Urunova shaxlo rafikovna


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 190.04 Kb.
bet8/19
Sana30.10.2023
Hajmi190.04 Kb.
#1735071
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Автореферат Урунова узбекча

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari ilmiy ma’ruza ko‘rinishida 4 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi.Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 12 ta ilmiy ish, 1 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta elektron o‘quv qo‘llanma (O‘zbekiston Respublikasi intelektual mulk agentligi tomonidan berilgan DGU 19781 sonli guvohnoma) chop etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertasiyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya qilingan ilmiy nashrlarda 6 ta, shundan 2 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi.Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovadan iborat bo‘lib, umumiy xajmi 186 sahifani tashkil etadi.


DISSERTATSIYANING ASОSIY MAZMUNI
Tadqiqоtning kirish qismida mavzuning dоlzarbligi va zarurati asоslanib, tadqiqоtning maqsadi va vazifalari, оbyekti va predmeti, ilmiy va amaliy ahamiyati aniqlangan. Tadqiqоtning O‘zbekistоn Respublikasi fan va teхnоlоgiyalar taraqqiyotining ustuvоr yo‘nalishlariga mоsligi ko‘rsatilib, uning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon etilgan. Оlingan natijalar asоsida tadqiqоtning nazariy va amaliy ahamiyati оchib berilgan. Tadqiqоt natijalarining amaliyotga jоriy qilinishi, ishning aprоbatsiyasi, natijalari, e’lоn qilingan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi bo‘yicha ma’lumоtlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “Nofilologik OTM larda ingliz tilidagi terminologik leksikani o‘qitishning ilmiy asoslari” deb nоmlangan birinchi bоbida terminlarning o‘ziga xos xusussiyatlari, terminologik leksikani o‘zlashtirirshda psixolingivistik omillar va qiyinchiliklar, shuningdek terminologik minimum tuzishda mezonlar va o‘ziga xos xususiyatlarit тahlil qilindi. Ushbu bobda terminlarning o‘ziga xos xususiyatlari va “umumxalq so‘zlari”, “nomenaklatura”dan farqli jixatlari tahlil qilindi, shuningdek termin ma'lum vaziyatlarda o‘zining informativ, bir ma'nolilik,aniqlilik va tabiiylik kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi, aniq bir bilim soxasiga tegishli bo‘lishi va boshqa so‘zlardan o‘zining o‘zgarmas, aniq, qisqa va lo‘nda, shuningdek kontekstda mustaqil ma'noga ega bo‘lishi va stilistik neytrallik xosligi nazariy asoslandi.
Termin-(lot.terminius-chegara,xad) –bilim yoki faoliyatning maxsus soxasiga doir tushunchani ifodolovchi so‘z yoki so‘z birikmasi 2. Tixonov A.N va Kim L.L termin so‘ziga shunday ta'rif berganlar: “Termin-ishlab chiqarish, ilm-fan, texnika va san'at soxalaridagi biror bir maxsus tushunchani ifodalaydigan so‘zlar va so‘z birikmalaridir”3. Abdullaeva Sh.N o‘zining “ Tilshunoslikda terminologiya masalalariga oid qarashlar” deb nomlangan maqolasida “termin o‘z lingvistik tabiatiga ko‘ra, adabiy til lug‘aviy tizimining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, boshqa toifadagi so‘zlardan ilmiy, texnikaviy yoxud boshqa kasbiy tushunchalarni aniq, ixcham ifodalashi va axborotga boyligi bilan ajralib turadi” 4 deb aytib o‘tadi.
Terminlar oddiy leksik birliklardan farq qiladi. Morina B. va Dimitro B. o‘zining “The structural and semantic features of computer terms in English” mazusidagi maqolasida Kocherxan M.P terminlarning xususiyatlari xaqidagi nazariyalarini taxlil qilib,terminlarning quyidagi jixatlarin ko‘rsatib o‘tishadi:
1.Tizimlilik xususiyati (xar bir termin ma'lum bir tizimga mansub bo‘lib va o‘z ma'nosiga shu tizimda ega bo‘ladi)
2.O‘z ta'rifiga ega bo‘lishi (Terminlar to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilinmaydi, balki ta'riflanadi)
3.Monosemantik so‘zlar,ya'ni bir ma'noli so‘zlar guruxiga mansubligi (o‘zining semantik maydonida terminlar faqat bir ma'noga ega bo‘lishi)
4.Iboralar yo‘qligi
5.Stilistik neytrallik xosligi5
Tilshunos Dubuk R , “terminlar nafaqat aniq va mukammal bo‘libgina qolmasdan, ular moxiyatni aniq aks ettirib keladi va noma'lum ma'no yoki ko‘chma ma'no berishdan qochadi” deya terminlarning o‘ziga xos xususiyatini berib o‘tadi6.
Juda ko‘p olimlar ishlarida kasbiy kompetentlik masallari yoritilgan. Xususan, V.N. Vedenskiy , I.S. Gavrilovoy, A.M. Mityaevoy, S. A. Tat'yanenko va boshqalar ishida kasbiy kompetentlikning sifat, daraja, soxa kabi tushunchalari yoritilgan7. T.I.Shamova fikriga ko‘ra, “kasbiy kompetentlik”-bu kasbiy bilimga va ishlash qobilyatiga ega bo‘lishdir8. I.P.Smirnov esa bu tushunchaga mexnat faoliyatidagi mavjud vazifalarni bajara olishga tayyor shaxs bo‘lib yetishida bilim, qobilyat va tajribaning mujassamlashuvi deb ta'rif beradi9. V.V.Serikov fikriga ko‘ra, “kasbiy kompetentlik” –bu mutaxassisning kasbiy faoliyatni olib borishi hamda kasbdagi nazariy va amaliy bilimlarni nomoyon qilishi uchun zarur bo‘ladigan kvalifikasion bilimi tushuniladi10.
K. Geytxaus kasbiy-sohaviy muvaffaqiyatga erishish uchun muloqot
yuritishda quyidagi layoqatlar mavjud bo‘lishi kerakligini ta'kidlaydi:
-soxaga oid maxsus leksikani bilish
-soxaga oid ilmiy, akadem bilimlarga ega bo‘lish (ilmiy izlanishlar olib borish va memarandumlarda qatnashish)
-xar kungi kundalik muloqot olib borish layoqatiga ega bo‘lish11
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, mutaxassisning kasbiy va kommunikativ kompetentligi oshishida maxsus leksikani bilish, ya'ni soxaga tegishli bo‘lgan terminologik so‘z va so‘z birikmalarni bilish muxim axamiyat kasb etadi, deb ayta olamiz.
Terminlarni o‘qitishda talabalardagi yoshdagi va qobilyatlaridagi farqlar, shaxsiy temperamenti turli xilligi, turli motivasiyaga ega bo‘lishi,retseptiv va reproduktiv nutqiy qobilyatlarning turlichaligi, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlari va xar bir talabaning chet tilini o‘rganishning turli uslubi shuningdek turli strategiyalarini qo‘llashi o‘qitish jarayonida terminologiyani yetkazib berishda ta'sir qiluvchi psixolingvistik omillar xisobga olindi.
Psixolingvistikaning kommunikativ tamoyillari va xorijiy tildagi og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasining psixologik komponentlari taniqli jahon psixolingvist olimlari Gal'perin P.Ya., Davidova V.V., Zankova L.V., Leont'ev A.N., Elkonina D.B., Vigoskiy V. V., Jinkina N.I. va boshqalar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa, jarayonning lingvodidaktik jihatlari Gal'skova N.D., Gez D.I., Bim I.L., Shukin A.N. kabi olimlar tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Terminlarni o‘rganishda ham (?)4 xil psixologik xarakat kuzatiladi, ya'ni terminlar tinglash, ko‘rish orqali miyaga qabul qilinib, ular so‘ngra talafuz qilinadi va yozuv ko‘nikmasida o‘zlashtiriladi. Talabalar terminlarni o‘z soxalariga tegishli chet tilidagi matnlarni o‘qish va tinglash jarayonida ularni passiv lug‘at shaklida ongda qabul qilishi retseptiv nutqda amalga oshadi va bu terminlarni ko‘p marotaba ishlatish, grammatik normalari va semantik ma'nolarini og‘zaki nutqda va yozma nutqda to‘g‘ri va erkin qo‘llashi natijasida ular aktiv lug‘at fondiga aylanadi hamda bu jarayon reproduktiv nutqda shakllanadi.
Chet tili o‘rganishda muxim psixologik omil xisoblangan motivasiyaga doir ko‘plab masalalar bilan Leont'ev L.V, Davidova V.V., Il'in Ye.P., Gal'perin P.Ya., Vigoskiy V.V., Jinkina N.I., Stiven Krashen va boshqalar shug‘ullanishgan.
S.L.Rubenshteyn motivatsiya tushunchasiga shunday ta'rif beradi: “Motivatsiya-psixika orqali xosil bo‘ladigan determinatsiya”12. Motivatsiya so‘zi “motiv” so‘zidan olingan bo‘lib, “"motiv-bu insonning ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatni rag‘batlantirish; subyektning faoliyatini keltirib chiqaradigan va uning yo‘nalishini belgilaydigan tashqi va ichki sharoitlar to‘plamidir”13.A.N.Leontev fikriga ko‘ra, “motiv-bu faoliyatlar mexanizmidir.
Robototexnika yo‘nalishidagi talabalarga tajriba-sinov tadqiqot ishlarini olib borishda shuni aniqladikki, terminlarni nutqda qo‘llash motivatsion, analiz va sintez, nazorat va ijro davrlaridan o‘tadi.






Download 190.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling