojlanishini ta`minlash, ularning bo`sh vaqtlarini yanada mazmunli o`tkazish hamda o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida informatika fani o`qituvchilari tomonidan darsdan bo`sh vaqtlarda o`quvchilar uchun ta`limiy kompyuter o`yinlari chempionatlari tashkil etilib, g`olib o`quvchilar munosib ravishda taqdirlanib kelinmoqda. Shu bilan birga o`quvchilar uchun ”Yosh ixtirochilar” to`garaklar faoliyati yo`lga qo`yildi. O`quvchi yoshlarini kasbga yo`naltirish, o`qishga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida internet tarmog`laridan foydalanish yuzasidan tashkil etilgan to`garaklarda o`quvchilarga ma`lumotlar berib borilmoqda. Bir millon dasturchi bo`yicha o`quvchi va o`qituvchilar onlauyn ta`lim oldilar. O`quvchilar o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish maqsadida maktab kutubxonachisi Sh.Ergashaliyeva rahbarligida “Yosh kitobxon” to`garagi tashkil etilib, 32 nafar istedodli va iqtidorli o`quvchilar qamrab olindi. Shuningdek maktab o`quvchilarini qolgan qismini ham targ`ib qilish maqsadida Yoshlar ittifoqi sardorlari tomonidan targ`ibot tadbirlari tashkil etildi va har kuni uchun navbatchi o`quvchilar biriktirilib, ular tomonidan badiiy kitoblarni audio nusxalari tinglovchilar uchun qo`yib eshittirildi. Kitobxonlikni keng targ`ib qilish maqsadida karantin davrida Farg`ona viloyat xokimligi xamkorligida viloyat ARM tomonidan tashkil etilgan “Kitobxon o`quvchi”,”Kitobxon ota”,” Kitobxon ona” tanlovlarida faol ishtirok etilib,sovrinli o`rinlarni qo`lga iritildi. Maktab kutubxonachisi G.Rahmatullayeva tomonidan o`quvchilar o`rtasida kitobxonlik madaniyatini targ`ib qilish maqsadida karantin davrida sinflar uchun telegramm ijtimoiy tarmog`ida tashkil etilgan guruxlarga badiiy adabiyotlarni elektron va audio nusxalari yuborildi. Shuningdek 1-4 sinflar uchun “Ertakchi bolajon”, 5-11 sinflar uchung “Mening hikoyam” tanlovlari onlayn tarizda tashkillandi. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta`minlash, ayniqsa o`quvchi-qizlarning mustaqil hayotga tayyorlash, ularda boshqaruv va rahbarlik qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida maktab xotin-qizlar qo`mitasi faoliyatini qayta o`rganib chiqilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan aniq takliflar berildi. O`quvchi-qizlarning mustaqil hayotga tayyorlash, ularning bo`sh vaqtlarini sermazmun o`tkazish maqsadida 7- sinfdan boshlab kasb –hunarga yo`naltirish maqsadida kasblar oyligi o`tkazilmoqda. 10-11 sinf o`quvchi-qizlarni hayotga tayyorlash, ularni kerakli hunarlarni egallashi uchun yanada yaqindan ko`maklashish maqsadida Istiqbol MFYda joylashgan hunarmand oilalarga jami 6 nafar o`quvchi-qizlar “Ustoz - shogird” anhanasiga muvofiq biriktirildi. Maktabning 8-11 sinf o`quvchi qizlari o`rtasida maktab amaliyotchi psixologi G.Oripova boshchiligida qiziqishlarini aniqlash maqsadida tanlagan kasbim mavzusida so`rovnomalar o`tkazildi . Davra suxbati shaklida “ Baxtli insonlarning 7 ta maxfiy siri” mavzularida suxbatlari tashkil etildi. O`quvchi-qizlarda xayotiy ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida “Menning oilam” mavzusida maktab xotin-qizlar qo`mitasi raisi M.Soxibnazarovava Xumdon mahalla xotin qizlar maslihatchisi ishtirokida trening o`tkazildi. Ushbu treninga jami 18 nafar 10-11 sinf o`quvchi-qizllari jalb etildi. Maktabda tashkil etilgan “Moxir qo`llar” to`garagi onlayn shakda faoliyat olib bormoqda. Download 151.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling