Urunova shaxlo rafikovna
-jadval Terminologik ko‘nikmalar xosil qilish dasturi
Download 190.04 Kb.
|
Автореферат Урунова узбекча
- Bu sahifa navigatsiya:
- Word map, Frayer model, word puzzles, Scavenger hunt, Semantik taxlil qilish
- “Writing correction code, how does it work, technical description”
- “word scramble”, “what disappeared”, “match”, “flash card”
- Robototexnika yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini oshirishda terminologik leksikani o‘qitishni takomillshtirirshning eksperimental tadqiqi”
3-jadval
Terminologik ko‘nikmalar xosil qilish dasturi
Terminlarni o‘rgatishning birinchi va ikkinchi bosqichlarida, ya’ni kirish va semantizatsiya qilish bosqichlarida Word map, Frayer model, word puzzles, Scavenger hunt, Semantik taxlil qilish kabi texnalogiyalaridan foydalanish talabaga terminlarni moxiyatini aniq tushunib yetishlarida yaxshi yordam beradi.Terminlarni mustahkamlash bosqichlarida o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishda “information gathering, headings, jigsaw reading” kabi texnologiyalarni qo‘llash mumkin.Bu texnalogiyalar autentik matn bilan ishlashda, terminlarni yaxshiroq tanib o‘zlashtirishlari va esda saqlab qolishlarida katta yordam beradi. Terminlarni tinglab tushunish ko‘nikmalarini shakllantirishda “information transfer, compare and contrast, B.B.B” texnalogiyalarini qo‘llash ularda terminlarni tinglaganda ma’nosini anglab yetish qobilyatlari o‘stiriladi.Og‘zaki nutqni ostirishda “ reporting, interview” texnalogiyalari ma’lum kontent doirasida muloqot qilish ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi.Bu texnalogiyalar talabani mustaqil izlanib biror texnik jixoz haqida ma’lumot to‘plab, u haqida bayonot qila olish ko‘nikmasini shakllantiradi. Yozish ko‘nikmalarini o‘stirishda “Writing correction code, how does it work, technical description” texnalogiyalari talabalarda terminlarni orfografik to‘g‘ri yozish, biror texnik uskunani tasvirlash, ishlash qo‘llanmalarini yozish kabi kompetensiyalar rivojlantiradi.Terminlarni o‘zlashtirishda til va nutqiy o‘yinlardan foydalanish talabalarda terminlarni o‘zlashtirishga motivatsiyasini oshirib, terminlarni xotirada yaxshi saqlab qolishga yordam beradi. Terminologik birliklarning leksik va grammatik xususiyatlarini o‘zlashtirishda til o‘yinlaridan “word scramble”, “what disappeared”, “match”, “flash card” kabi o‘yinlar talabаlarda terminlarni o‘rganishga katta qiziqish uyog‘otgani va talablarda mazkur terminlarni samarali o‘zlashtirganligi tajribalarimizda o‘z isbotini topdi. Dissertatsiyaning “Robototexnika yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini oshirishda terminologik leksikani o‘qitishni takomillshtirirshning eksperimental tadqiqi” yoritilgan 3-bobida robototexnika yo‘nalishida kasbiy ingliz tili o‘qitishda talabalarning kasbiy kompetentligini oshirishda terminologik leksikani o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv-dasturiy ta’minotni tajriba-sinovdan o‘tkazish natijalari va ularning statistik tahlili bayon etilgan. Tadqiqot ishi bo‘yicha tajriba-sinov ishlari 2020–2023 yillarda robototexnika yo‘nalishlarining 60711500-mexatronika va robototexnika yo‘nalishi mavjud bo‘lgan quyidagi oliy ta'lim muassasalarida o‘tkazildi: Andijon mashinasozlik instituti, Namangan muxandislik-texnologiya, Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutilarida 2021-2024 yillar mobaynida 3 bosqichda amalga oshirildi: asoslovchi bosqich 2021-2022 o‘quv yili, diagnostik va muammoni aniqlash; shakllantiruvchi bosqich 2022-2023 o‘quv yili, shakllantiruvchi, ta'limiy va tajriba ishlari; tasdiqlovchi bosqich 2023-2024 o‘quv yili, natijalar va statistik tahlil. Download 190.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling