Урумсарой и=тисодиёт коллежи педагогик кенгашининг
Download 151.06 Kb.
|
4 мактаб маънавият кенгаш йигилиш баени 2022 26 05 46 maktab 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- targ`ibot tadbirlari o`tkazildi. 2021 yilning I-choragi davomida xaftaning ‘ayshanba kuni "Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni
Voyaga yetmaganlar o`rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan manzilli profilaktik tadbirlarni tashkil etilishi to`g`risida
Tayyoyladi : Sh.Qodirov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2O17 yil 14-mart kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2834-sonli qarori ijrosini ta`minlash yuzasidan maktab direktorining 2O2O yil 5-sentabrdagi 48-sonli buyrug`i , chora-tadbirlar reja ishlab chiqildi va 7 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi. 2021-2022o`quv yilining I yarim yilligi davomida maktabda voyaga yetmaganlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, diniy aqidaparastlik va turli diniy oqimlar tahsiriga tushib qolmaslikka qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi va davom etmoqda. Ishchi guruh tomonidan olib borilayotgan amaliy tadbirlarni Nizom asosida olib borilishiga alohida e`tibor qaratish lozimligini, bizning birinchi galda amalga oshiradigan vazifamiz o`quvchilarga yanada nazoratni kuchaytirish, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14-mart kungi ”Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2834-sonli qarori bo`yicha amalga oshirilishi kerak bo`lgan vazifalarni bajarish, har bir sinf rahbar o`z sinf soatlarida bu qaror haqida tushintirish va suhbatlar uyushtirish kerakligi aytib o`tildi. 2021 yil 25 senyabrdan 25-oktabrgacha “Yoshlar va voyaga yetmaganlar o`rtasida huquqiy madaniyat va axloq –odob oyligi ”ni o`tkazish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar asosida targ`ibot tadbirlari o`tkazildi. 2021 yilning I-choragi davomida xaftaning ‘ayshanba kuni "Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni"ni samarali tashkillash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.Belgilangan rejaga asosan o`quvchilarning kunlik davomati onlayn va an`anayiy shakilda nazorat qilib borildi. O`quvchilar o`rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish sog`lom turmush tarzini targ`ib etish maqsadida “Jaholatga qarshi ma`rifat ” tanlovini (insho,rasm, shehr) o`tkazildi. Ijodiy ishlar tanlovining maktab bosqichida 10-sinf o`quvchisi M.Galimovaning yozgan inshosi , shehriyat yo`nalishida 11-sinf o`quvchisi M.Eminovaning “Jaholatga qarshi ma`rifat!” mavzusida yozilgan shehri, ijodiy ishi g`olib deb topildi va tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish uchun XTB ishchi guruxiga taqdim etildi. “Konstituttsiya-baxtimiz poydevori” mavzusida boshlang`ich sinflarda diktantlar,5-7 sinflarda bayonlar, 8-11 sinflarda insholar va 2-11 sinflar o`rtasida rasmlar yo`nalishida ko`rik-tanlov o`tkazildi. 2021 yil 22-29 oktyabr kunlari jinoyatchilikning oldini olish maqsadida 8-11 sinf o`quvchilari o`rtasida “Tig`” tadbiri Istiqbol MFY profilaktika inspektori va maktab ishchi guruhi CHQBT raxbari I.Saidov, tarbiya fani o`ituvchisi M.Ibrohimovlar ishtirokida tashkillandi. O`tkazilgan “Tig`”tadbirida 125 nafar o`quvchilar nazoratdan o`tkazildi. Tadbir davomida tig`li vositalar aniqlanmadi. Haftaning payshanba kunlari o`quvchi –yoshlar o`rtasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan davra suxbatlari,yig`ilishlar tashkillab borilmoqda. Download 151.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling