Usbekiston respublikasi
Download 31.24 Kb.
|
1 2
Bog'liqNerv sistemasining kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Nerv kasalliklari, asab kasalliklari — nerv sistemam kasalliklari. Markaziy va periferik nerv sistemasining biror sababga koʻra umuman yoki qisman shikastlanishi natijasida kelib chiqadi. Nerv kasalliklari organik va funksional boʻladi. Organik Nerv kasalliklari zaminida markaziy va periferik nerv sistemasining anatomik struktur oʻzgarishlari yotadi. Bunga infeksion ka-salliklar, intoksikatsiya, shikastlanishlar, oʻsmalar, tomir kasalliklari va boshqa sabab boʻladi. Bosh yoki orqa miyaning turli qismlari zararlanishi bilan kechadigan organik Nerv kasalliklarida periferik nerv sistemasida falaj, tirishish, giperkinezlar, reflekslar izdan chiqishi, sezuvchanlik, ogʻriq va boshqa sezgilarning buzilishi ko’z atiladi. Funksional Nerv kasalliklarida nerv sistemasida aytarli anatomik oʻzgarishlar boʻlmaydi, bunga nevrozlar kiradi. Nerv sistemasining irsiy kasalliklari (miopatiya, miotoniya va boshqalar) alohida guruhni tashqil etadi. Nerv kasalliklarini nevrologiya va nevropatologiya fani oʻrganadi. Nerv kasalliklaridan nevrozlar, insult, ensefalit, meningit, poliomiyelit, nevrit, radikulit, epilepsiya va boshqa uchraydi.[1]
Bosh va orka miyaning ustidan urab turgan paradalarning yalliglanishiga meningit deyiladi. Yalliglanishni kelib chiqishiga meningokokk tushishi yoki gripp, o’rta quloqning yiringli yalliglanishi, o’pkaning sil va zotiljam kasalliklarini asoratli bulishi mumkin. Bunda bemorning boshi ogriydi, tana xarorati ko’tariladi, kungli aynib kayt qiladi. qul-oyoklari va bo’yin muskullarining tarangligi ortadi. Ogir xollarda xushdan ketishi va tirishish bo’lishi mumkin. Markaziy asab tizimining kasalligi asosan miya yoki orqa miya tuzilishi yoki funksiyasiga taʼsir qiluvchi nevrologik kasalliklar guruhi boʻlib, ular birgalikda markaziy asab tizimini (CNS) tashqil qiladi[1][2]. Ushbu kasalliklar infeksiya, shikastlanish, qon pıhtıları, yoshga bogʻliq degeneratsiya, saraton, otoimmun disfunksiya va tugʻma nuqsonlar kabi sabablarni oʻzida namoyon etishi mumkin. Semptomlar, davolash usullari kabi juda xilma-xildir. Markaziy asab tizimining oʻsmalari bolalar saratonining eng keng tarqalgan shakllari hisoblanadi. Miya shishi eng koʻp uchraydigan bosh miya asab tizimi kasalligining oʻlim xavfiga olib keluvchi turlaridan biridir[3]. Giyohvand moddalarga qaramlik, autizm va DEHB kabi baʼzi kasalliklar CNS kasalliklari sifatida koʻrib chiqilishi keng yoʻlga qoʻyilgan, biroq, bu koʻplab munozaralarga olib kelmoqda. Entsefalit deb – bosh miya to’qima sining yalliglanishiga aytiladi. Bu kasallik menigitni uz vaqtida davolamaslik yoki gripp, kizamik, suvchechak va boshka kasalliklardan keyin kelib chiqadi. Belgilari: tana xaroratining kutarilishi, umumiy axvolni ogirlashishi, kul-oyoklarni kaltirashi, yuz muskullari pirpiraydi, vaqti-vaqti bilan umumiy titrash, xushini yuqotishi ko’z atiladi. Bosh miyaning yallig’langan soxasidagi nerv markazlarining faoliyati buzilishi tufayli ular tomondan boshqariladigan ichki organlar shol bo’lib qoladi. Masalan: muskullarning tarangligi ortib, bir tomondagi qo’l-oyoq tarashadek qotib, harakatsizlanib qolishi mumkin. Mielit – orqa miya to’qima sining yallig’lanishiga aytiladi. Bu ko’proq bolalarda uchraydi, uni maxsus viruslar ko’z gatadi. Sioliomielit – orqa miya bir necha segmentlarining yallig’lanishidir. Belgilari: orka miyaning zararlangan segmentlari tomonidan boshqariladigan ichki organlarning sezuvchanligi va harakatlanishi susayadi yoki butunlay yo’qoladi. Masalan: qo’l-oyoq muskullarini boshqaradigan nerv hujayralari zararlansa, mazkur qo’l-oyoqlarda oldin og’riq sezilib, so’ngra ular shol bo’lib qoladi. Muskullarning tarangligi yo’qolib, qo’l-oyoq osilib qoladi. Sezgi organlari /analizatorlar/ Uzoq davom etgan rivojlanish protsessida boshqa xayvonlar qatori odamda xam tashqi muhitdagi xar xil taʼsurotlarni sezadigan retseptorlar paydo bo’lgan. Bu retseptorlar maxsus sezgi organlari /ko’z, quloq/ da yoki organizmdagi boshqa organlar /til, burun, teri muskullar, ichki organ/ larda joylashgan. Pavlov analizator uch elementdan iboratligini isbotlagan: 1) periferetseptor qismi: bu sezgi organlaridir: 2) o’tkazuvchi qism – retseptorlari hosil bo’lgan qo’zg’alishni periferiyadan M.N.S. siga /miya po’stlog’iga/ o’tkazadi. 3) markaziy, yaʼni miya pustlogidagi qismi ularning oliy bo’limii bo’lib, unda qo’zg’alish analiz va sintez qilinadi. Retseptorlar – interorretseptorlar organizmda sodir bo’lgan taʼassurotlarni, eksteroretseptorlar tashqi muhitdagi taʼassurotlarni sezadi. Ekstereroretseptorlar orqali tashqi muhitdagi o’zgarish xakida tasavvur hosil bo’ladi. Ko’rish organi – ko’z. Ko’z soqqasi shar shaklida bo’lib, ko’z kosasida joylashadi. Soqqaning oldingi qismi kavarib turadi. U 3 ta parda bilan qoplangan. Tashqi tomonda oksil parda yoki sklera joylashgan. Sklera zich biriktiruvchi to’qima dan tuzilgan bulib, ko’z soqqasining oldingi tomonida tiniq shox /muguz/ parda hosil qiladi. Urta parda – tomirli pardada kon tomirlari juda kup. U 3 qismga: 1) asl tomirli parda, 2) kipriksimon tana, 3) rangdor /kamalak yoy/ pardaga bulinadi. Tomirli pardaning oldingi qismi rangdor parda hosil qiladi. Bu pardada pigment kup. Pigment mikdoriga qarab ko’z ning rangi xar xil buladi. /kora, jigarrang, Kuk, och yashil, kulrang/, alьbinoslarda pigment yukligi sababli kizil buladi, chunki kon tomirlar kurinib turadi. Rangdor pardaning urtasidagi teshikda ko’z korachigi va uning atrofida ko’z korachigini toraytiruvchi xalkasimon muskullar va kengaytiruv radial muskullar joylashgan. Rangdor pardaning orkasida yasmik shaklidagi, ikki kapsula bilan qoplangan, bu kapsula maxsus boylamlar yordamida kipriksimon tanaga birikkan. Kipriksimon tana tarkibida sillik muskul tolalari bor va ular kiskarishi gavxarning egriligini uzgartiradi. Shox parda, rangdor parda, gavxar urtasida bushlik buladi. Birinchi bushlik ko’z ning oldingi kamerasi, ikkinchi orkadagi kamerasi deyiladi. Ko’z ning kameralarida suyuklik bulib, suvsimon namlik deyiladi. Ko’z ning ichki tomonida tur parda joylashgan. Tur pardada yorug’lik va ranglarni sezuvchi tayokchalar va kolbachalar kup. Bu hujayralar 10 kavat joylashadi. Kolbachalarning kup joyi sarik dog /narsalarni eng yaxshi ko’radigan joyi/ deyiladi. Kurish nervi kiradigan joyda xech qanday nerv hujayralari yuk, shu sababli kur dog deyiladi. Ko’z soqqasi bo’shlig’i tiniq, jelesimon moda – shishasimon tana bilan tula buladi. Ko’z ning yordamchi apparatlariga: kosh, kipriklar, ko’z qovoqlari, ko’z yoshi va ko’z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar kiradi. Kosh ko’z ni ter va suv tushishidan, kipriklar chang tushishidan saylaydi. Ko’z qovoqlari refleks yuli bilan yuvilib, ko’zni yorug’likdan va taʼsirotlardan saklaydi. Qovoqlarning ichki yuzasi va ko’z soqqasining oldingi qismi maxsus shilimshik parda bilan qoplangan – konʼyuktiva bilan. Yosh bezlari – ko’z kosasining tashqi – yuqorigi burchagida joylashgan. Ko’z yoshi ko’z ning oldingi qismini namlaydi vash ox pardani kurib kolishidan saklaydi. Yosh suyukligi kanalchalardan utib yosh xaltalariga tuplanadi va ulardan burun bo’shlig’iga utadi. Ko’z soqqasi muskullari: 4 ta yuqorigi, pastki, tashqi va ichki muskullar tugri: 2 ta yuqorigi va pastki muskullar kiyshik joylashadi. Ular kiskarganda ko’z soqqasi harakatlanadi. Yorug’lik nurlari shox parda, suvsimon namlik gavxar, shishasimon tanadan utib, tur pardaga yetib boradi. Bu qismlar yorug’likni sindirish kobiliyatiga ega. Аyniksa ko’z gavxari. Singan yorug’lik nurlari tur pardadagi tayokchalar va kolbachalaga taʼsir etadi va tur pardada ko’z oldidagi narsaning xakikiy tasviri vujudga keladi. Lekin bu tasvir teskari va kichraygan buladi. Narsalarni ko’z bilangina kurmasdan boshka tabiiy xolatda ko’ramiz. Kunduzgi kurish kolbachalarga, kechkurun koronguda kurish tayokchalarga boglik. Kolbachalar /3 xil rangni sezish – kizil, yashil va Kuk ranglarni sezadi. Baʼzilar rangni ajrata olmaydi – bu dalьtonizm deyiladi. Tayokchalarda maxsus kurish puripurasi hosil buladi. Bunda А vitamin ishtirok etadi. Kurish piriuri yorug’lik taʼsirida parchalanib, korongida kayta tiklanadi. Аgar organizmda А vitamin yetarlicha kirmasa, kurish piriuri hosil bulmaydi va odam kechkurun kurmayldigan bulib koladi, yaʼni shapkurlik deyiladi. Ko’z ning yorug’likda va korongida kurishga moslashishi adaptatsiya deyiladi. Ko’z ning xar xil uzoklikdagi narsalarni ravshan kurishga moslashishi – okkomadatsiya gavxar egriligining uzgarishiga boglik. Gavxar egriligini uzgarishi natijasida yorug’lik nurlari tur pardaga to’shadi va narsalarning tasvirini ravshan ko’ramiz. Optikada linzalarning nur sindirish kuchi diopteriyalar bilan ulchanadi. Fokus masofasi 1 m bulgan linzaning nur sindromi kuchi bir dioptriya deyiladi. Ko’z soqqasining shakli ko’z akkomadatsiyasi uzgarishi natijasida odamlar yakindan yoki uzokdan ko’radigan bulib koladi. Bu narsalarning tasviri tur pardada hosil bulmay kolgani tufayli ruy beradi. Аgar tur parda oldida hosil bulsa, yakindan, orasida hosil bulsa uzokdan ko’radi. Ularga maxsus ko’z oynak buyuriladi. Eshitish va muvozanat organi. Eshitish organi uch qismga: tashqi, urta va ichki kuloklarga bulinadi. Tashqi kulok kulok suprasi va tashqi eshitish yulidan iborat. Kulok suprasi teri bilan qoplangan elastik togaydan hosil buladi. U tovushning tashqi eshitish yuliga yunalishiga yordam beradi. Tashqi eshitish nayi 3 sm uzunlikda bulib, uning devori teri bilan qoplangan. Bu terida juda kup tuk va maxsus bezlar bor. Bezlar kulok kiri yoki kulok sarigi deyiladigan modda ishlab chikaradi. Ular urta va ichki kuloklarga chang va xashoratlar kirishidan saklaydi. Tashqi eshituv yuli togay va suyak qismlariga bulinadi. Bu qismlar urtasida hosil buladi, shuning uchun suprani yuqoriga va orkaga /yosh bolalarda pastga/ tortish kerak. Tashqi kulok bilan urta kulok urtasida nogora parda joylashgan bulib, tashqi parda biriktiruvchi to’qima bilan plastinkasidan iborat bulib, tashqi tomondan teri epiteliysi, ichkaridan shillik parda bilan qoplangan. Urta kulok – nogora bo’shlig’i, uch dona eshitish suyakchasi, urta kulokni burun-xalkum bo’shlig’i bilan tutashtiradigan Yevstaxiy nayidan iborat. Nogora bo’shlig’ida joylashgan eshitish suyakchalari bolgacha, sandon, uzangi deyiladi. Ular harakatchan birikkan: urta kulokning ichki devorida yumalok va oval teshik bor. Teshiklar parda bilan qoplangan bulib urta kulokni ichki kulok bilan tutashtiradi. Ular kuyidagicha joylashadi: bolgacha nogora pardaga, uzangi avval teshikka yopishadi. Sandan bir uchi bilan bolgachaga, 2 chi uchi bilan uzangiga birikadi. Nogora bo’shlig’idagi xavo bosimini atmosfera bosimi bilan tenglab turish uchun Yevstaxiy nayi katta axamiyatga ega, lekin urta kulokka mikroblar utishi uchun darvoza xisoblanadi. Urta kulokning xamma qismi shillik parda bilan qoplangan.Ichki kulok yoki labirint chakka suyagida joylashadi. Suyak labirint va parda labirint buladi. Ikala labirint ichida endolimfa buladi. Ichki kulokda chiganok, labirint daxlizi, yarim doira kanallar bor. Labirint daxlizi, yarim doira kanallari muvozanat organlaridir. Chiganok eshitish organi bulib, uning ichida tovush sezadigan kortiv organi joylashadi. U tarang tortilgan juda kup ingichka tolalardan iborat. Xar bir tolada eshitish nervining shoxchalari tugaydi. Tovush yoki xavoning tebranishi eshitish suyaklariga utadi. Suyaklarda takrorlangan tebranish oval teshik pardasi orkali labirintdagi perilimfaga, undan endolimfaga utib, kortiev organi tolalariga keladi va ularni tebrantiradi. Tebranishdan eshitish nervi shoxchalari taʼsirlanadi va bosh miya pustlogidagi eshitish analizatoriga boradi va eshitamiz. Xulosa Labirint daxliz va yarim doira kanallar vestibulyar apparat deyiladi. Daxliz va yarim doira ichida endolimfa joylashadi. Unda kalьtsiy fosfat tuzlaridan hosil bulgan maxsus tuzilmalar otolitlar bor. Tana muvozanati buzilganda otolitlar vestibulyar apparat retseptorlarini taʼsirlaydi va tanani tugrilashda ishtirok etadigan muskullar kiskarib, tana rostlanadi. Vestibulyar apparat shikastlanganda muvozanat buziladi, odamning kungli aynib, boshi aylanadi. Teri sezgi organidir. Unda og’riq, issik, sovuk, taktil /tegish, bosim/ sezgi retseptorlari joylashgan. U taʼsirlanganda uzgarilish bosh miyaga utkaziladi. Kaysi retseptorlar taʼsirlanishiga qarab odam og’riqni, issik, sovukni bosimni sezadi. Taʼm bilish organi. Unga til, yumshok tanglay va xalkumning orka devorida joylashgan taʼm bilish piyozchalari kiradi. Bu piyozchalar maxsus taʼm bilish surgichlarida joylashgan. Ular nerv hujayralari va sezuvchi nerv tolalaridan tashqil topgan. Ular fakat /ovkat/ parchalangan ozik moddalari taʼsirida ko’z galadi. Taʼm surgichlarida hosil bulgan ko’z galish sezuvchi nervlar orkali bosh miyaning chakka oldi qismida joylashgan taʼm bilish markaziga boradi va taʼmni sezamiz. Taʼm bilish ovkatning turi va sifatini aniklashda katta rolь uynaydi. Xidlash organi – burun bo’shlig’ining yuqori qismi shillik pardasida joylashgan maxsus xid bilish hujayralari yordamida xar xil xidlarni sezamiz. Bu hujayralarning usimtalari xidlash nervini hosil qiladi. Xidli moda zararlari xid bilish hujayralariga teʼsir etadi va ularni ko’z gatadi. U miya pustlogidagi chakka oldi qismidagi xidlash markaziga boradi va xid bilish sezgisi hosil buladi. Baʼzi xidli moddalar, masalan, efir, nashatir spirti orkali fakat xid bilish retseptorlarini taʼsirlamay, balki refleks yuli bilan nafas olish protsessini xam uzgartiradi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. «Meditsina xamshiralari ukuv kullanmasi» R.А.Ramazonov, Yu.G.Syomina, Toshkent, 1985 yil. 2. «Normal va patalogik anatomiya bilan fiziologiya». N.K.Аxmedov, Toshkent, 1990 yil. 3. «Odam anatomiyasi» R.I.Xudoyberdiev, X.Z.Zoxidov, N.K.Аxmadov, Toshkent, 1990 yil. Download 31.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling