Urunova shaxlo rafikovna


-rasm. Terminlarning og‘zaki nutqda qo‘llash bosqichlari


Download 190.04 Kb.
bet9/19
Sana30.10.2023
Hajmi190.04 Kb.
#1735071
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Автореферат Урунова узбекча

1-rasm. Terminlarning og‘zaki nutqda qo‘llash bosqichlari

N.I. Gez, M.V.Lyaxoviskiy va A.A.Mirolyubov chet tili o‘qitishda ixtiyorsiz yod olish katta axamiyatga ega ekanligini aytib o‘tishadi14. Ular yana shunday xisoblashadiki, ixtiyoriy so‘zlarni yod olish ularni nutqdagi ishtirokini ta'minlamaydi, balki tildagi materialni oddiy yodlamasdan ulardan nutqda foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish kerak15.


Terminologik leksikani o‘qitish metodikasini tashkil etishda terminologik minimum tanlash muhim ekanligi, maxsus mavzularda suhbatlar o‘tkazish bilan bir qatorda mutaxassisligi bo‘yicha original ilmiy va texnik adabiyotlar o‘qiyotganda maksimal miqdorda atamalarni tushunishni ta'minlovchi mustahkam terminologik bazasini yaratish zarur ekanligi, hamda terminologik minimum tuzish terminologik so‘zlarni o‘zlashtirish ustida ishlashda o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanma va talabalari uchun amaliy ma'lumotnoma vazifasini o‘tashi kerakligi asoslangan. Terminologik minimum tanlashda statistik, lingvistik va metodik mezonlar ajratildi va ushbu mezonlar ma’lum yo‘nalishda taxsil olayotgan talabalar uchun qancha miqdorda soxaviy terminlar bilan tanishtirish, ularning yosh va qiziqish kabi psixologik xususiyatlarni inobatga olib qanday turdagi terminlarni tanlash, shuningdek lingvistik bilimlari bilan mos kelish darajalarini aniqlab to‘gri terminlarini o‘rgatishimizda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘lib xizmat qilishi aniqlandi.
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi “Nofilologik OTM larning robototexnika ta'lim yo‘nalishi talabalariga terminologik minimumni o‘qitishning mazmuni va tuzilishi” masalalariga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu bobda terminlarning tasniflash xususiyatlari asosida terminlar tipologiyasi tuzildi, kasbiy kompetenlikni oshirishda terminologik leksikani o‘qitishning modeli tuzildi, shiningdek terminologik ko‘nikmalar xosil qilishning bosqichli dasturi ishlab chiqildi va terminlarni o‘rgatishda 4 bosqichga mos mashqlar tizimi tuzildi va interfaol texnalogiyalar takomillashtirildi.
Terminlar xam tildagi umum iste'moldagi so‘zlar kabi 3 xil usul bilan yasaladi: semantik, sintaktik va morfologik16.
Quyidagi jadvalga ko‘ra robototexnika soxasidagi terminlarni morfologik tuzilishi jixatidan xam 3 turga tasnif qilganmiz:

Download 190.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling